Jamoaviylik (kollektivizm) – jamoa manfaatlari va maqsadalarini alohida shaxs manfaatlaridan ustuvorligini qaror topitiradigan xamda jamoaviylik birdamlik, jipslilik darajasini yuqori qo’yadigan axloqiy tamoyil.
Jismoniy mashqlar texnikasi – jismoniy tarbiya mashqlarida xarakatlarni bajarishning eng rasional usullari.
Jismoniy yuklama – jismoniy mashqlarni bajarishdagi yuklanish darajasi. Jismoniy sifatlarning rivojlanishishiga erishish uchun yuklanish va xordiqni oqilona galma-gal navbatlash va to’g’ri taqsimlash, jismoniy mashq bajaruvchilarning tayyorgarlik darajasi, yoshi jinsini xisobga olish, shuningdek muayyan mashg’ulot maqsadlaridan kelib chiqib ish ko’rish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |