Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan



Download 35,36 Mb.
bet1/50
Sana02.07.2022
Hajmi35,36 Mb.
#733197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
6.Mavzular to\'plami

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



JIZZAX MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI

BAXMAL 2-SON PEDAGOGIKA KOLLEJI


BOLALAR JISMONIY TARBIYASI FANIDAN




MAVZULAR TO’PLAMI

Maxsus fanlar kafedrasi mudiri : ______ Ishquvatov G’


O’qituvchi : _______________ Safarov Isomoddin


2021 –yil


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi
2.O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya Mashhur fan arboblarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari.
3.O'zbekiston iftihorlari haqida.


Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiyjamiyat- da uning hamma a’zolari qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar mehnat qilishlari kerak bo‘lgan. Bolalar va o‘smirlar kattalar- ning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o‘z tajriba- larini oshirib borganlar.

Jismoniy tarbiya gohida o‘yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar o‘z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o‘yinlar, raqslarning tarbiyaga ta’siri katta bo‘lgan.

Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o‘rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Jamiyatda o‘zaro urush, yerlarni bosib olish va u yerda yashovchi aholini qul- larga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga keli- shi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talabning oshithiga, armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, Xilen, ikki daryo oralig‘ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning bahodir safdoshlari aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar edilar. Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari bo‘lib yetishganlar.
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab-yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi — farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz»,— deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma’ruzasida. «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilganligi, Xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.

Jismoniy madaniyat va sport hamisha jamiyat hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib kelgan. Bizgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy jamoalar ham o‘z rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportga katta ahamiyat bergan. Jismoniy madaniyat va sport jamiyatdagi hukmron sinflarning manfaatini ifodalashga xizmat qilib, uni himoya qilgan va unga yo‘l ko‘rsatgan. Quyidagi hujjatlar buning yorqin misolidir. Abu Ubayd Abdal-Vohid ibn Muhammad al Juzjoniy yozib qoldirgan manbalardan ma’lum bo‘lishicha, O’rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish g‘oyasining kurashchisi Abu

Ali ibn Sino 1002—1011 yillarda Xorazmshoh saroyida xizmat qilganida Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad as-Sahlidan «Tozalik haqida risola» nomli kitob yozishga buyurtma olgan.

U hozir Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ga asos bo‘ldi. Olim risolasini quyidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan:

1. Toza havo.

2. Hammom.

3. Taom.

4. Jismoniy harakat.

5. Uyqu va tetiklik.

Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobida: «Jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak, aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek, bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak, aks holda ular uzoq davom etadigan mashqlar, kishiga juda qisqa bo‘lib tuyulmasin», — deydi.

Bundan ko‘rinadiki, Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariniig inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy asoslab bergan.

O’zbekistonda jismoniy tarbiyaga qadim zamonlardan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badantarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuzni bir necha marotaba yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib, tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi.

Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 100 dan ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

“Alpomish” o‘zbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Nodir voqealar”, Boburning “Boburnoma” asari va boshqalarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs-munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi.

Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt - uning sog‘ligi, ikkinchisi — go‘zallikdir» degan ekan. Chindan ham sihat-salomatlik hamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog‘lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog‘lom-baquvvat, iymon - e’tiqodli va sadoqatli bo‘ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zo‘r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt-saodati uchun

sog‘lom avlod kerak.

Sog‘lom avlod deganda biz ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yetuk, bardam, har ishga qodir, ilg‘or madaniyatli kishilarni ko‘zda tutamiz. Darhaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‘z, yorug‘ yuz, katta ishonch bilan qaraydi.

Ona-tabiat ato etgan oliy mohiyatga ko‘ra, biz — o‘zbeklar hayotimizning, umrimizning mazmunini farzandsiz tasavvur etolmaydigan xalqmiz. Dunyoga kelib farzand ko‘rish, imorat qurish, nihol ekib bog‘ yaratish — ota-bobolarimizdan qolgan nasliy an’ana, ezgu tilak va qutlug‘ insoniy burchdir. Shuni alohida shukronalik bilan ta’kidlash lozimki, xalqimiz tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xislat-fazilatli an’analariga zavol yetkazmay saqlab kelmoqda. Ajdod-avlodlarimiz o‘z nasllarini umumbashariy tuyg‘ular, o‘lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar.




Download 35,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish