227
infeksiyaning qo`shilishiga yo`l qo`ymaslik va og`iz bo`shlig`ida ishqoriy muhitni
vujudga keltirishdan iborat.
Bemor stomatologiya poliklinikasiga murojaat qilganda shifokor uning og`iz
bo`shlig`i shilliq pardasini muolaja paytida 0,5-1% li vodorod peroksidiga
ho`llangan paxta bolishchalar yordamida yaxshilab artib,
uni karashlardan, oq
yaltiroq dorlardan ohistalik bilan tozalamog`i lozim. Ana shundan so`ng,
jarohatlangan shilliq parda yuzasiga nistatinli, dekaminli, kanestenli malhamlar
(bular zamburug`rlarning o`sishini to`xtatadi) surtishi lozim.
Bolaga qarovchi ona uy sharoitida shifokor bergan ko`rsatmalarni aniq
amalga oshirishi kerak. Ertalablari ona bolaning og`iz bo`shlig`ini, shilliq qavat
yuzalarini 0,5% li vodorod peroksidi (1 qoshiq 3% li vodorod peroksidi eritmasini
yarim stakan suvda eritiladi) eritmasi bilan yuvmog`i va karashlardan tozalamog`i
zarur. Har gal bolani ko`krak berib ovqatlan-tirgandan so`ng, uni 10-15
minut
mobaynpda boshini yuqoriga qilib, tanasini vertikal holatda tutishi lozim. Bunda
bola emish paytida yutgan havo me’daning yuqori qismida yig`ilib, uning
tashqariga chiqishi yengillashadi. Shundan so`ng, bolani stol yoki karavot chetiga
yonboshlatib yotqizib, boshini pastga qaratilgan holda og`iz bo`shlig`i
rezina
ballonchalar yordamida 1-2% - li natriy gidrokarbonat (ovqatga ishlatiladigan
soda) eritmasi bilan yuviladi. Shundan keyin og`iz shilliq pardasini tetraborat
natriyning glitserindagi aralashmasi (yangi tug`ilganlar uchun-5% li, 3 oylik
bolalar uchun-10% li, 1 yoshgacha-15% li, bir yoshdan katta bolalar uchun-20% li)
surtiladi. Yoki bo`lmasa kanestin malxamini surtish ham maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Hastalilning og`ir shaklida og`iz bo`shlig`ida
shilliq parda sathidagi
oq karashlar qalinlashib, uni tozalash qiyinchilik tug`dirgan hollarda bolalarga
qo`shimcha ravishda ichirish uchun nistatin yoki levorin preparatlari (sutkasiga
bolanipg 1 kg tana massasi og`irligiga 50000 TB hisobida) buyuriladi. Bu bir
sutkalik miqlordagi preparatni bolaga 5-6 marotaba bo`lib ichirish yaxshi natijalar
beradi. Ko`rsatilgan muolaja 7-10 kun mobaynida tartibli ravishda olib borilmog`i
lozim.
Kandidoz kasalligining qaytalanish havfini bartaraf etish uchun uy sharoitida
shilliq pardada karashlar yo`qolgandan keyin ham bir hafta davomida muolajalar
yuqoridagi tartibda davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: