281
5 yoshgacha
2,0
Yumshoq
va
juda
yumshoq
6-7 yoshgacha
2,5
Yumshoq
va
juda
yumshoq
8-10 yoshgacha
2,5 – 3,0
Yumshoqk va qattiqrok
11 va katta yosh
3,0
Qattiqrok,
qattiq va juda
qattiq
Tish cho`tkasi individual foydalanish asbobi bo`lib, uni har bir shaxs o`zi
asrab tutish yo`lini bilmogi zarur. Yangi tish cho`tkasini ishlatishdan oldin
yaxshilab yuvib, ishchi qismi (tuklari)ga sovun surtib stakanga bosh qismini
yuqoriga qilgan holda bir kechaga qoldirish lozim.
Foydalanish oldidan
sovunlangan tish cho`tkasini oqar suvda yaxshilab yuvib, tish pastasi surtib
ishlatiladi.
Mikrobiologik tekshirishlar shuni ko`rsatdiki har qanday tish cho`tkasining
tuklarida ko`plab mikroorganizmlar mavjud bo`lar ekan.
Shuni inobatga olib tish
cho`tkalarini foydalanilgandan so`ng uzok vaqt mobaynida maxsus g`iloflarda
saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Yorug`lik va havo yetishmovchiligi bunday
holda saqlangan tish cho`tkalarida mikroorganizmlarning tez ko`payishini
ta’minlaydi. Bunday hol patogen mikrofloraning ko`payib faolligini oshiradi.
Tish cho`tkalari o`z elastikligini yo`qotib, tozalash darajasi pasaygan taqdirda
almashtirilishi lozim. Sun’iy tukli cho`tkalar uchun bu muddat 1-2 oyni tashkil
etsa, tabiiy tukli tish cho`tkalari uchun bu 3-4 oydir.
Qattiq va juda qattiq tukli tish cho`tkalarini faqat parodont to`qimasi sog`lom
bo`lgan kishilargagina tavsiya etiladi. Shunda ham bordiyu tish cho`tkasidan
noto`g`ri
foydalanilsa, milklar shikastlanishi va tishlarning siyqalanish hollari
vujudga kelishi mumkin.
Yumshoq va o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari tukchalarining
egiluvchanligi hisobiga tishlar oralig`i, fissuralarga va milk osti sohalariga yaxshi
kirib borishi natijasida yaxshi tozalash xususiyatiga ega bo`ladi
Tish cho`tkasining ishchi qismi o`lchamlari tishlarni
qay darajada tozalay
olish samarasini belgilaydi. Qiyin tozalanuvchi sohalarga ham yetib borib,
tishlarning barcha sathini tozalaydi. Bugungi kunda (bolalar va kattalar uchun)
kichik o`lchamli bosh qismiga ega bo`lgan tish cho`tkalaridan foydalanish tavsiya
etiladi. Bunday tish cho`tkalarni og`iz
bo`shlig`ida har tomonlama harakatlantirish
qulaydir. Tish cho`tkalarining o`lchamlari bolalar uchun 18-25 mm, katta yoshdagi
kishilar uchun-30 mm gacha bo`lishi kerak. Bunday cho`tkalarda ishchi qismining
tuklari 3-4 qator bo`lib, tutam-tutam bo`lib joylashgan.
Zamonaviy tish cho`tkalarining ko`pchiligi ishchi qismidagi tukchalarning har
xil o`lchamliligi bilan farq qiladi. Bunda uzun tukchalar ishchi qismning periferik -
chetki sohasida, kalta tukchalar o`rta qismida joylashgan bo`ladi.
Bu xildagi tish
cho`tkalarning tuklari tozalash jarayonida tishlar oralig`idagi bo`shliqka yaxshi
botib kiradi va kontakt sathlardagi yumshoq karashlarni yaxshi tozalaydi. Shu
bilan birgalikda milklarni massaj qilib ulardagi qon aylanish jarayonini
yaxshilaydi.
282
Zamonaviy tish cho`tkalarining ayrim turlari 2 qator tukchalarning oziq-ovqat
sanoatida ishlatiladigan bo`yoq moddasi bilan har xil rangga bo`yalgan
holda
chiqariladi. Vaqt o`tishi bilan bu bo`yalgan soha o`zining rangini yo`qota
boshlaydi va tish cho`tkasini eskirayotganidan dalolat beradi. Agar tish
cho`tkasining bo`yalgan qismi 1/2 sohasida rangini yo`qotsa, demak tish
cho`tkasini
almashtirish muddati yetgan, uni almashtirish zarur. Bunday hol har
kuni 2 marta tish tozalanganda 2-3 oydan so`ng sodir bo`ladi.
Tish cho`tkalarining dastaklari ham har xil shaklda bo`ladi (to`g`ri, bukilgan,
qoshiqsimon). Bugungi kunda shunday tish cho`tkalari mavjudki,
tish tozalash
paytida (2-3 minutdan so`ng) ularning rangi o`zgaradi. Bunday tish cho`tkalari
bolalarga tavsiya qilinadi. Ular tish tozalash vaqtini shunga qarab aniqlashadi.
Ovoz chiqaruvchi tish cho`tkalari ham tish tozalash vaqtidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: