37
so‗ralsa, bunga 3-4 daqiqa kerak bo‗ladi. Keyin tarbiyachi:
―Kiyimlaringizni kim bergan?‖, ―Magazindan tayyor holda sotib
olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim biladi?‖, ―Tikish uchun
qanday buyumlar kerak?‖ degan savollarni beradi. Bu savollarga javob
berish ham 3-4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama,
andaza, qaychi, santimetr, igna,
angishvona, tikuv mashinasini ko‗zdan
kechirish va har bir buyumning vazifasini so‗zlab berish taklif etiladi.
Bunga 8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg‗ulotning o‗zida tarbiyachi
qo‗g‗irchoq kiyimi tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo‗yicha
fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho‗ntakni tikish, qo‗lda
tugmalarni qadash va tikishdagi ketma–ketlik haqida gapirib berishi
kerak. Bunday mashg‗ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.
Mashg‗ulotga tayyorgarlik ko‗rishda
tarbiyachi tegishli metodik
adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg‗ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo
etadi. Unda mashg‗ulotning mazmuni (ta‘lim va tarbiyaviy vazifalar),
tayyorlanishi kerak bo‗lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan
daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo‗lsa), mashg‗ulotning borishi va
tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‗rsatiladi. Mashg‗ulot
jarayonini bayon yetib yozishda mashg‗ulotning boshi va oxirida yakun
chiqarish va keyingi faoliyat turiga o‗tishda)
bolalarni uyushtirish va
keyingi faoliyat turiga o‗tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib
ko‗rsatish kerak.
Mashg‗ulot muvaffaqiyatli o‗tishi uchun jihozlarni o‗z vaqtida
tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg‗ulotning mazmuniga va
tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog‗liq.
Odatda metodika xonasida ―Bolalar bog‗chasida ta‘lim tarbiya
dasturi‖ning hamma bo‗limlari bo‗yicha metodik qo‗llanmalar bo‗ladi.
Yetishmaganini tarbiyachi o‗zi
tayyorlaydi, ba‘zan bu ishga katta va
tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg‗ulot uchun kerakli
materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik
materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o‗tkazadigan bo‗lsa, u oldindan
ekskursiya o‗tkaziladigan joyga borib kelishi,
kuzatish uchun obyekt
tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni o‗ylab qo‗yishi, eng yaqin va
xavfsiz avtomabillarni atalashi kerak. Mayda sanoq materiali, rasm
mashg‗uloti, applikasiya, qurish –yasash, uchun materiallar, she‘r, ertak
matnlari
oldindan
tayyorlab
qo‗yiladi.
Ba‘zi
mashg‗ulotlarga
tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga
38
ekish yoki ko‗chat o‗tqazishga qiziqish uyg‗otish uchun ularga ko‗karib
turgan o‗simlikgi ko‗rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish
zarur.
Navbatchilar mashg‗ulotga kerakli
jihozlarni tayyorlaydilar, stol,
stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo‗llanma va materiallarni qo‗yib
chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‗ulotlaridan oldin bolalar
poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: