Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

11-Rasm. 
Shakllanmagan ildizli (A) va 
shakllangan ildizli (B) kurak sut 
tishlarini davolash. 
A,a,b-davolashdan oldin; B, a, b-
davolash muolajasidan so`ng; 1-pasta, 
2-dentin qavat, 3-plomba. 
Kasallangan tish kariyes kovagi yaxshilab charxlanib, pulpa bo`shlig`i 
kengaytirilib ochiladi. Pulpaekstraktor yordamida ildiz kanali chirigan, 
parchalangan pulpa to`qimasidan ohistalik bilan bosqichma-bosqich tozalanadi. 
Tozalangan ildiz kanali antiseptik moddalar bilan yaxshilab yuviladi. Kanalni 
yuvish uchun antiseptik modda eritmasi sifatida 2% li xloramin, 0,1% li 
xlorgeksidin, 1% gipoxlorit eritmasi, rivanol, furatsilin eritmalaridan foydalanish 
mumkin. Vodorod peroksididan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bu 
eritmaning sirt taranglik faolligi juda yuqori bo`lganligi sababli ildiz bo`shlig`idan 
har xil mayda zarrachalarni o`ziga yopishtirib olib chiqib, yaxshi tozalaydi. 
Yuvilgan kanalga yumshoq paxta qoplangan ildiz (Miller) ignasi kiritilib, ohistalik 
bilan ildiz cho`qqi teshigining ochiq-ochiqmasligi tekshiriladi. Igna olinganda 
paxta turundasining uch qismi qizg`ish rangda bo`lsa, bu cho`qqi teshigining 
ochiqligidan dalolat beradi. Shundan so`ng ildiz kanali quritiladi va yumshoq 
moyli asosga ega bo`lgan pastalar bilan plombalanadi. (11-rasm, v, g). Bunday 
pastalarni tayyorlash uchun rux oksidi poroshogi, qalampirmunchoq, na’matak 
moyidan yoki vitaminli moylardan birida qorishtiriladi. Bugungi kunda kanal 


62 
to`ldirish uchun ishlatiladigan Endofil (Septodont) plomba ashyosi yaxshi natijalar 
berishi qayd qilingan. 
Agar davolanayotgan tish toj qismi batamom yemirilib tushgan bo`lsa, ildiz 
kanali bo`g`zigacha pasta bilan to`ldiriladi. Bu qatnovda qotmagan yumshoq moyli 
pasta ustidan doimiy plomba qo`yilmaydi. Keyingi qatnov paytida pasta qotadi va 
uni kichik hajmdagi fissur bor yordamida bir qismi ildizdan holi etilib, fosfat-
tsementdan, shishaionomer sementdan doimiy plomba tayyorlanadi va kovak silliq 
qilib berkitiladi. Ana shunday qilinib berkitilgan to`mtoq tish almashinuv 
paytigacha bemalol saqlanib, bir qadar o`z vazifasini o`taydi. (11-rasm, a, b). 
Shakllangan bir ildizli doimiy tishlarni davolash bolalarda katta yoshdagi 
kishilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Buning uchun kariyes kovagini 
ko`ngildagidek yaxshilab charxlanadi, qo`shimcha kengaytirilib, tanglay yoki til 
tomonga olib chiqiladi (toki ildiz kanaliga igna yoki pulpaekstraktor to`sqinliksiz 
osonlikcha kira olsin). 
Ildiz kanalini faqat pulpa chirindilaridan tozalashgina emas, balki kanalga 
rashpil yoki fayllar yordamida uni kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu tarzda ildiz kanalining dentindan tashkil topgan devori unga mikrokanalchalar 
orqali kirgan mikroorganizmlardan bir qadar tozalanadi. Ildiz kanali antiseptik 
eritmalar bilan yaxshilab yuvilib, ildiz cho`qqi teshigi ildiz ignasi yoki burama 
igna yordamida ochiladi. 
Tozalab quritilgan ildiz bo`shlig`i ildiz cho`qqisigacha plombalanadi. Bir 
ildizli tishlarni og`iz bo`shlig`ining oldingi qismida joylashganini nazarda tutgan 
holda ildiz kanalini to`ldirish uchun tish rangini o`zgartirmaydigan plomba 
materiallaridan foydalanish mumkin. Fosfat-tsement, intradont, endodent kabi 
materiallar shu jumlaga kiruvchi, qattiqlashib qotuvchi materiallardan hisoblangan, 
rux oksidining biror-bir o`simlik moyida (qalampirmunchok, oblepixa va 
boshqalar) qorishtirilib hosil qilingan pastalari yumshoq plombalardan hisoblanadi. 
Plombalangan ildizlarni rentgen tasviri orqali tekshirib ko`rish bunday hollarda 
asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Rentgen tasvirini saqlab qolib, keyinchalik 
vaqti-vaqti bilan suyak hosil bo`lish jarayonini tekshirib turish maqsadga 
muvofiqdir. 
Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarni davolash ish jarayonida birmuncha 
qiyinchiliklarni tug`dirishi mumkin. (12-rasm, a). 
Bu holda ildiz kanalining oxirgi qismi shakllanmaganligi natijasida u 
anchagina keng bo`ladi va bo`shliqqa granulyatsiya to`qimasining o`sib kirishini 
ta’minlaydi. 
Bunday hollarda ildiz kovagini chirigan pulpa qoldiqlaridan tozalash paytida 
og`riq paydo bo`ladi. Shuning uchun igna uchiga paxta o`rab (turunda), ildiz 
kovagiga og`riq paydo bulguncha kiritiladi va rentgen tasviri olinadi. Bunday 
tekshirish tish ildizining qay darajada shakllanishi, ildiz oxirgi qismining kengligi, 
granulyatsion to`qimaning ildiz kovagiga qay darajada o`sib kirganligi to`g`risida 
aniq ma’lumot beradi. Tasvirdan foydalanib, ildiz devorining butunligini va ayni 
holda yallig`lanish jarayonini surunkali kechadigan gangrenoz pulpitdan farqlay 
bila olamiz. Kerakli xulosa chiqargandan keyin ildiz kovagi granulyatsion 
to`qimadan 2 yoki 3 ta pulpaekstraktor yordamida tozalanadi. (12-rasm, b). 


63 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish