Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari reja



Download 39,67 Kb.
bet7/9
Sana18.07.2022
Hajmi39,67 Kb.
#820433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GERIATRIYA VA BOLALAR AMALIYOTIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARI

Bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni nomenklaturasi.
Bolalarga mo‘ljallangan, korrigirlangan dorilarni yaratishda akad. A.I.Tensovaning ilmiy tadqiqotlari kattaahamiyatga ega. Olib borilgan tajribalar, biofarmatsevtik izlanishlar asosida A.I.Tensova tomonidan 19 bolalar uchunmo‘ljallangan dori turlari taklif etilgan ( natriy va kaliy bromidlar, kalsiy xlorid, magniy sulfat va boshq)
Oxirgi yillarda bolalar uchun qator korrigirlangan suyuq va qattiq dorilar ishlab chiqariladi.Ularning asosiy qismi eritmalar, sharbatlar, suspenziyalar, granulalar, tabletkalar, drajelardan iborat. 
Eritmalar:
-Piperazin adipinat 5% eritmasi.
Tarkibida piperazin adipinat, limon kislotasi, kand sharbati, natriy benzoat va suvdan iborat;
- Natriy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Kaliy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Etamzilat 5% eritmasi;
- Eglonil 0,5% eritmasi.
SHarbatlar:
-Natriy oksibutirat 5% sharbati;
-Ensefabol, Salbutamol, Seduksen, Ibuprofen, "Vibramitsin", teofil-lin sharbatlari.
Quruq suspenziyalar:
Bolalarga dorilarni quruq suspenziya va granulalar shaklida ham qo‘llash oxirgi yillarda keng tarqalgan. Ular uzoq muddat saqlanadi va qo‘llashdan oldin belgilangan suvda eritilib beriladi.
Misol sifatida grizeofulvin quruq suspenziyasini keltirish mumkin. Ushbu suspenziya 100 ml hajmli flakonlarda chiqariladi va tarkibida qand, shokolad, yalpiz moyini korrrigirlovchi modda sifatida saqlaydi. Suspenziyaning 1 g da 10 mg ta’sir etuvchi modda mavjud.
Hozirda bolalar amaliyotida antibiotiklarning kator korrigirlangan prepa-ratlari taklif etilgan. Ularni yaratishda dorilarni yuqori biofaolligi, bolalar shilliq qavatlarini himoyasi, dozalarga bo‘lishda aniqliq ta’minlanadi. Masalan sefaleksin suspenziyasi kand, natriy karboksimetilsellyuloza, SFMni o‘z tarkibida saqlaydi va yukori biofaollikga ega.
Fenoksimetilpenitsillin suspenziyasi esa 1,0; 2,0; 6,0 dori modda, limon kislotasi, natriy benzoat, maymunjon essensiyasi va kand saqlaydi. Ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovutilgan suvda eritiladi. 1 ml suspenziyada 12,4 mg preparat mavjud.
Suspenziya maxsus qoshiqcha bilan 5 ml dan dozalanadi. Tayyorlangan suspenziya +40S –14 kun, 20 0S – 8 kun saqlanadi.
Hozirga paytda fuzidin kislotasi, ampitsillin, eritromitsin, baktrim, tetratsiklin, salazopiridazin, levorin, pirantel, tioridazin, seklor suspenziyalari bolalar uchun ishlab chiqilgan.
Bolalarga mo‘ljallangan peroral suyuq dorilarni o‘ziga xos bir tarafi- maxsus dozalashga mo‘ljallangan qoshiqchalarni jihozlarda mavjudligi.
 Qattiq dori turlari
Bolalar amaliyotida qattiq dori turlari alohida joy egallaydi. Ulardan keng qo‘llaniladiganlari granulalar va tabletkalar.
Ta’sir etuvchi moddalarni granulalar shaklida qo‘llash bolalar amaliyotida oxirgi yillarda oshib bormoqda.
Bolalar amaliyotida granulalarni keng qo‘llashga ularning qator afzallik tomonlarga ega bo‘lishiga bog‘liq:
-granulalarda o‘zaro tasir etuvchi ingridientlarni qo‘shib ularning yoqimsiz tamini berkitish mumkin;
-namlik va boshqa tashqi muhit omillar tasiridan dori moddalarni asrash. 
Hozirgi paytda qator dori moddalar granula shaklida pediatriya amaliyotida ishlatilmoqda.
Ulardan kalmagin antatsid vositasi, glyutamin kislotasi markaziy asab sistemasi kasalliklarini davolashda, mezapam tinchlantiruvchi vositasi, prozerin antixolinesteraz ta’sir ko‘rsatuvchi granulalarni misol sifatida keltirish mumkin.
Bolalar amaliyotida antibakterial vositalarining ham granulalari keng qo‘llaniladi: etazol-natriy, ampitsillin, sulfadimezin, eritromitsin, furazolidon. shaklidagi pediatrik dorilar ishlatiladi.
Respublikamizning hom ashyolar asosida tayyorlangan korrigentlar yordamida qator bolalarga mo‘ljallangan dorilar o‘rganib tibbiyotda ishlatish uchun tavsiya etilgan. YUnusova X. M. tomonidan quruq triturlangan apelsin, olcha, lavlagi, qulupnay, limon, maymunjon, shotut, qizil sabzi, anor sharbatlari o‘rganilinib bolalar uchun mo‘ljallangan korrigentlar sifatida taklif qilingan. 
Ular asosida maxsus bolalarga mo‘ljallangan metronidazol, kobavit, glitseram, chuchukmiya quruq ekstrakti vapropolis kabi granula dori turlari yaratildi.
Bolalarga mo‘ljallangan granula dori turlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, tarkibiga korrigentlar kiritilgan bo‘ladi va ular ko‘rsatma asosida belgilangan hajmgacha qaynatilgan suvda ex tempore eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma yoki suspenziya 40 S da 14 kun yoki 200 S da 8 kun saqlanadi va shifokor tavsiyasi bilan choy yoki desert qoshiqda qabul qilinadi.
Tabletkalar.
Bolalar amaliyotida tabletka shaklidagi preparatlar ham o‘z o‘rnini topmoqda. Bolalarga mo‘ljallangan tabletkalar, turli xil rangli qobiqlar bilan qoplangan bo‘lib, ta’sir qiluvchi moddalar dozasi kamaytirilganligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi paytda qator bolalar uchun mo‘ljallangan tabletkalar ishlab chiqilmoqda: aminazin, levomitsetin stearat, analgin, allaxol, furadonin, fenobarbital, kaliya orotat, atsetilsalitsil kislotasi, eritromitsin, butadion, dimedrol tabletkalari.
Alohida guruhga efervessent tabletkalarini ajratish mumkin. Ularning tarkibiga ta’sir etuvchi moddalardan tashqari gaz hosil qiluvchi aralashmalar, korrigentlar kiritiladi. Efervessent tabletkalarda turli polivitamin, isitmani tushiruvchi preparatlarni berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, askorbin kislotasi, piridoksin gidroxlorid, vita-min D tarkibli efervessent tabletkalar qo‘llaniladi.
Bolalar amaliyotida kapsula va drajelar ham o‘z o‘rnini topgan. SHulardan jelatinali yumshoq kapsulalar kengqo‘llaniladi. Masalan, sulfatiazol, fenatsetin, piperazin adipinat, vitamin V2, konferon preparatlarningjelatinali kapsulalari yaratilgan.



Download 39,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish