FARHOD VA SHIRIN
(Dostondan parcha)
Farhodning bolalik va yoshlik yillari
¾Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi:
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab¾
Keturdilar hakimi nuktadone.
Bilik birla jahon ichra jahonne.
Falak mushkillari hal yikratidin,
Falakka mushkil oning diqqatidin¾
Qayu ilmiki yo‘q andin ayonroq¾
Yorutqoch bazmni donoyi olam,
Tilab shahzodani doroyi olam.
Qilib ta’limig‘a yuz nav ta’kid,
Falak olinda manzil tutti xurshid¾
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
Ne so‘znikim o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon davhida qozib.
O‘qib o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 9
Qolib yodida safha-safha bori¾
Ishi bu yanglig‘ erdi el aro fosh,
Ki to umridin oning o‘tti o‘n yosh.
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm¾
Ulum avroqi chun bir-bir yopildi,
Dilovarliq silohi mayl qildi.
Chu oz fursat anga mayl etdi zohir,
Qayu bir mayli qilg‘och bo‘ldi mohir¾
Hamul ilmi baland ovoza birla,
Bu yanglig‘ zo‘ri beandoza birla.
O‘zin abjad o‘qur eldin tutib kam,
Dema donishki, zo‘ri dast ila ham.
Bo‘lib shahlar eshigining gadoyi
Va lekin ul gadolar xoki poyi¾
Demonkim ko‘ngli pok-u ham ko‘zi pok,
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok¾
Nasriy bayoni:
Unga dono Farhod deb nom qo‘ydilar. Bu ismning manbayi
besh qismdan iborat bo‘lib, bu so‘z firoq, rashk, hajr, oh va
dard so‘zlarining bosh harflaridan yig‘ilgandir. Ishq ustodi ana
shu harflarni qator tuzgach, Farhod ismi tarkib topdi.
Uning tarbiyasiga zukko bir ustozni jalb etdilar. O‘qituvchining
bilim darajasi shunchalik yuksak ediki, go‘yo uning o‘zi bir dunyo
edi. Uning fikri falak mushkullarini hal qilar, falak uning o‘tkir
diqqatiga tob berolmasdi.
Dunyodagi qaysi ilm eng qiyin va murakkab hisoblansa, uning
uchun undan jo‘nroq narsa bo‘lmasdi. Yig‘inni olam donosi bilan
bezab, olam hukmdori shahzodani chaqirib, uning ta’limiga
uqtirishlar qilib qo‘ydi. Go‘yo falak qarshisiga quyosh kelganday
b o ‘ l d i ¾
Agar har bir saboqni bir marta ko‘rsa, ortiq o‘sha varaqni
qaytarishga ehtiyoj qolmasdi. Qaysi so‘zni o‘qisa, go‘yo ko‘ngliga
yozib borardi. Bugina emas, go‘yo jon lavhasiga qazib yozardi. Uning
odati o‘qib o‘tish – uqib o‘tishdan iborat edi. Sahifa-sahifa
yozuvlarning hammasi yodida qolardi¾
El orasida ana shu sifatlar bilan tanilib yurib, yoshi o‘nga
yetdi. Jahonda u yetmagan ilm, u haqiqatini bilib ulgurmagan fan
qolmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 0
Ilm-fan varaqlari birma-bir yopilib, bahodirlik qurollariga mayl
bildirdi. Jang-jadal hunarining qay biriga qiziqqan bo‘lsa, o‘sha
sohada mohir bo‘lib yetishdi¾
Shunchalik dong‘i ketgan bilimdonlik va cheksiz kuch-qudratiga
qaramay, Farhod o‘zini alifbexon boladan ham kamtarroq tutardi.
Shohlar uning eshigida gado, u esa gadolar oyog‘i ostidagi tuproqdek
tavozeli edi. Uning ko‘ngli va ko‘zigina pok demayman, uning tili
ham, so‘zi ham, o‘zi ham pok edi¾
Do'stlaringiz bilan baham: |