Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

OCHKONI TENG BO‘LISHAR
Ishqiboz ikki polvon,
Kuch sinashar shaxmatda.
Bellashadi beomon,
O‘yin qizir g‘oyatda.
Kishnatib „sipoh“ini,
Yelib borar Rustamjon.
Raqibining „Shoh“ini,
Qurshab oladi shu on.
Qarab turmas Omon ham,
Xavfni sezadi zumda.
Zehnini charxlab ildam,
O‘ta boshlar hujumga.
Labin tishlab Rustamjon,
Yurishni qayta boshlar.
„Fil“ini qilib qurbon,
„Farzin“ga qarmoq tashlar.
Bu xatarli tuzoqqa,
Chap berar yana Omon.
O‘zi qo‘ygan qarmoqqa,
Rustam tushar shu zamon.
Òez orada tugar „jang“,
Bahsdan mamnun bo‘lishar.
Natija bo‘lib durang,
Ochkoni teng bo‘lishar.
KO‘CHAMDA BOR BIR BOLA...
Ko‘chamda bor bir bola,
Bu she’rim o‘sha haqda.
Nomin aytmayman, chunki
Bundaylar oz sanoqda.
Mazasi yo‘q darslardan
Yashirmoqlik ne darkor!?
Bu yil ham uchinchida
O‘qimoqda u takror.
Qaylardadir sanqiydi,
Maktabga kelmas yetib,
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 5 0
Kech qolmagin, desalar
Qo‘yar qo‘lin silkitib.
Kitobni hech o‘qimas,
Futbolga chopar nuqul.
Oyisi ish buyursa,
Mudom aldab qochar ul.
So‘zlari biram dag‘al,
Odobni hech bilmaydi.
O‘zidan boshqalarni
Nazariga ilmaydi.
Òuzalmasa bu bola
Doston etgum ta’rifin.
Butun elga yoyaman
Qo‘shib ism-u sharifin.
BALIQ OVIDA
Majnuntolning salqinida o‘tirib,
Zilol suvning oqishiga boqaman.
Qarmog‘imdan nigoh uzmay, o‘y surib,
Shirin xayol daryosida oqaman.
Dikir-dikir o‘yin tushsa po‘kagim,
Ikki ko‘zim bir nuqtaga tikilar.
Quvonchimdan ura boshlar yuragim,
Deyman: „Hozir katta baliq ilinar“.
...Shamol, to‘lqin po‘kagimni tortqilab,
Goho-goho qo‘yar meni ranjitib.
Shunda hamki, hislar bilan to‘lib qalb,
Ketgim kelmas bu qirg‘oqni tark etib.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 5 1
Qudrat Hikmat
(1925 —1968)
Qudrat Hikmat qisqa umr kechirdi, ammo ijodi sermazmun
bo‘ldi. U 20 dan ortiq kitoblari bilan bolalar adabiyotining oltin
fondidan o‘ziga xos o‘rin egalladi.
Qudrat Hikmat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
ko‘plab she’rlar yozgan. „Bog‘chadagi bog‘cham“, „Oftob“,
„Gunafsha“, „Oyga poyga“, „Òoychoq“ kabi she’rlarida do‘stlik,
hamkorlik, ona-tabiat va unga muhabbat g‘oyalari yotadi. Mehnat
mavzusi shoir ijodida bosh masala hisoblanadi. Kimki halol, pok bo‘lsa,
jismoniy mehnatni sevsa, kattaga ham, kichikka ham ma’qul bo‘ladi.
Bu tushuncha shoirning „Buvimning deganlari“, „Uch o‘rtoqning
sovg‘asi“, „Do‘ppi“, „Ona orzusi“ she’rlarida ifodalanadi.
Q. Hikmat bolalar adabiyotida „Chirchiq farzandi“, „Qum
ostida qovunlar“, „Bobodehqon hangomasi“, „Ilonshoh va uning
amaldori ari haqida ertak“, „Ko‘milgan oltin, vaysaqi xotin va
tadbirkor ovchi qissasi“, „Chovkar“ kabi qator poema, ertak-
dostonlari bilan kitobxonlar tomonidan haqli ravishda e’zozlanadi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish