Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
 
1. O`tkir cho`qqi periodontitga olib keladigan sabablarni sanab bering. 
2. Periodont yallig`lanishida kechiktirib bo`lmaydigan birinchi yordam 
qanday hollarda amalga oshirilmog`i lozim? 


60 
3. Birinchi yordam qanday amalga oshiriladi? 
4. Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi doimiy tishlar 
rivojlanishiga qanday ta’sir ko`rsatishi mumkin? 
5. O`tkir cho`qqi periodontitda yoki qaytalanib o`tkirlashgan surunkali 
periodont yallig`lanishida bolalarda kuzatiladigan umumiy klinik belgilarni sanab 
bering. Bunga nimalar sabab bo`ladi? 
6. Surunkali kechadigan periodont yallig`lanishi bolalarning umumiy 
ahvoliga qanday ta’sir ko`rsatadi? 
7. Periodont yallig`lanishi jarayoni vaqtida davolanmasa qanday asoratlarga 
olib keladi? 
 
4.8. Bolalarda kechadigan periodontitlarni davolash. 
Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi atrof suyak 
to`qimasi va ildizlarning bir qadar kuchli so`rilishiga olib keladi. Buning natijasida 
har qanday to`g`ri olib borilgan davo tadbirlari ham suyak to`qimalarining 
tiklanishiga yordam bermaydi. Shuning uchun ko`p vaqt davomida kechayotgan 
surunkali periodont yallig`lanishida davo tadbirlari chegaralanishi va tishni oldirib 
tashlash ko`p hollarda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ana shunday hollarda 
yallig`lanish jarayonini tuxtatish uchun qilingan davo va ildiz kanalini 
yaxshilab tozalab plombalash ham jarayonning to`xtashiga garov bo`la olmaydi. 
Yuqoridagilarni hisobga olib, quyidagi hollarda sut tishlarini davolash 
maqsadga muvofiq hisoblanmaydi: 
1) tishlar almashinuviga 1,5-2 yil qolgan bo`lsa; 
2) bola organizmida surunkali kechadigan infeksion-allergik, organizm 
sezgirligini oshiruvchi kasalliklar aniqlansa; 
3) kasallik tarixida oldin ham bir-ikki marotaba qayta o`tkirlashuv hollari 
qayd qilingan bo`lsa; 
4) ildizlarning patologik so`rilishi natijasida, ularning 1/4 yoki 1/3 qismi 
yemirilgan bo`lsa; 
5) so`rilish jarayoni ildizlarning qo`shilgan qismini (bifurkatsiya) 
jarohatlagan yoki so`rilish natijasida toj tub devori yemirilgan (perforatsiya) 
bo`lsa; 
6) yallig`lanish doimiy tish kurtaklarini o`rab turuvchi kompakt suyak 
qatlamini jarohatlagan taqdirda; 
7) sut tishlari ildizida hosil bo`lgan kista yallig`langanda; 
8) davolash jarayonida yallig`lanish qayta o`tkirlashishi oqibatida suyak usti 
pardaga o`tganda, yiringli limfa tuguni yallig`langanda va boshqa hollar paydo 
bo`lgan taqdirda. 
Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda periodont yallig`langanda davolash 
chora-tadbirlari birmuncha boshqacharok bo`ladi. Yallig`lanish jarayonining har 
qanday turida ham shifokor oldidagi vazifa iloji boricha kasal tishni saqlab 
koluvchi tadbirlarni qo`llashga qaratilgan bulmogi shartdir. Faqatgina quyidagi 
hollardagina kasal tish olib tashlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: 


61 
1) surunkali yallig`lanish jarayonida toj tag devorida perforatsiya (emirilib 
teshilish) yuz bergan bo`lsa va tish toj qismining buzilishi oqibatida uni plombalab 
tiklashning iloji bo`lmasa; 
2) davolash davomida yallig`lanish qayta o`tkirlashib periostit, abssess, 
osteomiyelit kabi noxush asoratlarga olib kelish xavfi tug`ilgan taqdirda. 
Surunkali periodont yallig`lanishini davolash bolalarda birmuncha o`ziga 
xos xususiyatlarga egadir. 
Bir ildizli sut tishlari misolida ko`radigan bo`lsak, davolash bunday hollarda 
birinchi qatnov davomida tugatiladi. (11-rasm).

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish