Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar davosi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

7.7.4. Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar davosi 
Bunday xastaliklarni davolashda asosiy e’tiborni xurujni to`xtatish, yara-
chaqalarning tezda bitishiga qaratish bilan bir qatorda kasallikning asosiy sababini 
topish, allergiya o`chog`i bo`lib xizmat qiluvchi, organizmning sezgirligini 
oshiruvchi sabablarni yo`qotish lozim. Organizmning umumiy quvvatini oshirish 
va sezgirlikni pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. 
Ko`p belgili ekssudatli eritema, Stivens-Jonson sindromi bilan og`rigan bemor 
bolalarni kasalxonalarga yotqizib, pediatr, okulist, dermatologlar bilan birgalikda 
davolash ishlarini amalga oshirmoq zarur. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi 
jarohatlarini davolashni avvalo uni og`riqsizlantirishdan boshlamoq lozim. 
Og`riksizlantirishning chaplash usulini (applikatsiya) amalga oshirishda 0,5-2% li 
novokain eritmasidan, anestezinli suspenziyalardan foydalanish mumkin. 
Jarohatga ikkilamchi infeksiyaning ta’sirini pasaytirish va yo`qotish uchun 
shilliq pardasiga 1% li iliq vodorod peroksidi eritmasi bilan ishlov berish va uni 
karashlardan tozalash kerak. Og`iz bo`shlig`ini tez-tez shifobaxsh o`simlik 
(moychechak, mavrak, qizil-poycha, achchiq choy) damlamalari, tarkibida 
antiseptik 
va 
og`riqsizlantiruvchi 
moddalar 
bo`lgan 
eritmalar 
(geksametilentetramin - 5 g, novokain- 2 g, distillangan suv-200 ml) bilan chayish 
yoki unga ishlov berish zarur hisoblanadi. Og`iz bo`shlig`i antiseptik va shifobaxsh 
eritmalar bilan yuvib tozalangach, shilliq parda sathiga vitaminli yoki shifobaxsh 
xususiyatga ega bo`lgan (chakanda, na’matak) moylar surtiladi. 
Jarohatlangan, ko`pchigan po`stloqli yaralar bilan qoplangan lablarning qizil 
hoshiyasiga tarkibida anestezin bo`lgan moyli preparatlarni toza salfetkalarga 
shimdirib, 1-3 minutga qo`yish mumkin. Bunda iliq moy ta’sirida po`stloqlar 
yumshaydi, anestezin ta’sirida esa og`riqsizlanadi. Shundan keyin lablar sathiga 


232 
antiseptiklar bilan ishlov berib, ko`pchigan po`stloqlardan tozalanadi va 
jarohatning bitishi hamda yallig`lanish jarayonining susayishini tezlashtirish 
maqsadida lablarning qizil hoshiyasiga tarkibida glyukokortikoid (ftorokort, 
flutsinar, lorinden) tuguvchi malhamlar, kremlar surtiladi. Bunday muolajalar 
kuniga 4-5 marotaba amalga oshiriladi. Xastalikning og`ir klinik shakllarida bemor 
bolalar organizmiga yuqori miqdorlarda vitamin preparatlari yuboriladi, tomirlarga 
oqsilli eritmalar, poliglyukin, tarkibida kaltsiy tuzi saqlovchi eritmelar, yurak 
faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qo`yiladi. 
Og`ir klinik belgilar bilan kechadigan surunkali allergik xastaliklarda 
bemorga ichish uchun glyukokortikoidli preparatlar buyuriladi (bir sutka 
mobaynide 2 kg tana og`irligiga 1 mg prednizolon yoki 0,1 mg deksametazon 
hisobida). Bu preparatlar bolalar ahvolining tezda yaxshilanishiga olib keladi. 
Shifokorlar bunday bemorlarni diqqat bilan kuzatib borishlari va ularning exvoli 
yaxshilanib borgan sari gormonli dori darmonlar miqdorini pasaytirib toshmalar, 
belgilar yo`qolishi bilan gormonli muolajani to`xtatishlari zarur. 
Organizmning yuqori darajada sezgirligini pasaytirish maqsadida bemor 
tomiriga 30% li tiosulfat natriy eritmasidan kuniga 5-10 ml miqdorda yuborish 
maqsadga muvofiqdir. Muolaja uzluksiz 10 kun mobaynida olib berilishi lozim. 
Bunday hollarda bemorning umumiy ahvoli ancha tez yengillashadi. 
Yuqorida qayd qilingan davolaish muolajalari keyinchalik bola tuzalib 
ketgandan keyin kasallikni qaytalanishining oldini ololmaydi. Shuni inobatga olib, 
bemor kasalxonadan sog`ayib chiqqandan so`ng allergik xastalnkning asl sababini 
aniqlash maqsadida uni chuqur tekshirmoq lozim. Bola organizmida yashirin 
kechayotgan infeksiya o`choqlarini topishga harakat qilmoq zarur. Bu maqsadda 
bola quloq-tomoq-burun shifokori, jarrox-stomatolog va boshqa soha shifokorlari 
ko`magidan va laboratoriya tekshiruvidan o`tishi maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida qayd qilingan tadbirlar bilan bir qatorda bola organizmining 
sezgirlik darajasini pasaytiruvchi (giposensibilizatsiya) davo choralarini ham 
o`tkazmoq lozim. Bunday tadbirlar (giposensibilizatsiya) allergologik kabinetlarda 
allergolog-shifokorlar nazorati ostida amalga oshirilmog`i darkor. Ana shunday 
tadbirlar amalga oshirilganda xastalikning qayta xuruji bir qadar keskinlikni 
yo`qotadi. Ba’zan esa umumiy, maxsus bo`lmagan sezgirlikni pasaytiruvchi dori-
darmonlar bu xurujni bartaraf etishi mumkin. Ana shunday nospetsifik sezgirliknn 
pasaytiruvchilar qatoriga gistoglobulin preparati misol bo`la oladi. Teri ostiga 0,5-
2 ml miqdorda har uch kun mobaynida 8-10 marta muolaja (in’eksiya) o`tkaziladi. 
Bunday muolaja kursini har yarim yilda bir marta o`tkazish lozim. Surunkali 
qaytalovchi aftoz stomatitlarda yilda bir marta, ko`p alomatli ekssudatli eritemada 
esa yilda ikki marta (baxor va kuz fasllarida) bu xildagi muolaja tadbirlarini 
o`tkazish ancha yaxshi natijalar beradi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish