Mavzu: Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari Reja



Download 36,28 Kb.
bet1/5
Sana13.09.2021
Hajmi36,28 Kb.
#173368
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3. Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari


Mavzu: Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari

Reja:

 

1. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish.



2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi.

3. Shaxs haqida psixologik  nazariyalar.


Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi  «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu –  yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.

Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi.  Arastuning «Jon haqida» asari  hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi.

 Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.

SHarqda umuman boshqacha holat  edi.  Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina  «o‘zlik»  e’tirozsiz tan olinadi.

      K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi.

 Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi.

SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.

SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy  yuz ifodasi kiritilgan edi .

Pedagogika, psixologiya va falsafada  shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat  «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.

Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi,  faylasuf E.V. Ilenkovning yozishi bo‘yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi  bilan belgilanadi.

Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar  ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.

YAna bir mashhur  faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «SHaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning  eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq,  amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».

Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga  «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi.  A.N. Leontev fikriga ko‘ra,  «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. SHaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». SHaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal boshlang‘ich modda tushuniladi.

L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi.

Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo‘shiladilar. G.S. Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtirok i va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga xos  xususiyatdir». V.A. SHkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «SHaxs jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… SHaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan   yig‘ib olish mumkin ».

Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo‘ladi.

CHet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va hulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha,  shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi. «SHaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida   ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o‘yin, bilish, mehnat) bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan ijtimoiy sifatlar yig‘indisini birlashtiradi.

Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30-yoshga etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo‘lsak, Kaliforniya Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda      namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh o‘tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, shafqatliroq va mehribonroq bo‘lishga intiladilar.

Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi. Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng yorqin namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib,  faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda  «shaxs» tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko‘rsatganimizdek, R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.




Download 36,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish