Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Ilyos Muslim
(1909—1993)
Iste’dodli bolalar shoiri Ilyos Muslimning 1932- yilda birinchi
she’rlar to‘plami „O‘suv“ nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola
etildi. Xuddi shu yili „Zaharxandalar“ degan ikkinchi to‘plami,
1934- yilda „Miqti keldi“ dostoni, 1938- yilda esa „She’rlar“
to‘plami bosilib chiqdi.
„Turnalar“, „Bizning maktab“, „Sening sovg‘ang“, „Tilla-
qo‘ng‘iz“, „Ishchan asalarilar“, „Oylar aytishuvi“, „Oyxon va
rayhon“, „Ko‘rik“, „Birinchi sovg‘a“ kabi kitoblari hozirgi
zamon bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo‘lib
qo‘shildi.
Bolalar shoiri Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tash-
lamang, unda davrimizning bolalar adabiyoti oldiga qo‘ygan
vazifalari, kichkintoylar oldida turgan muhim ishlar barq urib
turadi. Masalan, „Maktabim“ asarini olib ko‘raylik. Unda dunyoda
maktabdan aziz, mo‘tabar joy yo‘q, u go‘yoki „ona kabi meh-
ribon“ bir makon, kishining savodini chiqaradigan, o‘zini o‘ziga
tanitadigan, ongi va aqliga aql qo‘shadigan ulkan maskan degan
g‘oya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bolaning maktabdan behad
minnatdorligi, o‘zining oldida turgan bir qator vazifalar, el-
yurtga sodiq xizmatkor bo‘lish uchun avvalo maktabda yaxshi va
namunali o‘qish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab
berilgan:
A’lo o‘qishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
8 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 1 4
DO‘STLIK
Yer yuzidagi amakijonlar,
Shunday iltimos bordur sizlarga:
— Chiqarmang qurol, oqmasin qonlar,
Kitob, o‘yinchoq bering bizlarga!
Bizlar urishib yirtmaymiz yoqa,
O‘ynaymiz doim biz musobaqa.
Turmushimiz shod o‘tadi shunda,
Yog‘liq patirlar yopilar kunda.
Juda mo‘l bo‘lar shokoladlar ham
Stolga to‘lar marmeladlar ham.
Ko‘payar yana shirin kulcha-non,
Holva-yu konfet, obakidandon.
Bog‘larimizda yayraymiz har dam,
Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch,
Ota-onalar tashvish tortmas hech.
OYXON VA RAYHON
Har xil ko‘chatni Oyxon
Jo‘yakka ekib qo‘ydi.
Jambil, sada, oshrayhon
Barg yozsin, deb suv quydi.
Yangi po‘lat ketmoncha
Tushmadi hech qo‘lidan.
Ko‘chat taglarin ancha
Yumshatdi o‘ng-so‘lidan.
Yashnab tez kun ichida
Novdalari yozdi qad.
Oyxon o‘z gulzorini
Parvarish etdi har vaqt.
Oyxonning sochi kabi
Quyuq o‘sdi rayhonlar.
Qulf urgan ariq kabi,
Ko‘rkam supa, ayvonlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 1 5
Tushlik qildik biz rosa,
Keltirildi moshxo‘rda.
Oyxon ichsa bir kosa,
Ta’mi juda xushxo‘r-da!
Shunda bizning Oyxonning
Quvonchdan kuldi yuzi.
Chunki xushbo‘y rayhonni
Ekkan edi-da o‘zi!
Bobolar nasihatin
Eslab sevinchga botdi.
Halol mehnat rohatin
Oyxon ham shu kun totdi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish