Hakim Nazir
(1915- yilda tug‘ilgan)
O‘zbek bolalar nasrining rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan
yozuvchilardan biri Hakim Nazirning ilk kitobi — „Qishloqdagi
jiyanlarim“ hikoyalar to‘plami 1948- yilda bosilib chiqqan. Shundan
buyon ijodkorning bolalar uchun 50 dan ziyodroq kitoblari dunyo
yuzini ko‘rdi. „Yaxshi ism“, „Bulbul“, „Bir tup g‘o‘za“, „Do‘st-
lar“, „Boshoq“, „Qodir bilan Sobir“, „Yonar daryo“, „So‘nmas
chaqmoqlar“, „Ko‘kterak shabadasi“, „Suv gadosi“, „Lochin
qanotlari“, „Kenjatoy“, „Òohir va Zuhra“ „Chiranma g‘oz —
hunaring oz“ kabi hikoya, qissa, roman, pyesalari adibning
nomini keng kitobxonlar ommasiga tanitdi.
Bundan tashqari, H.Nazir „Katta tarbiyaviy qurolimiz“,
„Navqiron avlod oldidagi burchimiz“, „Arkadiy Gaydar“,
„Do‘stim Zafarni eslasam“, „Kichiklarning katta do‘sti“,
„Baxtiyor avlod kuychisi“, „Sevimli bolalar yozuvchisi“ va boshqa
ilmiy-nazariy maqolalarida bolalar adabiyoti oldida turgan muhim
vazifalar ustida to‘xtaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |