Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari reja


Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini texnologiyasini o‘ziga xosligi



Download 39,67 Kb.
bet5/9
Sana18.07.2022
Hajmi39,67 Kb.
#820433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GERIATRIYA VA BOLALAR AMALIYOTIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARI

Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini texnologiyasini o‘ziga xosligi
YUborish usullaridan eng tabiiy va bola uchun qo‘lay bo‘lganligi uchun dorilarni asosiy qismi peroral usulda qo‘llaniladi. Peroral dori turlarning asosiy qismi esa suyuq dorilardan iborat (33%), chunki ularni yosh bolalarga berish juda qo‘lay (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarni yutish refleksi to‘liq rivojlanmaganligi hisobga olinsa), biofarmatsevtik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori.
Bolalarga mo‘ljallangan peroral dori turlari eritmalar, miksturalar, sharbatlar, suspenziya, emulsiyalar, suvli ajratmalar, tomchilar shaklida qo‘llaniladi.
Pediatriya amaliyotida, suyuq dori turlaridan tashqari, eritilib beriladigan granula va quruq suspenziyalar sifatida dorilarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
YOshi 7-8 yildan oshgan bolalarga qattiq dori turlari - tabletka, draje, kapsulalar ham qo‘llash tavsiya etiladi.
Bolalarga mo‘ljallangan peroral, ayniqsa suyuq dori turlarida, dorilarni salbiy organoleptik xossalari ko‘proq seziladi. SHuning uchun, bolalarga peroral dori turlarini yaratishda shu muhim masalaga e’tibor berilish lozim.
Pediatriya amaliyotida dorini ta’mi, hidi, rangi katta ahamiyatga ega. YOsh bolalarning noxush ta’mga sezgirligi yuqori bo‘ladi, chunki ularning tilidagi ta’m retseptorlari nisbatan kengroq tarqalgan. Bolalarga yoqimsiz dorini majburan ichirish ko‘p xolatlarda dorining terapevtik samaradorligi kamaytirish mumkin ( salbiy psixologik reaksiya).
Demak, bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni yaratishda asosiy e’tibor dorilarni yoqimsiz organoleptik xususiyatlarini niqoblashga qaratilgan bo‘lishi kerak va pediatriya amaliyotida ko‘llaniladigan dori turlarini o‘ziga xos bir tarafi hisoblanadi. . 
Dorilarni hidi va ta’mini niqoblash uchun bir necha usullar taklif qilingan:
1. Kimyoviy usullar. Bu usullarning mohiyati, har xil reaksiyalar yordamida dori moddaning kompleks tuzlarini hosil qilib, uning organoleptik xossalarini niqoblash. Moddaning nohush ta’miga ayrim bir guruhlar sabab bo‘ladi, shuning uchun ularni berkitishda stearatlar va tanatlarlar bilan kompleks moddalar olinadi.
Levomitsetin stearat preparati bunga misol bo‘lishi mumkin.
2.Fiziologik usullar. Bu usullarning mohiyati, dori turiga ta’m retseptorlarini sezgirligini pasaytiradigan moddalarni qo‘shishga asoslangan. Qo‘pincha shu maqsadda anestezin, mentol kabi moddalar qo‘shish mumkin. Lekin bu usulni keng qo‘llanilishiga uning fiziologik tarafdan indifferent emasligi imkoniyat bermaydi
1. Texnologik usullar. Bu usullar keng ishlatiladigan bo‘lib, kuyidagilardan tashkil topgan:
a) har xil yordamchi va yuqori molekulali moddalar qo‘shish;
b) turli korrigentlarni qo‘llash;
v) emulsiyalarni hosil qilish;
g) pardalar bilan qoplash (qobiqli tabletkalar, mikrokapsulalar, kapsulalar).
YUqorida keltirilganlardan eng keng tarqalgan usul bu - korrigentlarni qo‘llash. Korrigentlar keng qo‘llaniladigan yordamchi moddalar bo‘lib, dorilarni mazasini, hidini, rangini yaxshilash vazifasini bajaradi. Korrigentlar, o‘ziga xos hidga, ta’mga ega bo‘lganligi uchun dorilarga qo‘-shilganda, ularning nohush xususiyatini niqoblaydi.
Korrigirlovchi moddalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-ular dorilarning yoqimli hidi, ta’mi va tashqi ko‘rinishini ta’minlashi lozim;
-dori bilan yaxshi aralashishi va uning faolligini va turg‘unligini pasaytirmasligi kerak;
Korrigirlovchi moddani tanlash, avvalo qo‘llaniladigan dorining mazasi, uning fizik-kimyoviy xossasi, shakligabog‘liq bo‘ladi va bifarmatsevtik nuqtai nazardan asoslanish lozim.
Korrigentlar qo‘shilishda kuyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:
1 - dorini ta’mini yaxshilash;
2 - dorining hidini niqoblash;
3- dorining rangini (tashqi ko‘rinishini) yaxshilash.
SHunga qarab ta’m, hidni va rang yaxshilovchi korrigentlar ajratiladi.
Hozirda farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan ta’m va hidni yaxshilovchi korrigentlar vakillari keltirilgan.

Download 39,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish