Guldur-guplar o’zbek bolalari repertuarida keng tarqalgan ma’naviy o’yin. U bolalar oldiga gapirmaslikni, jim turish shartini qo’yadi.
Dim-dim-dim, Yaiia: Mushuk o’ldi,
O’raga sichqon ko’mdim. Dumi qoldi.
Gapirganing og’ziga Kim gapirsa,
Bir shapaloq urdim. Uni yeydi.
Guldur-guplar bolalarga so’zning qudratini, insoniy munosabatlardagi mas"ulligini, so’z va ish (harakat) uyg’unligini idrok yetishlariga ko’maklashadi, eng muhimi, bardoshlilikka o’rgatadi, irodalarini toblantiradi.
Tez aytishlar vositasida bolalar ona tilidagi tovushlar va so’zlami ravon, burro, ochiq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so’zlarning nozik ma’no tovlanishlarini his, va idrok qilish, anglash hamda ilg’ab olishni mashq qiladilar. Shu ma’noda tez aytishlar tovush va so’zlar ustidagi mantiqiy poetik mashqlar hisoblanadi.
Tez aytishlar nutq tovushlari alteratsiyasiga asoslangan folklor janri bo’lib, o’xshash tovushli so’zlar yoki so’z birikmalarining bir nafasda shiddatli aytilishi jarayonida u yoki bu tovush, u yoki bu so’z talaffuzida chalg’ish yo tutilish natijasida voqe bo’luvchi ma’no o’zgarishi negizida yuzaga keladi:
«Namanganda usta Musa puch pistafurush bor ekan. O’sha usta Musa puch pistafurushning oltmish uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo’lsa ham, o’sha usta Musa puch pistafurush, oltmish uch pud puch pistasi bo’lmasa ham, o’sha usta Musa puch pistafurush».
Tez aytishda savdodagi qalloblikni fosh etish, yetakchi motiv: pistaning puchligini ta’kidlovchi «p»va «ch» tovushlari-alteratsiya asosi, tez aytish uchun muddao husni-motivni ifodaiovchi vositaga aylangan, alteratsiya, rivojiga turtki beruvchi o’zak ham shu iborada. Muddao husni, aslini olganda, ham she’riy, ham nasriy tez aytishlarda tugun vazifasini o’taydi. Ular motivnigina emas, qaysi tovushni alteratsiyaga solishni, qay so’zni takrorlashni belgilovchi vosita sifatida so’z yoki birikma shaklida namoyon bo’ladi:
Qishda kishmish pishmasmish, Pishsa kishmish qishmasmish.
Chustda usta Tursunmatning uchta tustovug’i bor. O’sha uchta tustovuq Chustdagi usta Tursunmatning uchta tustovug’imi yoki o"sha Chustdagi usta Tursunmatning uchta tusdagi tustovug’imi?
Dastlabki tez aytishda «kishmish» so’zi muddao husni bo’lib. «sh» undoshining alteratsiyasiga zamin yaratgan va qish fasliga oid ma’lumotni tashigan. Keyingisida «uchta tustovuq» birikmasi -muddao husni: «ch, t. s» undoshlari alteratsiyasi shu negizda hosil qilingan. Bu ibora vositasida lutf san’ati yuzaga keltirilib, dastlab tustovuqlar miqdori, uchtaligi anglashilsa, keyin tovuqlar rangi uch . tusdaligiga ishora qilinadi. Tovushlar alteratsiyasi tez aytish ijrochisiga shu nozik ma’noni ilg’ashiga xalal yetkazadi, natijada chalg’ish hosil qilinadi. Tez aytishlar shu xildagi rang-barang tovush alteratsiyalari, omonimlar, omofonlar, omograflar, paronimlar va taftalogiyalarga asoslangan ma’no tovlanishlari bilan pedagoglar va bolalar e’tiborini qozonib kelmoqda.
Chandishlar’ham keng tarqalgan ma’naviy o’yinlardan, ularso’zda laqillatish, chandib olish hisobiga, «g’aflatdagi» harifni hushyor torttirish. shu asosda so’zga. so’z ma’nosiga, ohangiga nisbatan sezgirlik reaksiyasini uyg’otish hamda so’z ohangidan hozirjavoblikka shaylash maqsadini ko’zlaydi. Chandishlar so’z o’yini sifatida, M.N.Melnikov to’g’ri ta’kidlaganidek, «bolalarning nimanidir bajara olmaydigan. nimanidir bilmaydigan yoki zarur bo’lganda o’zini tuta olmaydigan tenqurlaridan quvonib kulishlari vositasi» bo’lib xizmat qiladi97.
Chandishlarning dialog shakli qat’iy bo’lib, ikki bola ishtirokida amalga oshadi. Ular o’ziga xos ilmoqdor va serjilo so’z musobaqasi hisoblanib. bolalarning so’zda bir-birlarini tutishi, chandishi asosida yuzaga keladi, ularga so’zning xilma—xii ohang va ma’no tovlanishlarini kashf etishga, o’zlashtirishlariga yo’l ochadi.
O’zbek bolalari repertuarida sun’iy va tabiiy dialogdan iborat chandishlar, aldanmachoq hamda qistirma chandishlar keng tarqalgan.
Sun’iy va tabiiy dialogdan hosil bo’lgan chandishlar kompozisityasiga ko’ra savol, ilgak va chandimoqdan iborat:
Moshin, degin. Yoki: — lkki karra ikki nechi?
Moshin. - To’rt.
Otang keldi, yoshin! — Kelin bo’lib to’rga o’t! Aldanmachoq-chandishlar gohida onaboshi va o’nlab o’yinchilarning she’riy savol-javobi shaklida bo’lishi mumkin: Karim qayoqqa ketdi?
Ola tayoqqa ketdi?
Salim qayoqqa ketdi?
Qizil bo’yoqqa ketti.
BaUi!
Kakku ko’kka uchdimi? Bulbul cho’lda sayrarmi?
Kakku ko’kka uchadi. Bulbul bog’da sayraydi.
Baqa ko’kka uchdimi? Burgut suvda suzarmi?
Baqa ko’lga tushadi. Burgut tog’da yayraydi.
Balli! Balli!
Bo’ri uzum yeydimi?
Bo’ri qo’zi yeydi.
Tulki sovun yeydimi?
Tulki tovuq yeydi.
Balli!
lion uzum yeydimi?
Hon uzum yeydi.
E...e...e... Ahmoq shunday deydi!
Barcha to’rtliklar ikki savol va unga qaytarilgan javoblardan iborat. Dastlabki to’rtlik aldab-chandimoq uchun fon, u ekspozitsiya vazifasini o’tagan «K» va «Q» tovushlari alteratsiyasi o’yin ishtirokchilarini keyingi ilgaklar silsilasiga ro’para qilishni ko’zlaydi. Ikkinchi to’rtlikning dastlabki savol-javobi ham ilgaksiz. Ammo undagi «k» undoshi alliteratsiyasi navbatdagi savolda ilgak tayyorlagan. bu «baqaning ko’kka uchishi»ga oid mantiqsiz savolda ifodalangan. Bolalar javobda shu ilgakka qoqilmay, mantiqsizlikni tuzatadilar. Keyingi to’rtliklardagi savollar surunkasiga mantiqsizliklarga asoslana boradi, go’yoki mantiqsizliklarning silsilaviy xuruji darajasiga ko’tariladi. Shu yo’l bilan bolalaming hayot hodisalarini qay darajada anglab yetganliklari sinaladi: ular idrok etgan hayotiy hodisalar haqiqatmi yoki sarobmi- mantiqsizliklar negizidagi ilgaklar shularni aniqlashga qaratilgan. Bolalar idrok etgan qay bir hayotiy haqiqatga qat’iy va sobit bo’lsalar, o’sha haqiqatning chinligiga, to’g’riligiga ishonsalar, u yoki bu tovush alteratsiyasi aldanish zaminini ta’minlab turganida ham, yanglishmay, o’sha mantiqsizlikni tuzatib, ilgakni oson va to’g’ri ochib borganlar. Hayotiy haqiqat yuzaki idrok qilingan yoki anglanmagan hollarda ular yanglishganlar, javoblari noto’g’ri chiqqan va onaboshi (qarshi tomon)ning chandishiga uchraganlar. Bunday chandishlarni istagancha cho’zish mumkin. Ularda chandish-moq marrasi birinchi adashuv-gachadir. «Hon uzum yeydi» javobi ana shunday adashuv marrasi bo’lib, «Ahmoq shunday deydi»-chandishning o’zidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |