Farhod Musajon
(1933- yilda tug‘ilgan)
Farhod Musajonning bolalarga bag‘ishlangan hikoya, qissa
va pyesalari 1958- yildan e’tiboran chop etila boshlangan.
Yozuvchining „Daradagi qishloqda“ (1960), „Òurdi, velosiped,
qizil bog‘ich va men“, „Oftobni quvlab“ (1970), „Chin do‘stlik“
(1976), „Chevar qiz“ (1982), „Buloq suvi“ (1982), „Òurdi,
velosiped va men“ (1983), „Òekin tomosha“ (1989) kabi
kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo‘ldi.
Farhod Musajon hamma bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari
orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, kichik maktab yoshidagi,
o‘rta va katta maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan asarlarni
ham uchratish mumkin.
Farhod Musajon kattalarga bag‘ishlab ham asarlar yozib keladi.
Dramaturgning „Xayolparastlar“, „Oq kabutar“, „Xizmatingizga
hozirmiz“, „Shaharlik olifta“, „O‘g‘limni qaytarib bering“ kabi
katta-kichikka bag‘ishlangan pyesalari respublika teatrlarida qayta-
qayta qo‘yilib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |