Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
 
1. Yosh bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining xastaliklarini 
chaqiruvchi infeksiya turlarini sanab bering 
2 Strepto-stafilokokk mikroblari chaqirishi mumkin bo`lgan kasalliklarning 
klinik belgilarini va chora-tadbirlarini gapirib bering. 
3. Gerpes virusi og`iz bo`shlig`ining shilliq qavatida qanday xastaliklarni 
keltirib chiqaradi? 
4. Gerpes virusi chaqiradigan xastaliklarda shilliq pardada yuzaga keladigan 
belgilarni sanab bering. 
5. O`tkir gerpetik stomatitning 3 yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`proqq 
uchrashiga sabab nima? 


228 
6. O`tkir gerpetik stomatitda yuz beradigan klinik belgilarni, davo chora-
tadbirlarini gapirib bering. 
7. O`tkir gerpetik stomatit hastaligining bolalar orasida tarqalishining oldini 
olish chora-tadbirlari qanday amalga oshirilmog`i lozim? 
8. Yosh bolalar o`rtasida kandidoz kasalligini keltirib chiqaruvchi shart-
sharoitlar nimalardan iborat? 
9. Yosh bolalarda kechadigan kandidoz xastaligining klinik belgilari va 
davo-choralari xaqida gapirib bering. 
7.7. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bakteriyalar yuzaga keltiradigan 
allergik o`zgarishlar. 
7.7.1. Surunkali qaytalanuvchi yarali (aftoz) stomatit 
Xastalik ko`pincha katta yoshdagi bog`cha, boshlang`ich maktab yoshidagi 
bolalar va o`smirlar o`rtasida uchraydi. Bolalarning yoshi ulg`aygan sari 
kasallikning ko`proq uchrashi qayd qilingan. Kasallik tarixini aniqlash uchun 
berilgan so`roqlar va surishtirishlar kasallangan bolalarda ko`p hollarda otit, rinit, 
tonzillit, me’da-ichak spstemasi kasalliklaridan: ichburug`, dispepsiya, gijjali 
invaziya, gepatit, xolangit kabi bir qadar surunkali kechadigan xastaliklar 
mavjudligini yoki ular shu kasalliklar bilan yoshlikda og`riganliklarini ko`rsatadi. 
Xastalik asosida bakterial allergiya yotganligini teriga kiritilgan antigenlar 
(kojnaya proba), leykotsitoliz reaksiyasi, gistamin sinovlari yordamida laboratoriya 
usulida aniqlash mumkin. 
Kasallikning klinik belgilari boshlanish davrida bolalarda og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasida kichik yara paydo bo`lishidan oldin shu joyda kuyish va og`riq 
aniqlanadi. Ba’zi bolalarda yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda shilliq pardaning 
qizarishi, to`qimaning qattiqlashuvi kabi belgilarni ko`rish mumkin. 
Shifokorga murojaat qilinganda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi bolani 
bezovta qilayotgan nuqtalarda 1-2 yoki bir necha dona shilinish - eroziya 
(o`lchamlari 2-5 mm li, qizil hoshiya bilan o`ralgan) belgilarini kuzatish mumkin. 
Kattaroq yoshdagi bolalarning umumiy ahvolida o`zgarish sezilmaydi. Kichik 
bog`cha yoshidagi bolalarda tana harorati subfebril darajagacha ko`tarilishi 
mumkin. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida sodir bo`ladigan shilinish (eroziya), yara 
to`qimaning har-xil chuqurlikdagi nekrozi tufayli yuzaga keladi. Ko`p hollarda 
shilliq pardaning faqat epiteliy qavati shikastlansa, ba’zi bir hollarda pardaning 
xususiy to`qimasi ham yallig`lanish jarayoniga qo`shiladi. Oqibatda hosil bo`lgan 
eroziya, yaralar 5-7 kun mobaynida bitishi mumkin. Xastalikka uchragan ayrim 
bolalarda shilliq parda xususiy qavatining chuqur nekrozi tufayli yaralar ancha 
chuqurlashadi, ularning tubi, devorlari qattiqlashadi (infiltratsiya) va sog`lom 
shilliq parda sathidan anchagina ko`tarilib turadi. Bu xil yaralar 2-3 xaftada bitib, 
o`zidan keyin chandiq qoldiradi. Yallig`lannsh jarayonida yuzaga kelgan shilinish 
va yarachalar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining hamma joylarida, ayniqsa 
ko`proq lunj, lab, uning o`tish burmalarida, tilning yon sathlarida va kamroq 
hollarda til ostki yuzasida joylashadi. 


229 
Surunkali kechadigan qaytalovchi yarali stomatitni jarohatlanish natijasida 
yuzaga keladigan eroziya, yaralardan, qaytalovchi surunkali gerpetik stomatitdan 
ajrata bilish kerak. 
Surunkali kechadigan yarali stomatit davosi mahalliy - simptomatik va 
umumiy xastalikni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va ularga qarshi kurash 
chora-tadbirlaridan iboratdir. Xastalikning qaytalanish davrida poliklinikaga 
murojaat qilinganda shifokor og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini mahalliy tarzda 
og`riqsizlantirishi, antiseptik ishlov berishi, proteolitik fermentlar bilan yuvishi va 
shikastlangan to`qimaning tiklanishini ta’minlovchi - keratoplastik preparatlar 
surtishi lozim. Bemorga uy sharoitida og`iz bo`shlig`ini shifobaxsh o`tlar (mavrak, 
moychechak, qizilnoycha va boshqalardan tayyorlangan damlamalar bilan tez-tez 
chayib turish tavsiya etiladi. Ovqatlanishdan oldin mahalliy og`riqsizlantiruvchi 
dori-darmonlar surtish, ovqatdan keyin og`iz chayilib, keratoplastik malxamlar 
surtish maqsadga muvofiqdir. Xastalangan bolaga organizm sezgirligini 
pasaytiruvchi (glyukonat kaltsiyning 5-10% li eritmasi choy qoshig`ida uch maxal, 
diazolin, suprastin, tavegil) preparatlardan yoshiga mos ravishda kuniga uch maxal 
qabul qilish buyuriladi. 
Qaytalanishlar orasidagi davrda organizmda mavjud bo`lgan surunkali 
quloq-tomoq-burun xastaliklarini va og`iz bo`shlig`idagi kasallangan tishlarni 
davolash-sanatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xastalikning qaytalanish 
jarayonining oldini olish maqsadida pediatr va allergologlarga murojaat qilinib, 
bakterial allergenlari bilan davolanish yoki gistoglobulin preparatini qabul qilish 
(har 6-10 in’eksiyadan keyin 3 kun dam beriladi, 0,5-2 g preparat yoshiga mos 
miqdorda) tavsiya etiladi. Bunday davolash kursi har 6 oyda, keyinchalik yiliga 1 
marta takrorlanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish