Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

ARILAR G‘AZABI
(Ozarbayjon xalq ertagi)
Bor ekan-da, yo‘q ekan, dunyoda bir fil bo‘lgan ekan. U
tinib-tinchimagan va juda sho‘x ekan. Har safar bo‘lar-bo‘lmasga
janjal chiqaraverar ekan. Kunlarning birida o‘rmonda u xartumi
bilan bir daraxtni o‘rab olib, uni silkitaveribdi. Sal bo‘lmasa daraxtni
ildiz-pildizi bilan yerdan sug‘urib olay debdi. Daraxt tagida o‘rmon
arilarining ini bor ekan. Filning silkitishidan arilar ini buzilib
ketishi mumkin ekan.
— Fil aka, — iltimos qilishibdi arilar, — bizning uyimizni
buzma.
— Uylaringning menga nima keragi bor? — javob beribdi fil.
— Sho‘xlik qilgim kelgan edi-da.
— Voy, fil akajon-ey, — deyishibdi arilar, — biz senga o‘ynama
deyayotganimiz yo‘q. Boshqa daraxtning tagida o‘ynay qolgin.
— Shu yerdan boshqa yoqqa ketmayman, — tixirlik qilibdi fil.
— Bu vijdonsizlarni qara-ya, o‘zlari zig‘ircha-yu, yana birovga
aql o‘rgatishlarini-chi.
— Fil akajon, — uni ogohlantirishibdi arilar, — agar uyimizni
buzadigan bo‘lsang, seni o‘ldiramiz.
— Qo‘llaringdan kelganini qilinglar,— deb kulibdi fil.— Sizlar-
dan qo‘rqadigan ahmoq yo‘q.
Arilar inlariga kirib, kattalar bilan maslahatlashishibdi-da,
fildan yana bir marta iltimos qilib, bordi-yu, shunda ham ko‘n-
masa, uni to o‘lguncha chaqishga qaror qilishibdi. Arilar ancha
vaqtgacha filni bu ishdan qaytarishga urinishibdi. Lekin fil ularga
e’tibor ham bermabdi.
Shunda arilar filga baravariga yopishib, boshi, ko‘zi, qulog‘i,
xartumi va butun badaniga ignalarini sanchishaveribdi. Birpasda fil
shishib, tog‘day bo‘lib ketibdi. Filning hayqirig‘i butun o‘rmonni
tutib ketibdi. Fil qocha boshlabdi. Ammo arilar uni quvishaveribdi.
Nihoyat, fil holdan toyib, gumburlab yerga yiqilibdi. Arilar uni
o‘rab olishib:
— Xo‘sh, endi holing qalay, fil akajon? — deyishibdi.
Fil uyalganidan hatto boshini ham ko‘tara olmabdi.
— Fil akajon, — deyishibdi arilar, — sen haybatingga ishonib,
bizni qiynading. Lekin shuni bilginki, kuchsizlarni qiynaganning
holiga voy bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 9

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish