J
Jazo – pedagogik ta’sir ko’rsatishning metodlaridan biri, maqsadi nomaqbul xatti xarakatlarning oldini olish, ularga qarshilik ko’rsatish, o’z olidida va boshqa kishilar oldida aybdorlik tuyg’usini yuzaga keltirish. Xar qanday jazo pedagog tomonidan tushuntirib, asoslab berilishi va pedagogik odob va nazokat bilan ifodalanishi lozim. Jazo turlari: qo’shimcha majburiyatlar yuklash, muayyan xuquqlarni cheklash yoki ulardan butunlay maxrum etish, axloqiy tanbex berish yoki ayblash. Jazo bolani kamsitmasligi yoki katta kishining qasos olish quroli sifatida xizmat qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |