Yosh psixologiyasi – inson ontogenezi davomida uning ruhiy rivojlanish va shaxs sifatida shakllanish bosqiyalarining qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya fani xisoblanadi.
Yosh fiziologiyasi – inson ontogenezi davomida organizm xayotiy faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan fan
Yosh xususiyatlari – yosh jixatdan rivojlanish bosqichlarining o’zgarishi natijasida qonuniy ravishda o’zgarib boradigan individ shaxsning o’ziga xos xususiyatlari. Individual xususiyatlardan farqli o’laroq yosh bilan bog’liq o’zgarishlar shunisi bilan ajralib turadiki, ular bir xil ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ko’pchilik muayyan madaniyat vakillarining ruhiyatida qsodir bo’lgan o’zgarishlarni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |