Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Farhodning Armaniyaga yetib,
ariq qazuvchilari mushkulini osonlashtirgani
¾ Guruhe erdi dard-u dog‘ ichinda,
Arig‘ qozmoqqa shog‘il tog‘ ichinda¾
Iki yuz xorabur ilgida tesha,
Urub ul tesha tosh uzra hamesha¾
Ikki yuz ustod uch yil qilib kin,
Zamone tinmayin urmoqta metin.
Qozilib ikki-uch yuz qori xora,
Qolib oning ko‘pi ham nimkora.
Alar qon yig‘labon mundog‘ anodin,
Vale sarkorlar tinmoy jafodin.
Nazar qildi chu ul holatga Farhod,
G‘amin o‘ldi ko‘rub ul nav’ bedod¾
Chu kayfiyatni ma’lum etti Farhod,
Alar holig‘a ko‘ngli bo‘ldi noshod.
Dedi: „Bu necha mazlumi sitamkash,
Falak bedodidin bo‘lg‘on alamkash.
Ki vayronlig‘larida yuz xalaldur,
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur.
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir?!”
Temurchidin tilab dam birla ko‘ra,
Beliga bog‘labon charmin tanura.
Dam uchin ko‘rag‘a chun mahkam etti,
Ravon to‘kti ko‘mur, dog‘i dam etti.
Ko‘murni qildi chun axgar nekim bor,
Tilab metin-u tesha harnekim bor.
Solib axgar aro borin qizitti;
Necha afzor qildi chun eritti.
Har o‘n-o‘n beshni bir metin qilib rust,
www.ziyouz.com kutubxonasi


4 1
Yana ham onchani bir teshayi chust.
Necha gurza, necha sunboda aylab,
Kamar qozmoq ishin omoda aylab.
Nihoniy borchag‘a andog‘ suv berdi,
Ki Qorandin nihon o‘rganmish erdi.
Taraddudg‘a solib oni bu ahvol,
Ulusni girdida hayrat qilib lol.
Savole aylay olmoy kimsa bir so‘z,
Shukuhidin tikib bori anga ko‘z.
Chu xoli ayladi afzordin el,
Ravon xoro kesarga bog‘ladi bel.
Kirib oriqqa qozmoq ayladi mayl,
Qoza boshladi qumni o‘ylakim sayl.
Kesib har teshasi qilg‘och xaroshi,
Falak pili yukidek pora toshi.
Chu metin zarbidin aylab siteza,
Qatiq xoroni aylab reza-reza.
Aningdek teshadin sekrib ushoq tosh,
Ki nozir bir yig‘ochdin qochurub bosh.
Uchub yetganda zarbi dasti oning,
Ki borib o‘n yigoch farrasti oning.
Hamul kun-o‘q daleri xorabur gov,
Muhayyo qildi xoro ichra bir nov.
Ki uch yil ikki yuz xorobur ustod,
Ola olmoy ham oncha xoradin dod.
Hunar mundog‘ chu zohir qildiki ko‘p,
Tushub ul tog‘ aro el ichra oshub.
Bo‘lib ham korgar, ham korfarmoy,
Mehinbonu qoshig‘a dashtpaymoy.
Ki qilg‘aylar bu ishkim ko‘rdilar naql,
Inonmas garchi oni ko‘rmayin aql.
Nasriy bayoni:
Bir guruh kuyib o‘rtangan kishilar tog‘ orasida ariq qazishga
mashg‘ul edilar. Ikki yuz toshkesar qo‘lda tesha bilan ishda, teshani
hadeb toshga urish bilan ovora edilar. Metin urishni biror lahza
to‘xtamay ikki yuz mahoratli ishchining uch yilda bajargan ishlari
bor-yo‘g‘i ikki-uch yuz qari (Qadimgi uzunlik o‘lchovi. Taxminan
1 m ga teng keladi.) masofa bo‘lib, uning ham ko‘pi chala-chulpa
edi. Ular bu azobli ishdan qon yig‘lashar, ishboshilar esa nazorat
qilib zulm o‘tkazganlari o‘tkazgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


4 2
Farhod bu holatga nazar solib, ko‘ngli buzildi. Ish kayfiyatini
bilgach, ularning ahvoliga achindi. Dedi: „Bu bir necha sitamkash
mazlumlar falak zulmidan alam tortganlar. Bu nochorliklarida talay
nuqson bor. Bularga madad qilsam – ayni paytidir. Hunarni asrab
nima qilardim? O‘zim bilan tuproqqa olib ketamanmi?!”
Temirchidan dam bilan ko‘rani tilab, beliga charmlik etakni
bog‘ladi. Dam uchini ko‘raga mahkamlab, darhol ko‘mir to‘kib
dam bera boshladi. Hamma ko‘mirni laxchadek, qilib, o‘sha yerdagi
barcha metin va teshalarni yig‘ishtirib, olovga solib qizdirdi. Ularni
eritib, o‘n-o‘n beshtasidan bittadan metin va teshalar yasadi. Gurzi
va qayroq ham tayyorladi. Tosh yo‘nish ishiga tayyorlanib, asbob-
larga yashirincha suv berdi. Maxsus suv berish san’atini u Qoran-
dan o‘rgangan edi.
Farhod ishga kirishishga taraddudlanar, xalq uning atrofida
hayratlanib lol turardi. Hatto biror savol so‘rashga ham botinolmas,
uning shukuhiga mahliyo bo‘lib, ko‘zlarini uzolmas edilar.
Nihoyat, hamma tarqalgach, Farhod darhol tog‘ kesishga bel
bog‘ladi. Ariqqa tushib qaza boshladi: toshlar qumga aylanib, seldek
nari surilardi. Uning har tesha urib ko‘chirgan toshi falak  filiga bir
ortiladigan yukdek kelardi. U metinni zarb bilan urar, toshlarni
mayda-mayda qilardi.  Uning teshasi zarbidan uchgan toshdan
uch yog‘och (24 km) masofadagi  kuzatuvchi o‘z boshini olib
qochardi. Uning qo‘l kuchi zarbidan uchgan tosh o‘n yog‘och
(80  km) ga borib tushardi.
Bahodir toshkesar Farhod o‘sha kuniyoq qoyatosh orasidan
bir nov ochdi. Ikki yuz toshkesar usta uch yil davomida ham
bunchalik ish qilolmagan edilar. Bunday hunarmandlikni ko‘p
ko‘rsatganidan so‘ng, tog‘ orasidagi elda shov-shuv ko‘tarildi.
Toshkesar ishchilar ham, ish buyuruvchi sarkorlar ham Mehin-
bonu huzuriga ravona bo‘ldilar. Ular to ko‘z ko‘rmasa, aql ishon-
maydigan bu ishni malikaga naql qilish uchun shoshar edilar.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish