Bolalar fokllorida tasvirning shartliligi hayolot olamining boyligi



Download 67,72 Kb.
bet4/8
Sana29.05.2022
Hajmi67,72 Kb.
#615603
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalar fokllorida tasvirning shartliligi hayolot olamining boyligi

«Boychechak» — bolalarning mavsumiy marosim qo’shig’i. Bolalar Navro’z elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko’rishlari bilanoq undan guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab, boshlariga gulchambar qilib kiyganlar. So’ngra hovlima-hovli yurib, «Boychechak» qo’shig’ini kuylab, gul ulashib, bahor kelganidan xabar berganlar. Bolalarning biri — yakkaxon (solo) to’rtliklarni kuylasa, qolganlari naqarotini xor bo’lib ijro etganlar:
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi.
Qattiq yerdan qazalab chiqqan boychechak.
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog’ochga osdilar.
Qilich minan chopdilar,
Baxmal minan yopdilar. Qo’shiq tugagach, boychechakchilarga sovg’a-salomlar berishgan, bolalar bularni o’zaro bo’lib olishgan yo hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishgan. Qo’shiqda ta’riflangan boychechak — erta bahorda ochiladigan gulgina emas, umumlashma darajasiga ko’tarilgan ramziy obraz ham. Unda murg’akkina bolalik obrazi tajassum topgan. Xalq bolani erta bahorning ilk guli timsolida ko’rgan, bola shu gulday nozik, yoqimli navnihol va chindan ham insoniyat bahorining g’unchasi tarzida e’zozlangan.
Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizning qachonlardir animistik va totemistik e’tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o’sha mohiyatini yo’qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar hamon yashamoqda.
Mohiyatan tabiat hodisalari bilan bog’liq bo’lib, ibtidoiy animistik qarashiar zamirida vujudga keigan va yagona vazifadoshlik kasb etgan holda shakllangan bolalarning mavsum — marosim qo’shiqlari yalinchoqlar hisoblanadi. Davrlar o’tishi bilan animistik e’tiqod ham so’na borgan, natijada unga daxldor marosim ham so’ngan. Biroq marosimga oid ayrim qo’shiqlar, inchunin, quyoshga, oyga, kamalakka. yulduzlarga, shamolga, yomg’irga va boshqa tabiat hodisalariga yalinishdan iborat animistik mohiyatini yo’qotgan holda bolalar repertuariga o’tib, goh rudiment holida, goh transformatsiyaga uchragan holda yashay boshlagan. Bolalar repertuarida g’oyat keng tarqalgan va xilma-xil variantlarga ega «Oftob chiqdi olamga» yalinchog’i bu jihatdan e’tiborga loyiq. U qish oxirlab, quyosh bulutni yorib ko’ringan chog’larda ijro etiladi. Bolalar quyoshni ko’rishlari zahoti qator tizilishib, sakrab-sakrab birgalikda kuylashganlar.
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga.
Xolam: — Ana yer, — dedi,
Borib o’tin ter, — dedi.
O’tin terdim bir quchoq,
Non yopdi o’choq-o’choq.
Menga berdi elakday,
O’ziga oldi gilakday.
Otib urdim eshikka,
Boshim tegdi teshikka. Yalinchoqning quyosh ko’ringanda unga tikilib kuylanishida ajdodlarmizning quyoshga sig’inishdan iborat qadimiy animistik e’tiqodining tarixiy ildizini fahmlash qiyin emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimgi massagetlar eng chopqir otni qurbon qihb, quyosh chiqishini kutganlar va unga sig’inish marosimini uyushtirganlar. To’marisning quyosh nomi bilan qasamyod qilishida ham shu e’tiqodga ishora qilinayotgani ayonlashadi. Shu e’tiqodning so’nishi tufayli marosim ham yo’qolgan, davrlar o’tishi bilan bolalar qishki o’yinida kuylanadigan yalinchoq shaklida saqlanib qolgan. Biroq endi animistik mohiyatini ham yo’qotgan, unda yetimlik shikoyati motivini ifodalash real tus olgan. Bunda qishning shafqatsizligi o’gaylik mohiyatini ochuvchi ijtimoiy parallellizmni yuzaga keltirgan.
Hukmlagichlar ham qadimgi ajdodlarimzning totemistik e’tiqodlariga daxldor marosim qo’shiqlarining davrlar o’tishi bilan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ta’sirida transformatsiyaga uchrab, asta-sekin bolalar repertuariga o’tib, bolalarcha mushohadakorlik asosida qaytadan sayqallanib, yangi motivlar. yangi obrazlar hisobiga to’lishib, ularning mavsum-marosim poeziyasida barqarorlasHgan namunalari sanaladi. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalaming hasharotlarga munosabatiga daxldor hukmlagichlarida ravshanroq ko’rinadi. Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatarni ko’rganda uning vositasida fol ochish an’anasi mayjud:
Beshiktervatar, beshiktervatar,
Salima xolam nima tug’adi?
Beshiktervatar o’ng oyog’ini ko’tarsa, o’g’il, chap oyog’ini ko’tarsa, qiz tug’ilishiga yo’yishadi.
Erta pishar xalili uzum xol tashlaganda xonqizi, tillaqo’ng’iz hasharotlari ko’payadi. Bolalar orasida Xalilipazak, Hasanak nomlari bilan ham yuritiladigan xonqizi sirtida nuqtasimon oq xolchalar borligidan unga xol deb ham murojaat qilinadi: Xol, xol, xol, Otang o’ldi, Onang o’ldi, Borib xabar Olmaysanmi?
Rivoyatga ko’ra, xonqizi aslida podsho qizi bo’lgan-u, qashshoq cho’ponni sevganidan g’azablangan otasi uni: «Iloyi qumursqaga aylan!» deya qarg’agan emish. Qarg’ish tutib, u hasharotga aylanganmish. Xonqizi deyilishi shundan qolganmish. Tillaqo’ng’iz, kaltakesak, chumoli, ilonga murojaat tarzidagi hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg’a, musicha, bedana, to’rg’ay, qaldirg’och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning ma’lum qismida totemizm ta’siri bir qadar sezilsa-da, taqlidiy so’zlar faolligida to’qilgan qismida bu ta’sir tamoman so’ngan. Taqlidiy so’zlar hukmlagichlarda asosiy poetik yuklamani bajaradi:
Qurvaqajon, vaq-vaqa,
Ko’zing nega bundaqa?
Bugun o’sma qo’ymadim,
Shuning uchun shundaqa.
Taqlidiy so’zlar yordamida yaratilgan hukmlagicMarning ko’pchiligi totemizm aqidalaridan xoli bo’lib, bevosita bolalar dunyoqarashini, voqelikka hayratomuz munosabatlarini, idrok va zavqlaridagi o’ziga xosliklarni aks ettiradi.
Umuman, yalinchoqlar bolalarning tabiat bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lishlariga yo’l ochgan bo’lsa, hukmlagichlar hayvonot olami bilan munosabatlarini ta’minlagan, shu asosda bolalarda hayotsevarlik fazilatlarini shakllantiruvchi ekologik va estetik-axloqiy shuur tarbiyalangan.
K.I.Chukovskiy yozganidek, kattalar «so’zlar, tilshunoslik formulalari» vositasida fikrlashsa, bolalar aksaran «narsalar, olamning ko’rimli predmetlari» vositasida fikr yuritadi. «Ularning fikri ilk bosqichda nuqul aniq obrazlar bilangina bog’liq bo’ladi». Bevosita bolalarning o’z og’zaki ijodiyotiga mansub qo’shiqlar va o’yinlar ana shu fazilatlari bilan ajralib turadi. Ular bolalar kundalik turmushining asosini tashkil etgan holda ularning ma’naviy olamini ham butun murakkabligi bilan aks ettiradi.
Bolalar ilk qo’shig’ini 2-5 yasharliklaridayoq to’qishadi. Harakatga omuxta zavqdan jilolangan bu qo’shiqlar qiqillamalar bo’lib, kichkintoylarning ritmni his qilishlari zamirida shovqin solib aytishlari negizida yuzaga kelgan. Bolalar ulg’aygan sari hayotni teranroq anglay boradilar. Bu hoi ularning maishiy qo’shiqlari silsilasini tashkil etuvchi to’rtliklari, aytishuvlari va katta qo’shiqlarida ifodalangan.

Download 67,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish