Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Mikroskopik
— patologik materialni (karash, organlar bo’laklari) 
mikroskop ostida (yorug’lik, lyuminesstent) tekshirish va psevdomiseliylarni 
topish; 
2. 
Bakteriologik
— materialni Saburo, tomatli yoki kartoshkali muhitga ekish 
va ajratilgan kulturani identifikasiyalash; 
3. 
Serologik
— kasal q’on zardobidagi AT ni topish uchun kandidoz AG 
bilan AR va KBR q’o’yish. 
Kandidozlarda etiologik bilan bir q’atorda patogenetik davolash ham 
o’tkazilishi lozim. Hozirgi vaq’tda 
Candida
larning 50% dan ko’p shtammlari 
nistatinga, 70-75% levoringa chidamlidir. Asosiy kandidozga q’arshi preparatlar 
azol hosilalaridir - ketokonazol (nizoral), flukonazol (diflyukan, flyukostat), 
itrakonazol (orungal). Generalizastiyalangan jarayonlarda amfoteristin V va 
vorikonazol q’o’llaniladi. Immuntanq’isliklarda immunomodulyatorlar buyurilishi 
lozim. 
 
II. Protezlashning og’iz bo’shlig’i mikroflorasiga ta’siri 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati holatini protez q’o’yishdan oldin va protez 
q’o’yilgandan keyin tekshirish shuni ko’rsatdiki, protezi yo’q’larga nisbatan 
protezdan foydalanayotganlar og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati mexanik omillar 
ta’siriga ko’p uchraydi. Bu esa, protez ostidagi keratinli q’avatning 
q’alinlashishiga olib keladi. Keratin hajmining oshishi, ya’ni keratizastiya Preti 


157 
G., Bassi F., Jani R.M. va boshq’.(1996) fikricha og’iz bo’shlig’i shilliq’ 
q’avatining adaptastiya ko’rinishidir. To’q’imalarning bunday adaptastiyasi 
bo’lmasa, tish protezlaridan foydalanish q’iyin bo’lardi. Olinuvchi protezlarga 
nisbatan adaptasiya jarayonida protez ostidagi shilliq’ q’avat elektron mikroskopda 
tekshirilganda shu narsa aniq’landiki (Zufarov S.A., 1980), plastinkali protezning 
shilliq’ q’avatga mexanik ta’siri natijasida protez ostidagi epiteliy hujayralari 
funksional faolligi oshadi va ularning shoxlanish jarayoni tezlashadi. So’lakning 
fermentativ faolligiga, pH ko’rsatkichiga hamda mikroflorasiga protezlarning 
ta’sirini o’rganish bo’yicha juda ko’p tadq’iq’otlar o’tkazilgan (Alimov S.I., 1976; 
Borovskiy E.V.,2001; Irsaliev X.I.,2001). Shilliq’ q’avatda yallig’lanish keltirib 
chiq’aruvchi omillardan biri bu – og’iz bo’shlig’i gigienasining buzilishidir. Og’iz 
bo’shlig’ida tish protezlarining bo’lishi og’iz bo’shlig’i gigienasini sezilarli 
yomonlashtiradi (Mixaylov V.V., 1990; Temirbaev M.A., 1991; Kopeykin V.N., 
1993).
Olinuvchi protezlarga nisbatan adaptasiya muammolari ko’rib chiq’ilganda 
aniq’landiki, plastmassalarning g’ovakligi va g’adir-budirligi protezni 
ifloslanishiga 
olib 
keladi 
va 
sezilarli 
darajada 
biologik 
adaptasiyani 
q’iyinlashtiradi. Tish protezlari stomatitidan protezni ko’taraolmaslikni farq’lash 
lozim. Protezni ko’taraolmaslikda faq’at sub’ektiv sezgilar, masalan, achishish, 
og’izdagi yarani sezish, ta’m bilishning buzilishi va h.k. kuzatiladi.
Protezlarning zararli ta’siri shundaki, ularning kimyoviy moddalari oq’sillar 
bilan birikib, antigenlar hosil q’iladi va organizm sensibilizasiyasini chaq’iradi. 
Masalan, akril plastmassali protezlar glossitlar, stomatitlar, bronxial astma, ekzema 
kabi kasalliklarni keltirib chiq’arishi mumkin.
N.L. Xabilov (2005) tomonidan q’iziq’arli ma’lumotlar olingan: og’iz 
bo’shlig’idagi har q’anday aralashuvlar uning mikroflorasi va mahalliy himoya 
omillariga ta’sir q’iladi. Bunda aniq’lanishicha, sog’lom odamlarda bosma surtma 
mikroflorasining miq’doriy ko’rsatkichlari turlicha bo’lib, stafilokokklarning soni 
protezlashdan oldin 15,2±0,55 KHQ’B/sm

ni tashkil etgan bo’lsa, protezlashdan 
60 kundan so’ng 10,0±0,42 KHQ’B/sm

ga teng bo’ldi. Mikroorganizmlardan eng 


158 
ko’p uchragani streptokokklar bo’lib, bu boshq’a adabiyotlardagi ma’lumotlarga 
mos keladi. Biroq’ avtorning ta’kidlashicha, tishning koronka q’ismi buzilgan 
bemorlarda bu ko’rsatkichlar o’zgaradi, bunda umumiy mikroblar soni sog’lom 
odamlarga nisbatan 3 marotaba ortadi, lekin florada streptokoklarning dominantligi 
saq’lanib q’oladi.
2-jadvalda og’iz 
bo’shlig’idagi mikroorganizmlarning 
protezlashdan oldingi va protezlashdan keyingi miq’dori keltirilgan (Rustambekov 
U.U., 2007).

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish