Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari reja


Dorilarni pediatriya amaliyotida dozalash



Download 39,67 Kb.
bet4/9
Sana18.07.2022
Hajmi39,67 Kb.
#820433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GERIATRIYA VA BOLALAR AMALIYOTIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARI

Dorilarni pediatriya amaliyotida dozalash.  Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari albatda dori moddalarning dozalari bilan ham farqlanadi.
Hozirgi vaqtda bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozasini hisoblash uchun bir necha usullar taklif etilgan.
Bolalarga mo‘ljallangan dozalarni 2-ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha hisoblash mumkin:
1. Emperik yuli -ya’ni kerak bo‘lgan doza bolaning har bir yoshiga tajriba asosida klinik sinovlarda aniqlanadi.
2. Kattalarga mo‘ljallangan dozani asos qilib, turli koeffitsientlar va formulalar yordamida, bolalarga kerak bo‘lgan dozani hisoblanadi. Amaliyotda ko‘prok 2-nchi yo‘l qo‘llaniladi.
Quyidagi misolda koeffitsient (dozis-faktor) yordamida dorining dozasini bola uchun hisoblash prinsipi ko‘rish mumkin.
Bolaning yoshiga qarab kuyidagi dozis-faktor ( koeffitsientlar) taklif etilgan:
1 yoshgacha - 1,8
1 - 6 yoshgacha - 1,6
6 - 10 yoshgacha - 1,4
10 - 14 yoshgacha - 1,2
Misol: Paratsetamolning dozasini 1 yoshli va vazni 10 kg bo‘lgan bolaga hisoblash uchun kattalarga mo‘ljallangan paratsetamolni dozasini asos qilib olish kerak.
Bu doza 0,5 g tashkil etadi, uni odamning o‘rtacha vazniga ( 70 kg) bo‘lib preparatning 1 kg vazniga to‘g‘ri keladigan miqdorini topamiz:
0,5 : 70 = 0,0071g
So‘ng topilgan sanani tegishli koeffitsientga ( 1,8) ko‘paytirib bolaning 1 kg vazniga beriladigan preparatning dozasini hisoblab chiqamiz :
0,0071 x 1,8 = 0,01278 g
Bolaning vazni 10 kg bo‘lishini hisobga olib, paratsetamolning kerakli dozasini topamiz: 0,01278 x 10 = 0,1278 g.
X DF ham dori moddalarni dozasini bolalar uchun hisoblash jadvali keltirilgan.
Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari tasnifi
Agregat holatiga qo‘ra bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari suyuq, qattiq, yumshoq va gazsimonlarga tasniflanadi.
Dorilarning faolligi ular qaysi dori shaklida berilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolalarga dorilar har xil yo‘llar bilan yuborilishi mumkin: peroral, parenteral, rektal, ingalyasion. Ulardanasosiy yo‘l – peroral, chunki bu yo‘l bola uchun tabiiy va qo‘lay hisoblanadi. SHuning uchun bolalarga yaratiladigandorilarni asosiy qismi peroral dori turlaridan tashkil topgan.
Lekin bu yo‘lning kamchiliklari ham bor:
- dorilarni ichak-oshqozon sistemasida parchalanishi;
- yoqimsiz organoleptik xossalarga ega bo‘lgan dorilarni berishda qator muammolarni mavjudligi.
Parenteral yo‘l bilan dorilarni bolalarga yuborish, ularni terapevtik ta’sirni tez namoyon bo‘lishi, parchalanmasligi, ularni ekstremal holatlarda qo‘llash mumkunligi bilan ajralib turadi. Lekin qator kamchiliklari ham mavjud: infeksiya tushish va mushak-nervlarni jarohatlanishi mumkinligi, yuborilganda og‘rik chaqirishi.
SHuning uchun, bu yo‘l bolalar amaliyotida o‘tkir zaruriyat bo‘lgandagina qo‘lanish lozim.
YUqoridagilarni hisobga ogan holda hozirgi paytda dorilarni rektal yo‘li bilan yuborishga katta e’tibor beriladi. Bolalarga rektal yo‘li bilan dori-larni qo‘llash ularni tez so‘rilishiga, fermentlar ta’sirida yo‘qolmasligi, ichak-oshqozon sistemasiga dorilarni mahalliy salbiy reaksiyalari yo‘kligi, dorilarni yoqimsiz organoleptik xususiyatlari bilinmasligi, og‘riqsizlik bilan ajralib turadi.
Ingalyasion yo‘l bilan dorilarni tanaga kiritish ham qator afzalliklarga ega: tez so‘rilishi, fermentlarni ta’sirini yo‘qligi. Lekin propellentlarni mahaliy ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin.
YUqoridagilarni hisobga olib, hozirgi paytda, bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini rivojlanishi asosan ikkita yo‘l bilan - peroral va rektal dori turlarini yaratish bilan bog‘liq.
Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari faqat dozasi bilan farq qilmay balki bir necha talablarga javob berish kerak:
1. Dori moddalarni yuqori terpapevtik ta’sirini ta’minlab, ularning salbiy ta’sirini mumkin darajada kamayishini ta’minlash;
2. qo‘llanilishi bola uchun qulay, tabiiy, iste’mol qilishda og‘riq chaqirmasligi, dori moddalarni (ayniqsa peroral dorilarni) yoqimsiz organoleptik xususiyatlari niqoblangan bo‘lishi kerak;
3. YOshi 7-8 yildan oshmagan bolalarning yutish refleksi to‘liq rivojlanmaganligi uchun, bolalarga mo‘ljallangan dori turlarining asosiy qismi suyuq dori shaklida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir;

  1. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarning immunitet kuchlari to‘la rivoj-lanmaganligi, ularga beriladigan hamma dori turlarini steril bo‘lishini talab qiladi.


Download 39,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish