Bolalar fokllorida tasvirning shartliligi hayolot olamining boyligi
Reja:
Bolalar folklorining tabiati, ijtimoiy-estetik ahamiyati.
Alia janri tabiati.
Aytim-olqishlarning janriy tabiati.
Erkalama va ovutmachoq janrlari.
Yalinchoqlar va hukmlagichlar.
Maishiy qo’shiqlar-to’rtlik va aytishuvlar.
Tegishmachoq va masxaralamalar — bolalar hajviy lirikasi namunalari.
O’yin fol’klori tabiati va tarkibi (chorlamalar,
cheklashmachoqlar, sanamalar, tarqalmachoqlar).
Ma’naviy o’yinlar (tez aytish, chandish, guldur-gup va yashirin
tilning ma’naviy-axloqiy mohiyati).
O’zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og’zaki ijodisiz tasawur qilish qiyin. Garchi bolalar og’zaki ijodi umumfolkloming tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o’zigagina xos xususiyatlarga ham ega. Bu hoi uni alohida hodisa sifatida ajratib o’rganishni ehtiyojga aylantira bordi.
Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o’yinlar, qo’shiqlar va muzikali poetik janrlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda kattalar ham, bolalar ham baravar hissa qo’shishgan.
Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki, alia, aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq va qaytarmachoq singari erkalash motiviga limmo-lim janrlar tizimi onalik folklori tarzida xarakterlanadi. Bunday de-yilishining sababi shundaki, bu janrlarga mansub asarlarning ijodkorligi va ijrochiligida onalar bosh rolni
o’ynashadi. Shu xususiyatiga ko’ra G.S.Vinogradov, N.P.Andreev, V.l.Chicherov va S.G.Lazutinlar erkalash poeziyasini bolalar folklori tarkibiga kiritmaydilar. Ammo shu narsa ayonki, erkalash bolalami ardoqlashdan iborat mushtarak motiv bo’lib, uni faqat turli yoshdagi bolalargagina kuylash mumkin, u bolalami tarbiyalash maqsadinigina ko’zlaydi. Bu - erkalash poeziyasining bosh vazifasi. V.P.Anikin, E.V.Pomeranseva, V.A.Vasilenko va M.N.Melnikovlar shunday vazifadoshlik xususiyatiga ko’ra erkalash poeziyasini bolalar folklorining tarkibiy qismi sifatida xarakterlaydilar. Bu g’oyat to’g’ri nuqtayi nazardir. Zotan, xuddi shu genetik asosga tayangan holda kattalar bolalarga mo’ljallab maxsus badiiy adabiyot yaratdilar. Bu hodisa bolalar adabiyoti deb yuritiladi. Binobarin, kattalarning bolalarga atab to’qigan allalari, aytim-olqishlari, ovutmaehoqlari, qiziqmachoq va qaytarmachoqlari bolalar folklori tarkibiga kiritilishi va tahlil qilinishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.
ALLALAR ijtimoiy-estetik qimmatiga ko’ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi-bolalami uxlatish; L.Z.Budakov «Turk-tatar so’zlarining qiyosiy lug’atida» (1869) «alia» so’zining chig’atoycha ekanligini ta’kidlar ekan, dastlab u «allala» shaklida bo’lib, boshning orqasi, ya’ni ensani anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi - allasi bilan chalqanchasiga cho’zilib uxlaydi. Shu vazifasidan kelib chiqib, bola nutqida allala so’zi alia shakliga o’zgargan va uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Aslida «alia» so’zi bolani allalab-ovutib, avaylab uxlatishni anglata borgan. Alia - yoshini to’ldira boshlagan chaqaloq nutqida «uxlayman» ma’nosini anglatadi. Uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan qo’shiq turini ajratuvchi ma’nosi bilan istilohiy mohiyat kasb etgan. Bunday qo’shiqlarda allalab ovutish yoki ovutib uxlatish kuylash jarayonida amalga oshiriladi. AUaning ikkinchi vazifasi-tarbiyaviy-estetik mohiyati ana shundadir. Bu uning emotsional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo’lib, bolani kuy og’ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yo’l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish va o’stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday yozgan edi: «...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo’lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil qilinadi.»82
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida - ularto uch yoshini to’ldirgunlarigacha aytiladi. Ulaming bolalarning ana shu yoshi bilan bog’lanishi qat’iy bo’lib, beshik qo’shig’i sifatida xarakterlanishiga yo’l ochgan. Ularni ona suti bilan bog’lab «sutda qorilgan va mehrga yo’g’rilgan qo’shiq» deyishlari sababi shunda. Allalar onalarning minglab avlodidan bir-biriga o’tib, sayqal topib, onalik mehrini, armonini uzluksiz silsilaviylikda ifodalab kelyapti. Ulaming bu qadar uzoq zamonlar yashovchanligi sababi, A.Vetuxov ta’kidlashicha, allalarda onalik qalbining, ayollik mahzunligining barq urib turishidadir.85 Xuddi shu xususiyati tufayli allalar nafaqat bolalarga, hatto kattalarga ham yoqimliligini, qolaversa, har bir xonadonda kuylanishini, xush ko’rilishini ta’minlagan.
Allaning qachon paydo bo’lgani o’zbek folklorshunosligida hozircha aniqlangani yo’q, ammo uning qanday ma’naviy ehtiyoj tufayli yuzaga kelganini A.Vetuxov shunday izohlaydi: «Ona o’zining tug’ma sezgirligi bilan bola uchun faqat qo’shiq kerakligini ..., tinchlantiruvchi, yorqin va monoton qo’shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alia shakli yuzaga keldi. O’sha onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega bo’lishini aytib turdilar: unda onalik qalbida qanday ko’tarinkilikbo’lsa, hammasi bor».84 M.N.Melnikov shu fikrga qo’shilgani holda allalami onalar dunyosisiz, sezgilarsiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo’lmasligini, barchasi, A.Vetuxov ifodalaganidek, instinktiv tug’ma sezgirlik tarzida emas, balki ming yillar davomida yashagan onalar necha-necha avlodlarining hayotiy tajribalari sifatida, ulaming qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug’ilgan achchiq saboqlar sifatida «ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli»8’ bo’lib yuzaga kelganini ta’kidlaydi. A.M.Gorkiy e’tiroficha, allalar ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida asl. o’lmas poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang’ichi bo’lib vujudga kelganlar. Shu ma’noda har bir xalqda allaning tarixi o’sha xalq bolalar folklorining tarixi sanalishi mumkin.
Allalar faqat kuylanadi. Ulami shunchaki aytish, deklomatsiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o’zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Biroq monoton ohang onaning ijro paytidagi holati va kayfiyati bilan chuqur bog’liq. Ona kayfiyati chog’ kezlarda allaning monoton ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik mayli sezilib tursa, xafaligida, iztirob chekayotganida ma’yus tortuvchi xazinlikka moyil bo’ladi. Har ikkala holatda ham shu monoton ohang bola ruhiga ta’sir etadi, qalbiga orom bag’ishlaydi, uni elitadi. Birinchi holatda bolaning serzavq bo’lib o’sishiga zamin hoziriasa, ikkinchi holatda uning ruhan ma’yuslashuviga asos solinadiki, bu bola ulg’ayganda xarakterida o’z asoratini, albatta, qoldiradi.
Bola uchun allaning so’zi emas, kuyi yoqimli va muhim. Chunki u hali so’zni anglamaydi. Alladagi so’zlar ona uchun muhim: ular-ona qalbining nidolari. Bir xil ohangdagi kuy bola ma’naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta boshlaydi. G.Dobryakov aytganidek: «Bola birinchi oydaligidayoq musiqiy idrokini - ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon etadi; lekin unga faqat murakkab bo’lmagan tovushlarning almashinishi ritmikasigina o’ngg’aydir.»86 Biroq shu monoton ohang turii xildagi harakatlar jo’rligidagina allalarning kompozitsion yaxlitligini ta’minlaydi. Chunki allaiar har qanday holatda ham jismoniy harakat, ham psixik faoliyat bilan uzviy bog’liqdir. Jismoniy harakat bolaning muttasil o’sishini, organizmining fiziologik chiniqishini rag’batlantiruvchi muhim vosita bo’lsa, allalarning monoton ohangi esa shu jismoniy rivojlanishini ma’naviy ulg’ayishga ulaydigan kanal bo’lib, bola psixik faoliyatini harakatga solishga va faollashtirishga xizmat qiladi.
O’zbek folklorshunosligida allalarning kompozitsion butunligini so’z, ohang va harakat birligida, shu uzvlarning o’zaro mantiqiy aloqadorligida ko’rish hali Umiy maromiga kirganicha yo’q. Jumladan, o’zbek allalarini o’rganishda birmuncha ishlar qilgan, ayni choqda asossiz ravishda ularni marosim qo’shig’i sifatida xarakterlagan taniqli folklorshunos M.Alaviya: «Alia, asosan, to’rtlikdan tashkil topgan bo’lsa ham, ba’zan allalovchi to’lqinlanib ketsa, davom ettirib, boshqa misralarni ham qo’shib yuboradi va bir-biriga yaqin bir qancha to’rtliklarni aytib, bu bilan o’zining tilak, armonini izhor etadi»87, — deb yozib, allaning struktural xususiyatlarini cheklab qo’ygan. Chindan ham to’rtlik shaklidagi band - o’zbek allalarining yetakchi struktural uzvi. Ammo o’zbek onalari repertuarida uchlik, beshlik, oltilik, yettilik va sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allaiar ham, shuningdek, shu xildagi bir necha bandlardan tarkib topgan allaiar ham ancha. Bunday strofik xilma-xillik onaning allani kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo’lib, unda ifodalanishi kutilgan g’oyaviy niyatning salmog’iga, yo’nalishiga bog’liq. O’zbek allalarida shunday bir ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta’minlab turadi:
Alla-yo
Alia
Oppoq qizim, alia,
Qaymoq qizim, alia,
Go’zal qizim, alia,
Asal qizim, alia,
Oqcha qizim, alia,
Zog’cha qizim, alia,
Sanam qizim, alia,
Tamtam qizim, alia,
Erka qizim, alia,
Serka qizim, alia,
Alla-yo alia.
Yotsin qizim, alia,
Shirin uxlab, alia,
Qotsin qizim, alia,
Alla-yo alia. Bu alia erkalama xarakteriga ega. Uning strofik tuzilishi - ikkilik shaklida. Barcha qofiyadosh so’zlar epitet (sifatlash) vazifasini bajargani holda nuqul satr boshida kelgan - anafora tarzida: «qizim, alia» murojaatnomasi esa monoton mayin ohangni ta’minlovchi murakkab radif bo’lib, butun alia davomida ohang va kuyning yaxlitligini, yagona oqimda oqishini, erkalovchi pardalarda tovlanishini ta’minlagan. Epitet-qofiyadosh so’zlarda onaning qizalog’iga bo’lgan chuqur mehri xilma-xil qiyoslash va o’xshatishlarda tovlanib turadi. Shu qiyoslash va o’xshatishlarni yuzaga keltirgan narsa va hodisalarning aksariyati qay bir xususiyati bilan uxlatilayotgan qizaloq — alia lirik qahramoni xarakter — xususiyatlarini yoki qiyofasini ochishga qaratilgan. Inchunin, qizalog’ining erkaligi serkaning holatini esga solganda jonlilik kasb etgani singari «oqcha qiz»ning chug’ur-chug’uri zog’chaning ayni holatini xotirga keltiradi. Shu tariqa ona qizalog’ining nafaqat tashqi sifatlarini (oppoqligi, go’zalligi, chopqiriigi va h.k.), balki ma’naviyatiga xos yumshoqlik, vazminlik, samimiylik va boshqa belgilarini ham poetik ta’riflab turib, shu insoniy fazilatlami o’z jigargo’shasida ko’rishni istaydi, uni mehrga yo’g’rilgan orzu pardalarida mayin kuylaydi. Onalar o’zlari xush yoki noxushliklaridan qat’iy nazar farzandlariga hamisha mehribonlik qiladilar; farzandlarini erkalata turib uyquga kirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni g’oyat nazokat bilan ishlatishga alohida e’tibor beradilar. Bolalarning xarakterlarini ochishda doimo tiniqlik va quvnoqlik bilan bog’liq tuyg’ularini teran ko’rsatishga xizmat qiluvchi epitetlarga murojaat qiladilar; Shu niyatda go ‘zichoq, go ‘chgor, olgor, toychog, soman, taylog, bo ialog, kiyik, serka, bulbul, guralay, gizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlami umumlashtirib e’zozlaydilar:
Bulbul qushning bolasi,
Alia, qo’zim, alia,
Daraxtda bo’lar uyasi,
Alia, bolam, alia. O’zbek allalarini kompozitsion jihatdan ildci turga bo’lish mumkin: Vogeaband (sujetli) allalar. Bularni allachilikning eng takomillashgan namunalari, deyish joiz. Bu xildagi allalar yagona sujetga ega, barcha bandlardagi poetik muddao bir silsilada markazlashgan hayotiy voqealaming biror epizodi natijasida vujudga kelgan kayfiyatlar tasviridan iborat bo’ladi. Ularda kompozitsiya puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim singari uzvlar mavjud:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo alia,
Qulluq qush ovozina, alla-yo alia.
Manim bulbul shu o’g’lim, alla-yo alia,
Quloq qo’ysin ovozima, alla-yo alia,
Bulbul kichkina qushdir, alla-yo alia, Sahar ovozi xushdir, alla-yo alia. Bermang bulbula ozor, alla-yo alia, Bulbul beozor qushdir, alla-yo alia.
Bulbul sayrar chamanda, alla-yo alia, Shu bag’ri keng vatanda, alla-yo alia. Uni aslo cho’chitmang, alla-yo alia, Sayrasin shu chamanda, alla-yo alia. Bulbul uchar qo’limdan, alla-yo alia, Наг kim qo’rqar o’limdan, alla-yo alia, Shu bulbulim sayrasa, alla-yo alia, O’lim qochar yo’limdan, alla-yo alia. Allada ekspozitsiya — bulbulning yozda sayrashi va maftunkorligining har qanday minnatdorlikka sazovorligi bo’lsa, tugun-bulbul obrazidagi o’g’ilning kelajakdagi taqdiri, kim bo’lishi. Kulminatsiya esa, shu bulbul - o’g’il taqdirining o’limga ro’para kelmasligi niyatidan tug’ilgan tuyg’ular qarama-qarshiligida ko’rinadi. Nihoyat, shu o’g’il — bulbulning xushxon sayrab qolishi-o’limni qochirishdan iborat taskin — tugunning optimistik yechimi hisoblanadi. Voqeabandlik xususiyatini yumoristik hamda yig’i-yo’qlov allalarda, shuningdek, improvizatsion allalarda ham kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |