Bolalar fokllorida tasvirning shartliligi hayolot olamining boyligi



Download 67,72 Kb.
bet2/8
Sana29.05.2022
Hajmi67,72 Kb.
#615603
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalar fokllorida tasvirning shartliligi hayolot olamining boyligi

Parokanda allalar ham o’zbek onalari repertuarida serob. Ularning muhim xususiyati-yaxlit sujet asosida qurilmaganligi. Bu tipdagi allalarda har bir band o’zicha mustaqil, tugal motiv yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik tashqi belgi, xolos. Chunki mazmun mantiqi, baribir. bolaga qaratilganligi tufayli bir necha band yagona bir ipga tizilgan bo’ladi. Buni vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy tasviriy uzvlar kuchaytiradi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog’i, onaning sarguzashtlari, hayotiy tashvishlari, omadsizliklari, o’kinchlari, armonlari girdobiga uning nechog’lik chuqur kirib borishi, mutaassirligi asosiy rol o’ynaydi. Onaning bu holatini AVetuxov shunday izohlaydi: «DO’z mulohazalariga kuchli g’arq bo’lib ketish oqibatida ona chaqolog’ining kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarini o’ylay boshlaydi. Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo’shiqqa ozmi-ko’pmi miqdorda onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o’zi sezmay qoladi.»8* Natijada onaning o’y-mulohazalari ikki yo’nahshga bo’linadi: ham bolani, ham o’zini o’ylay boshlaydi. Shunday vaziyatda ona o’y-mulohazalarida parishonlik va takror yuzaga kela boshlaydi. Biroq onaning o’zi haqidagi o’y-mulohazalari aslida bolasi haqidagi o’y-mulohazalar zaminida kechadi. Bu esa alladagi sirtqi parokandalikka mantiqan bir butunlik bag’ishlab turadi:
Saharlar uyg’onarman, Turib sanga suyanarman.
Suyanganim san o’zing,
Rahm qil manga, qo’zim,
AJlo-o, huy-e.
Allo-allo, odingday-ay,89
Alvonjiying90 bodinan-ay.
Onajoning o’rgilsun,
Kokulingni torinnan-ay,91
Allo-o, huy-e. Bu xildagi allalarni istagancha cho’zish mumkin. Chunki bu bolaning uyquga ketishi, uyqusi kelishi muddatining cho’zilishi va onaning shu jarayonga yetgulik kuylash bardoshiga va to’qiy bilish salohiyatiga bog’liq.
O’zbek allalarida radif qonuniydir: alia so’zi har satrda yoki satr osha, goho esa uzvli shaklda (alla-yo alia, allo-o, huy-yo tarzida) takrorlanaveradi. Gohida uzvli shakli to’rtlik yo uchlikdan keyin n a q а г о t vazifasini o’tab, allaning ekspressivligini ta’minlagan. Alia so’zi birgina satrda - ham boshida, ham so’ngida; ikkilikda -birinchi satrning boshida va ikkinchi satrnirig oxirida takror qo’llanib, kompozitsion qoliplovchi uzv vazifasini ham bajargan.
O’zbek allalari xalq etnografiyasi va etnopedagogikasi asoslarini o’rganishda qimmatli material hisoblanadi. Ularda bolaga daxidor qator rasm-rusumlar ifoda etilgan. Binobarin, o’zbek allalarini mavzu mohiyatiga ko’ra avaylovchi, maishiy, tarixiy, hajviy va yig’i-yo’qlov singari ichki ko’rinishlari mavjud. Qolaversa, ularni paydo bo’lish tarixi nuqtayi nazaridan an’anaviy va zamonaviy turlarga bo’lib o’rganish mumkin.
Allalar ijrochiligi va ijodkorligi o’tmishda ancha faol edi, Sho’ro davrida bu jarayon passivlashdi. Buning sababini onalarning ishlab chiqarishda erkaklar bilan teng qatnashayotganliklari va bu holat bolalar tarbiyasining ilk bosqichidayoq ijtimoiy xarakter kasb etib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
Aytim-olqishlar erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo’shiqlari bo’lib, aksariyati, asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi: chaqaloq besh va to’qqiz kunga to’lganda, ilk bor cho’miltirilganda, beshikka birinchi marta va har gal bog’lanib, yana ochib olinganda, ilk bor ota-onasi va qarindoshlariga tanishtirilganda, ilktishi yorilganida, birinchi marta mustaqil o’tirganida, oyoq bosganida, toy-toylaganida, yangi kiyim kiygizilganda, ilk bor ovqatlantirilganda, qizaloq sochini ilk bor yuvib-taraganda, tirnog’i ilk bor olinganda, o’g’il bolaning sochi birinchi marta qirqilganda, bola sha’niga isiriq tutatilganda, xullas, shunday rasm-rusumlarning har bin mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Bularning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli so’na boshlagan bo’lsa-da. ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi sifatida hamon yashamoqda, aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim-olqish ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar ta’sirida transformatsiyaga uchrab, tug’ilgan kunini nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:
San bir yillik, YanarYoqasi moyli bo’lsin,
Man ming yillik. Etagi loyli bo’lsin.
Kiya-kiya to’zdiraylik, Mayli bir yilda to’zsin,
Dugonalarimdan o’zdiraylik. O’zi-chi. ming yil kulsin.
Bu xildagi aytim-olqishlar ijrosidagi o’ziga xoslik shundaki, ularni awal bolaga kiyim kiydiradigan kishining o’zi aytib, so’ngra o’sha boladan takrorlash talab qilinadi. Yangi kiyim kiyayotgan bola shu talabga muvofiq takror ijro etadi.
Erkalama va ovutmachoqlar ham suyish qo’shiqlarinmg bir-biridan farq qiluvchi janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g’ashlanganda. baqirib-chaqirib yig’laganda, betoqatligi oshganda ovutish zaruriyatining ehtiyojga aylanishi oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa kayfiyatning ko’tarinkiligi muhim rol o’ynaydi. Erkalamalar теАлхмгы/Ydantug’iluvchibadihaIardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylanadi. Ovutmachoqlarda ijrochi kayfiyatining qay holatdaligi ahamiyatsiz. Erkalamalarda ijrochi kayfiyatining xushligi, ko’tarinkiligi muhim; xafalikda, ehtiroslar sovugan paytda bolani erkalash mayli tug’ilmaydi. Bolani erkalash uchun kayfiyat behad chog’ bo’lmog’i shart. Ekstaz holat erkalamalar janr tabiatini belgilovchi yetakchi xususiyatdir. Erkalamalarning aksariyati «O... shugina» yoki to’ppa-to’g’ri «Shugina» va «Shuginagina» so’zlari bilan boshlanib, ko’pincha 4 yoki 6, ayrim hollardagina 10 va undan ortiq satrdan iborat bo’ladi. Bunday cheklanishning asosiy sababi — mehr xurujining cho’ziluvchanlik darajasiga, aniqrog’i, uzoq cho’zila olmasligidan iborat psixologik holat bilan bog’liq. Chunki mehr xuruji soniyaviy bo’lib, tezda pasayishi tabiiy. Binobarin, erkalama hajman mehr xurujining nechog’lik kuch va cho’ziluvchanlikda namoyon bo’lishi oqibatidir.

Download 67,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish