Yo
Yomon xulq – ma’naviyat rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan, kishilarning axloqiy ideallariga, ular e’zozlaydigan qadriyatlarga zid keladigan odamlar orasidagi munosabatlarda salbiy xodisa tarzida namoyon bo’ladigan insoniyldik talablariga mos kelmaydigan xususiyatlar va xatti xarakatlarni o’zida mujassamlashtirgan salbiy xarakatlar, ya’ni odatlar, qiliqlarda namoyon bo’ladi. Yomon xulqli odam deganda, o’zining xulq atvori qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar yetkazuvchi axloqan gnopok kishini tushunamiz.
Yosh – insonning jismoniy va ruhiy rivojlanishida xronologik jixatdan chegaralangan nisbiy davr. Turli davrning bir xil vaqt o’lchamlaridan insonning jismoniy va ruxiy rivojlanishida o’z sur’ati va sifati jixatidan turlicha o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |