Bola tarbiyasiga e’tibor – kelajakka e’tibor



Download 123,88 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi123,88 Kb.
#823842
  1   2
Bog'liq
21 - мавзу




Bola tarbiyasiga e’tibor – kelajakka e’tibor





  Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onala­ridan olgan tarbiyala­riga bog‘liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar.
Abdurauf Fitrat.
Farzand tar­biyasi mamlakat taraqqiyoti va kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois azal-azaldan, mahalla ahli, ayniqsa, nuroniy ota­xon-u onaxonlarimiz ko‘cha-ko‘yda nobop xatti-harakat qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketishmagan. Shu zahotiyoq tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga solishgan. O‘sha bola pand-nasihatlarga quloq tutmasa, bu haqda ota-onasi, muallimlarini xabardor qilishgan. Kerak bo‘lsa, bu holat mahalla ahli o‘rtasida muhokama qilinib, bolaning ota-onasiga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgan.
Oila va uning muammolari hamisha davlatimizning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizda: «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega», deb belgilab qo‘yilgan.
Farzand oilada ulg‘ayadi, kamol topadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir». Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.
Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, ta’lim-tarbiya muassasalari, balki mahalla ham mas’uldir. Chunki farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasa­lari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Bolalarda ona yurtiga muhabbatni shakllanti­rish, ularning ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Shunday ekan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘si­ning yuqori bo‘lishi muhim sanaladi. Bolalarga ta­lab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlik­ning saqlanishi, bola shaxsini mehnat orqali tarbiya­lashga alohida e’tibor be­rish lozim. Boladagi o‘zga­rishlarni kuzatib borish, undagi intilish va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash darkor. Bularning barchasi ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Ichki ishlar vazirligi miqyosida ham kelajagimiz egalarining ta’lim-tarbiyasi, ularning huquqbuzarlik va jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolmasliklari borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tizimi­da faoliyat ko‘rsatuv­chi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektorlar, psixologlar tomonidan ta’lim muassasa­larida «Davomat» va «Tun» tadbirlari o‘tkazilib, qarovsiz hamda nazoratsiz yurgan bolalar aniqlanib, ular­ning ota-onasiga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga profilaktika inspektorlari hamda MFY raislarining jalb etilishi ta’sir choralarining yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar­ning bar­vaqt oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, IIV tizimida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IIVga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari, IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati, respublikamizning 14 ta hududida akademik litseylar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-aka­demik litseyida kelajagimiz egalariga sifatli ta’lim-tar­biya berib kelinmoqda.
Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari IIVga biriktirildi. Ular «Nurli maskan» maktablari deb nomlandi. Ushbu ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim-tarbiya berish, o‘quvchilarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ular­ning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan. IIV o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga ham doimiy ravishda ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, Res­publika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxi­rurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot ins­tituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlarini jalb etgan holda, «Nurli maskan» maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi.
Shu o‘rinda «Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?» degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Mutaxassis olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Buyuk bobokalonimiz Ibn Sino esa, bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidaligidayoq shug‘ullanish lozim, degan ekanlar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, mustaqil hayot­da yuqori marralarga erisha oladigan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Kelgusida yurtimizni yanada ravnaq toptirishga mas’ul bo‘ladigan farzand­larimizga shunday tarbiya beraylikкi, ular ota-bobola­riga, shonli tarixi, Vatani, ona tili, millati, dini va an’anala­riga sodiq bo‘lgan holda kamolotga yetishsin.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.



Download 123,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish