Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosining nazariy o’rganilganligi



Download 0,94 Mb.
bet9/19
Sana29.05.2022
Hajmi0,94 Mb.
#616752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
jonibek

Yuqori daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi yuqori darajada. Tashkilotchilik, muloqotchanlik, nutq, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi kasbiy ahamiyatli sifatlar shakllangan.


O’rta daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi o’rta darajada. Talabalarda pedagogik faoliyat yo’nalishidagi kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish ehtiyoji mavjud, biroq, bu ehtiyoj doimiy xarakter kasb etmaydi, shu sababli ular bu yo’ldagi amaliy harakatlarni tashkil etishga urinmaydilar.


Quyi darajada – mazkur toifa talabalarda kasbiy yo’nalganlik asosan majburiylik motivlariga asoslangan, ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish stereotiplarga tayanadi. SHuningdek, bu talabalar kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishning ijtimoiy –pedagogik zaruriyatini to’la anglamaydilar.

53
Tajriba-sinov ishlariga Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakultetining 1-4 kurs talabalaridan iborat jami 200 nafar respondentlar jalb etildi.


Tajriba-sinov ishlarining dasturiga muvofiq tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida bo’lajak o’qituvchilarning ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyai, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirganlik darajasi o’rganildi.


Bunda kuzatish, faoliyat mahsulini o’rganish, suhbat, anketa kabi metodlardan foydalanildi.


Ikkinchi bosqchida olingan natijalar tahlili va aniqlovchi tajriba yakunlariga asoslangan holda bo’lajak o’qituvchilardagi kasbiy moslashish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rivojlantiruvchi dastur va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.


Bunda quyidagi samarali ish shakllaridan foydalanildi:


1). Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent-talabalar uchun “Kasbiy moslashuv jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari”, “Muhit va sharoit – shaxs imkoniyatlari” kabi mavzularda ma’ruza-munozaralar, binar ma’ruzalar, treninglar, debatlar tashkil etildi. SHuningdek, talabalar o’rtasida “Mening kutuvlarim” mavzusida ijtimoiy so’rov ham o’tkazildi. Ya’ni bunda talabalarning bo’lajak mutaxassis sifatida oliy ta’lim muassasasi va professor-o’qituvchilardan kutayotgan imkoniyat va shart-sharoitlari o’rganildi.


2). Trening mashg’ulotlari. Tadqiqot ishining 2.2. paragrafida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli va texnologiyasiga tayangan holda, talabalar o’rtasida interaktiv seminar-treninglar tashkil etildi. Bunda ishtirokchichilarning faolligi, o’quv materiali mohiyatini anglash, mavzuga ijodiy yondashish, hamkorlik muloqotlarining shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-treninglarda:


“Pedagogik faoliyatning xususiyatlari va tahlili”;


“Ta’limdagi innovatsion islohotlar”;


“O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari”;


54
“Zamonaviy o’qituvchi imidji”;


“Mening kasbiy kelajagim”;


“Agar men...” kabi mavzular tahlil etildi.


Mazkur ish shakllarining amaldagi tatbiqi bo’lajak o’qituvchilardagi qator ijobiy sifatlarni, xususan:





  • muloqotga kirishuvchanlik;




  • faollik;




  • o’quv va boshqa ko’rinishdagi ijtimoiy faoliyatlarni tashkil etishga ijodiy yondashish;




  • o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’la namoyon etish;




  • kasbiy faoliyatni tashkil etishga mas’uliyatli yondashish;




  • bilish faolligini shakllantirishga olib keldi.

3). Tadqiqot doirasida bo’lajak o’qituvchilar bilan vaziyatli topshiriqlar va “keys” larni echish (muammoli vaziyatlarni hal qilish)ga oid mashqlar tashkillashtirish.


Ushbu bosqichda tashkil etilgan amaliy ish natijalaridan ko’zlangan maqsad talabalarning mavjud nazariy bilimlarni kasbiy ko’nikma va malakalarga aylantirishga qaratildi.


4). Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy moslashuvchanlikni shakllanganlik darajasini aniqlashga doir tashxis xaritalari ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida mazkur tashhis xaritalari, suhbat, assementlar orqali respondentlarning natijaviy ko’rsatkichlari aniqlab borildi (3-4 ilova).


Shunday qilib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining muayyan dastur va rejaga asosan olib borilishi, belgilangan maqsadga erishish va kutilgan natijalarni qo’lga kiritish imkonini berdi. Buni turli bosqichlarda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o’sishidan ham anglash mumkin. Ishning navbatdagi bandida tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning qiyosiy hamda statistik tahlili haqida so’z yuritiladi.


55
2.Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili

Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida qo’lga kiritilgan natijalarning haqqoniyligi va ishonchliligini o’rganish maqsadida ularni miqdor va sifat jihatidan tahlil etishga alohida e’tibor qaratildi.


Pedagogik tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida maxsus ishlab chiqilgan anketa so’rovlari asosida respondentlardagi kasbiy moslashishning mavjud holati yuqorida belgilangan mezonlar asosida aniqlandi va respondentlarning javoblari tahlil etildi.


Tadqiqotda asosiy maqsad bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish darajasini oshirishga yo’naltirilib, belgilangan maqsadning kafolatli natijasi pedagogik jarayonning shaxsning kasbiy yo’nalganligi, kasbiy bilimlarning o’zlashtirilishi, olingan ta’lim sifati va yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarningtalaba imkoniyatlari va qiziqishlari doirasidan kelib chiqib amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil etish mazkur fikrlarning amaldagi tasdig’ini yana bir bor isbotladi.


Ma’lumki, kasbiy moslashtirishida bo’lajak mutaxassisning motivatsion


tayyorgarligi muhim o’rin tutadi. Bo’lajak o’qituvchining motivatsion tayyorgarligining asosini kasbiy yo’nalganligi ya’ni o’z kasbi, mutaxassisiligining mohiyatini tushuna olishi, kasbiy faoliyatiga nisbatan o’zida pozitiv munosabatni tarkib toptirishi, kasbiy hayotiy maqsadlarining aniqligi, bilish faoliyatiga qiziqishning rivojlanishi tashkil etadi. Bu mutaxassisining ta’lim olish jarayonidagi o’zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishida, namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlari so’rovnoma tarkibidagi I-blok murojjatlari talabalardagi motivatsion tayyorgarlik, kasbiy yo’nalganlik va kasbiy sifatlarning shakllanganlik darajasini baholashga qaratildi.


Ma’lumki, talabalik davri - mehnat hayotida o’z-o’zini aniqlab olish yoshi bo’lib, bu vaqt talabada o’zining kelajakdagi kasbiy hayotiy maqsadlarini aniq belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. Bu davrda talaba ongli to’g’ri qarorqabul


56
qilishi uchun birinchidan, amaldagi mehnat bozorining u yoki bu kasb turiga bo’lgan ehtiyojini, ikkinchidan, o’z moyilligi va bu kasb qo’yadigan talablarga qanchalik muvofiq kelishini bir so’z bilan aytganda tanlangan kasb mohiyatidan to’liq xabardor bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.


So’rovnoma natijalarini o’rganish bo’lajak o’qituvchilarning motivatsion tayyorgarligini yoritishning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor berish lozimligi ko’rsatadi:


1. Talabalardagi ichki sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik (motivlar, ehtiyojlar, maqsad va qiziqishlar asosida shakllangan kasbiy yo’nalganlik). Bu asosan 3-4 bosqich talabalariga xos xususiyat sifatida tadqiq etildi.


2. Talabalardagi tashqi sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik ya’ni kasbiy faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatiga asoslangan yo’nalganlik. Bu xususiyat aksariyat 1 - bosqich respondentlarida kuzatildi.


Xususan, 1-bosqich talabalarining 17 tasida pedagogik faoliyatga intilish darajasi yuqori, 20 tasida o’rta, 13 tasida quyi daraja aniqlandi.


Ikkinchi bosqchi talabalarida bu ko’rsatgich quyidagicha ko’rinishni aks ettirdi, ya’ni jami 50 talabadan 12 tasida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi, 17 tasida o’rta va 21 tasida quyi daraja kuzatildi.


Uchinchi bosqichda yuqori daraja 15 ta respondentda, o’rta daraja 21 ta va quyi daraja 14 ta respondentda aniqlandi.


Bitiruvchi kurs talabalarining so’rovnoma savollariga bergan javoblari tahlil etilganida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi 25 ta, o’rta darajasi 13 ta va quyi daraja 12 ta respondentda o’rganildi.


Natijalardan ko’rinib turibdiki, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasi 1-4 bosqich talabalarida 2-3 bosqchi talabalariga qaraganda yuqoriroq natijalar ko’zga tashlandi. Buning sababini kasb tanlash motivlari, kasbiy o’zini anglash, kasbiy tasavvurlar bilan bog’lab tahlil etish maqsadga muvofiqdir. CHunki, dastlabki kasbiy tasavvurlar ta’sirida pedagogik faoliyatga intilish darajasi yuqori bo’lsa(1-bosqich), kasbiy faoliyatning shaxsga qo’yadigan talablari,


57
kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishdagi mashshaqqatlar hamda moslashish jarayonidagi qiyinchiliklar bu intilishning muayyan davrda susayishiga (2-3 bosqich) sabab bo’lgan. Kasbiy moslashish jarayonlarining samarali kechishi, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy faoliyatda o’zini anglash esa


4-bosqich talabalirdagi faol kasbiy pozitsiyaning shakllanishiga sabab bo’lgan.







Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish