Didaktik tamoyillar – ta’lim jarayonining amaliy jixatdan tashkil etilishiga qo’yiladigan xamd au jarayonning natijalarini ta’minlaydigan fundamental talablarning ilmiy asosga qurilishi. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi, bolalarga inlividual yondashuv, ta’limning ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi funksiyalarining birligi.
Duduqlanish – nutq sur’ati va ritmning buzilishi, ayrim tovush va bo’g’inlarni qayta-qayta takrorlash yoki to’xtalib talaffuz etishga asoslangan nutqning buzilishi. Ulug’ rus fiziologi I.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqidagi ta’limotiga ko’ra duduqlanish nevroz kasalligining bir turi xisoblanadi. Duduqlanish nafas olish, tovushlarni talaffuz etishda paylarning tortishishi natijasida sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |