NAZARIYASI VA METODIKASI XUSUSIY MASALALARI
2.1. 3-4-yoshli bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish
1. 3-4 yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish
xususiyatlari
.
3-4 yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va
rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu hossalarni to‗g‗ri idrok qilish
ko‗nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu
tarbiya qanchalik to‗g‗ri hal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina
emas, balki estetik, jismoniy va hatto ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik
muvofaqiyatli bo‗ladi, ya'ni bolalar umuman samarali rivojlanib boradi.
Masalan, bir yarim yashar bola ariqning kengligini chamalab ko‗rib,
uning ustidan hatlab o‗ta oladimi; ikki yoshli bola besh bo‗lakdan iborat
martyoshkani to‗g‗ri yig‗a oladimi; maktabgacha tarbiya yoshdagi bola
shakli va barglariga qarab ikki xil gulni bir-biridan farqlay oladimi, bu
gullarning shakli va rangini chizayotgan rasmida aks ettira oladimi -
bularning hammasi ma‘lum darajada bolaning idrok qilishining qanchalik
rivojlanganiga bog‗liq bo‗ladi.
42
Bola ikki-uch yoshida, - deb yozadi L.A.Venger - o‗zining sensor
rivojlanishida muhim qadam qo‗yishi lozim, ya'ni bu buyumlar o‗rtasida,
ularning shakli, katta-kichikligi, bo‗shliqdagi holati, rangi va boshqa
xossalari bo‗yicha mavjud bo‗lgan munosabatlarni ("bir xil" va "har xil",
"katta" va "kichik" munosabatlarni) belgilab chiqishni o‗rganishi kerak.
Shakllarni to‗g‗ri idrok qila olish, mo‗ljallay bilish qobiliyati amaliy
faoliyatning ko‗pgina turlarida, ayniqsa, ikki-uch yoshli bolalarning asosiy
faoliyati - narsalarga oid faoliyatida juda ish beradi. O‗z navbatida faqat
narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning qismlarini birga qo‗yish
(masalan, qutichani o‗z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki
matryoshkaning har ikki bo‗lagini to‗g‗ri tanlash), ikki narsani shakli,
katta-kichikligiga qarab bir-biriga taqqoslash kabi amaliy vazifalarni
o‗rtaga qo‗yish bilan sensor harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoit yaratadi. Narsalarni har tomonlama tekshirish, hisobga olish va
shakliga qarab solishtirishni bilmaydigan bola bunday amaliy vazifalarni
hal qila olmaydi.
Bundan 300 yil muqaddam buyuk chex pedagogi Yan Amos
Ko‗menskiy bolalarga ta‘lim va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash
kerakligi haqida gapirib, kishida narsalarni his qilish qobiliyatini iloji
boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun hayoti mobaynida
uning ko‗p narsalarni bilib olishi, sinab ko‗rishi va bajarishiga to‗g‗ri
keladi, deb yozgan edi. Y.A. Komenskiy bolalarning sensor tarbiyasini
to‗g‗ri tashkil etishga katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq
voqealikdagi xilma-xil rangdagi buyumlarni bir-biridan ajrata bilishga
mashq qildirishni taklif etgan edi. U "Ona maktabi" nomli asarida katta
yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda ularning e'tiborini
osmon gumbazi, daraxtlar, gullar go‗zalligiga jalb qilish va chiroyli
kiyimlar kiyintirishni maslahat bergan edi.
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real
voqelikda ham ko‗rsatish juda foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi
Komenskiy.
Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda
narsalar bilan bo‗ladigan harakatlarning rivojlanish darajasini, jumladan
ularning ikki narsani shakliga qarab bir-biriga taqqoslay olish
ko‗nikmasini, maxsus tashkil etiladigan o‗yin faoliyatida namoyon
bo‗ladigan bu ko‗nikmani o‗rganishdan boshlanadi. Olib borilgan ish
quyidagilarni: a) geometrik figuralarni quticha teshigiga yoki taxta
o‗yiqlariga solish harakatlarining mazmuni va hususiyatlarini; b) ikki
yoshga qadam qo‗ygan bolalar ikki narsani qanchalik taqqoslay olishlari va
43
bu vazifani hal qilish uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v)
hajmli va yassi figuralar bilan bir turkumi seriyali o‗rgatuvchi
mashg‗ulotlar o‗tkazishning eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni
dastavval bolaga nimani taklif qilish kerakligini - hajmli shakllar bilan
o‗tkaziladigan harakatlarnimi yoki yassi figuralar bilan bo‗ladigan
harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim.
1
bosqichda
tarkib
toptiruvchi
vazifalarga
muvofiq
geometrik
shakllarni ularning shaklini hisobga
olib qutichaga va taxta teshiklariga
to‗g‗ri
tushirish
yoki
qo‗yish
o‗rgatiladi. O‗rgatish jarayonida ilk
yoshdagi bolalar oliy nerv sistemasi
va psixikasining rivojlanishiga oid
bir qator o‗ziga xos xususiyatlarni
hisobga oldik. Bu xususiyatlar N.M.
Shchelovanov va N.M. Aksarina
tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan bo‗lib, quyidagilardan iborat
edi: tormoz - harakatga keltirish reaksiyalarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi (bir yarim yoshgacha bo‗lgan bolalarda), ixtiyoriy
harakatlarning sust rivojlanganligi (buning natijasida nutq bilan bog‗liq
bo‗lgan topshiriqlarni yaxshi bajarmaydilar), maktabgacha tarbiya
yoshdagi bolalarga nisbatan ularda diqqatning beqaror bo‗lishi.
Shuning uchun ham biz solishtirish harakatlarini o‗rgatish vaqtida
foydalanilgan metodik usullarni ham shunga muvofiq tanladik:
1. Shakllar bilan teshiklarning shaklini bolalarga barmoqlar
yordamida havoda yasab ko‗rsatish. Bolaning diqqat-e'tiborini harakatlar
va predmetlarga jalb qilish, shuningdek ularni kattalarga o‗xshab
figuralar shaklini havoda chizishga undash maqsadida barcha
harakatlarni so‗z bilan tushuntirib turish.
2. Harakat usullarini ko‗rsatish va tushuntirib berish. Masalan,
"Sharcha dumaloq, uni dumaloq teshikka tushiramiz", "Kubik qanday
shaklda bo‗lsa, tushiriladigan teshik ham shunday shaklda bo‗ladi" va
hokazo. "Xuddi shunday", "Yo‗q unday emas" degan so‗zlarni aytib
bolaning diqqatini predmetlarning o‗xshashi yoki farq qilishiga qaratish.
3. Bolaning harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, figuralarni
quticha va taxtaning teshiklariga tushirayotganda unga yordam ko‗rsatish.
44
Biz bolaga solishtirib ko‗rish harakatlarini mashq qilish imkonini
berar ekanmiz, har bir topshiriqning bajarilishi ijobiy natijalar bilan
tugashini kuzatib boramiz.
O‗rgatish jarayonida bolaning qiziqishini (mo‗ljallash faoliyatini)
oshirish maqsadida topshiriqlarning uchala usuli bir-biri bilan ketma-ket
almashtirib turildi, bu navbat keyinchalik ham saqlab qolindi.
Bizning bundan keyingi tajribalarimiz bolalarning ikkita predmetni
shakli bo‗yicha bir-biriga o‗xshashligini belgilash ko‗nikmasidan
predmetlarni namunaga qarab tanlab olish sharoitida, tashqi mo‗ljallash
harakatlarini bajarishni istisno qiladigan tanlab olish sharoitida
shakllarning yangi turlariga o‗tishga bag‗ishlanadi.
1- bosqichdagi o‗rgatish ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki,
amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida tarkib topgan tashqi
mo‗ljallash harakati figuralarning teshikka taqqoslanishiga oid amaliy
vazifaning o‗zini ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Bolalar
figura va teshiklarning burchaklari hamda tomonlarni bir-biriga mos
kelishi yo‗li bilan ularning bir xilligini yoki bir xil emasligini
aniqladilar, bunda ular shakllarning fazoda o‗zaro mos kelishi kabi
mezonga asoslandilar.
Agar bu o‗rinda teshikning shakli etalon funksiyasini bajaruvchi
namuna, figura va tekshirilayotgan ob'ekt bo‗lib xizmat qilsa, bolalar
ob'ektlarini o‗zaro shakliga qarab taqqoslashni o‗rganib oladilar, shu
bilan birga ob'ektlarning bittasidan boshqasining shakliga baho
beradigan o‗lchov sifatida foydalandilar, deb hisoblash mumkin.
45
Biz ikkita ob'ektni fazoda bir-biriga joylashtirish va harakat
natijalarini oldindan ko‗z bilan ko‗rib turish harakatlarini muvoffaqiyatli
bajargan bolalar "namunaga qarab tanlash" vazifasini ham ko‗z bilan
ko‗rib bajara oladilar, ya'ni namuna bilan taqdim qilingan har bir ob'ektni
tekshirish va ularning bir xilligini shakliga qarab belgilashni biladilar,
degan fikrda edik. O‗rgatish natijasida bolalar ikki yarim yoshdan
boshlab pozitiv harakatlarni o‗zlashtirib olganlaridan keyin murakkab
shakldagi figuralarni namunasiga qarab tanlash vazifasini bajara oladilar.
Ma‘lumki, pertseptiv harakatlarda namunani tanlash uchun taklif
qilingan ob'ektlar bilan birga joylashuvi amalga oshiriladi va shakllarning
mos kelishi bir xillik mezoni sifatida foydalaniladi.
Ko‗rsatib o‗tilgan tajribada bolalar yassi figuralar bilan ish
ko‗rgan bo‗lsalar, endi ular hajmli jismlar va figuralar bilan ish
ko‗radilar. Bu figuralarni bir-biriga joylashtirish yoki fazoda namunani
va ob'ektni bir-biriga sig‗dirish mumkin emas.
Bajariladigan ishlar quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1. Ikki xil shakldagi qo‗ziqorinlarni namunaga qarab tanlash,
bunda ularning rangiga e'tibor berilmaydi.
2. Ikki xil shakldagi guldonlarni namunaga qarab tanlash.
3. Ikki xil shakldagi matryoshkalarni namunaga qarab tanlash
(bunda hajmga e'tibor berilmaydi).
4. Uch xil shakldagi bayroqchalarni namunaga qarab tanlash
(bunga rangga asosiy e'tibor qaratilmaydi).
Ilk yoshdagi bolalar uchun ko‗p miqdordagi ob'ektlar ichidan
namunaga qarab tanlab olish vazifasi ob'ektlar orasidagi farqlar
46
kamayganda ham qiyin ekanligini hisobga olib, o‗rganish jarayonida
ularga har tomonlama yordam ko‗rsatildi. Namunaga qarab tanlash
bo‗yicha berilgan topshiriqlar oralig‗ida bolalar ikkita ob'ektni o‗zaro
taqqoslash harakatlarini unutib qo‗ymasliklari uchun ular bilan geometrik
figuralarni teshikka tushirish bo‗yicha mashg‗ulotlar o‗tkazildi.
Tarbiyachi bolaga "xuddi shunday figurani" ko‗rsatishni taklif
qilib, namunaning shaklini qo‗li bilan fazoda yasab ko‗rsatdi, uni tanlab
olinadigan figuralar bilan bir qatorga qo‗ydi va namunani figura bilan
taqqoslash harakatiga bolaning o‗zini ham jalb qildi, uning shakli
bo‗yicha o‗xshashligini yoki farq qilishini aniqlashni topshirdi.
Ikki xil shakldagi qo‗ziqorinni namunaga qarab tanlash.
qo‗ziqorinlar bilan o‗tkazilgan mashg‗ulotda tarbiyachi ularning shaklini
barmog‗i
bilan
havoda
"yasab"
ko‗rsatayotib,
bolalarga: "Bu
qo‗ziqorinning oyog‗i ingichka, qalpog‗i esa katta", "Ikkinchi
qo‗ziqorinning oyog‗i yo‗g‗on, qalpog‗i esa kichik", deb tushuntiradi.
Tushuntirishdan keyin har ikkala shakldagi qo‗ziqorin bolalar stoli ustiga
qator qilib qo‗yiladi. Bolalar
tarbiyachi taklifiga ko‗ra har bir
qo‗ziqoringa mos keladigan 3
ta qizil va 2 ta jigar rang
qo‗ziqorin tanlashlari kerak.
Tarbiyachi
ko‗rsatadigan
qo‗ziqorin esa bola tanlab olish
47
kerak bo‗lgan qo‗ziqorin uchun namuna bo‗lib xizmat qiladi. Qo‗ziqorinlar
bilan bo‗lgan mashg‗ulotda qatnashgan 26 ta bolalardan 13 tasi vazifani
to‗g‗ri tushunib, uni mustaqil hal qildi, ayrim hollardagina topshiriqni
takrorlashga va tarbiyachining namunaning shakli bilan yasab ko‗rsatishga
ehtiyoj sezdilar. Bu bolalar namunaning shaklini yasab ko‗rsatishni diqqat
bilan kuzatib turdilar katta yoshdagi kishiga taqlid qilib, qo‗ziqorinning
oyoqchasini aylantirib chiqishga va uning qalpoqchasini silashga harakat
qildilar, har bir qo‗ziqorinni uzoq ko‗zdan kechirdilar.sinab ko‗rilayotgan
bolalar dastlabki talabga va "Sendagi xuddi shunday qo‗ziqorin qani?"
degan savolga stol ustidagi har ikkala qo‗ziqorinni ko‗rsatdilar.
Tarbiyachining: "qaragin, bu qo‗ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki
yo‗g‗on, uni qo‗yish oson)" degan gapini eshitishi bilan, ular bir xildagi
qo‗ziqorinlarni tanlab, "Oyoqchasi ingichkami?", "Mana yana, mana
yana!" degan so‗zlarni ovoz chiqarib takrorladilar. Qo‗ziqorinlarni qator
qilib tizish, keyin ularni ko‗zdan kechirish ko‗p bolalarga ma'qul bo‗ldi.
Afsuski, qo‗ziqorinlar joyini almashtirish ko‗pincha bolalarning
e'tiborini asosiy vazifa - namunaga qarab tanlashdan nechta tortar edi.
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o‗zoq vaqt namunani ko‗zdan
kechirib turdilar, "xuddi shundaymi?" deb yana so‗radilar, katta yoshdagi
kishining qo‗1 harakatlarini o‗z qo‗ziqor inlarida takrorladilar. Ko‗rsatilgan
ikkinchi jigar rang qo‗ziqorinda ham xatoga yo‗l qo‗yildi: bola buni
borshqa shakldagi jigarrang qo‗ziqorin qatoriga kiritdi. Samarali
o‗rgatishning asosiy sharti bolaning vazifani bu o‗rinda figuraning shakli
bilan teshikning shaklini bir-biriga taqqoslash vazifasini tushinishidir.
Taqqoslash harakatlarini o‗rgatish vaqtida quyidagilardan
foydalaniladi:
1. Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning
barmoqlari bilan havoda yasab ko‗rsatish, hamma harakatlarni so‗z bilan
tushuntirib turish. Bu usul ilk yoshdagi bolalarga o‗rgatishda katta
ahamiyatga egadir; u bir Tomonda, bolaning diqqat e'tiborini harakatlariga,
predmetlarga jalb qilishga yordamlashsa, ikkinchi tomondan, katta
yoshdagi kishining harakatlariga taqlid qilishga undaydi.
2. Bolaning hatti-harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, quticha va
taxta teshiklariga figuralarni tushirish vaqtida amaliy yordam ko‗rsatish.
Bolalarga taqqoslash harakatlarini mashq qilish imkonini berib, uning
ko‗zlangan
natijaga
erishuvini,
fikri
boshqa
narsalarga
chalg‗imasligini,uning harakatlari hamisha ijobiy natijalar bilan tugashini
kuzatamiz. Figura tushirilishi yoki qo‗yilishi lozim bo‗lgan teshikni oldin
ko‗rsatishni ("qayerga qo‗yish kerak") taklif qilinadigan maxsus usul
48
foydali bo‗ladi. Bunda quticha yoki taxta boladan birmuncha nariroqda
ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruxsat etiladi.
Bu usul bolaning topshiriqni bajarishdagi amalda sinab ko‗rish
harakatlaridan ko‗z bilan ko‗rib taqqoslashga o‗tishiga yordam beradi.
Figurani qo‗yishdan oldin bolaning e'tiborini figuralar bilan teshiklarning
farqini bilib olishga qaratish usuli juda qo‗l keladi. Xulq-atvori
shoshiladigan, tez tutoqib ketadigan va harakatlari ixtiyorsiz bo‗lgan
bolalarga o‗rgatishda bu usul ayniqsa yaxshi samara beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |