Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
77
turli vaziyatlarda fikrlarni almashishi, til va so'zlashuv normalarini to'g'ri ishlatishi
taqazo etadi.Bunday sharoitda, xorijiy tilning asosiy maqsadi kommunikativ qobiliyatni
shakllantirishdir, ya'ni chet tilida shaxslararo va madaniyatlararo muloqotni amalga
oshirishni talab etiladi.
Maktabgacha ta'lim davrida bolalarga bilim berishning chet tilini o`rgatishsiz
tasavvur eta olamaymiz. Maktabgacha ta`lim tizimini
tubdan isloh qilish uchun
yetarlicha shart sharoitlar yaratilganidan keyin u albatta pedagog kadrlar malakasi va
sifati yuksalishi uchun alohida yangicha talablar yuzaga keldi.Chet tilini o`qitish uchun
ham yangidan yangi interaktiv metodlardan ham to`laqonli foydalanish kerakligini talab
qila boshladi.Va ushbu o`zgarishlar o`zining oldiga qo`ygan maqsadini oqladi
ham.Asosiy vazifalardan biri etib, bu zamonaviy o'qitish va ta'lim
texnologiyalarini
o'zlashtirish orqali o'qituvchining pedagogik mahoratini oshirish belgilab qo`yildi. Har
qanday yangi texnologiyalarni qo'llash bilan o'qituvchining yangi pedagogik g'oyalari
boshlanadi: tizimli, metodologik tilning ravshanligi, o'quv uslubiyatida aniq taktika
paydo bo'la boshlaydi.Ta`lim jarayonining eng muhim vazifasi — o’quvchining shaxsiy
qiziqishini hisobga olgan holda unga tegishli materiallar tayorlab kelish hamda
pedagogning bolani ta`lim jarayoniga qiziqtirishi muhim hisoblanadi.
Kutilgan ijobiy
natijalarni olish uchun, bolaga tilni o`rgatish jarayonida qaysi texnologiyalardan
foydalanish
kerakligini
bilish
kerak,ushbu
texnologiylar
bolaning
Yoshi,saviyasi,bilimi,qiziqishidan kelib chiqqanligi muhim omil sifatida namoyon
bo`ladi. Noto`g`ri tanlangan har qanday texnika va metodlar aynan bolaning psixologik
xususiyatlaridan yoki bilim va qobilyatlaridan kelib chiqmay tanlangan ekan, bu bolada
bilim berish jarayonimizdagi qiyinchiliklarni olib keladi.
Eng achinarlisi bir umrga
bolaning ushbu tildan ko`ngli qolishiga olib keladi. Boladagi qiziqish 50% bolaning
ichki qobilyatidan kelib chiqqan bo`lsa, 50% pedagogning mehnati natijasi hisoblanadi.
Shu sababli ta`lim jarayoniga ma`sul har qaysi pedagog va tarbiyachilar ta`lim
texnologiyasini yaxshi o`zlashtirgan va unga amala qila olishi kerak bo`ladi. Chunki
ta`limning aynan ushbu bosqichida bolalar katalarning ayniqsa tarbiyachisining gapiga
so`zsiz itoat etadigan ,uning har bir harakati va so`zini qonun
sifatida ilib oladigan
yoshda bo`ladilar.
Pedagogik (ta'lim) texnologiyasi — o'quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish
va o'tkazish uchun o'quvchilar va o'qituvchilar uchun qulay muhit bilan birgalikda
o'quv-pedagogik faoliyatning yaxshi o'ylangan modeliga aytiladi. Pedagogik
texnologiya ta'lim jarayonining to'liq nazorat qilinadigan g'oyasini amalga oshirishni o'z
ichiga oladi.[1]
Interaktiv ta'lim usuli bilan o’quvchilar o'quv muhitida bevosita muloqot
qilishadi, bu esa o'z navbatida tajriba manbai bo'lib xizmat qiladi.
Pedagogik usullarni
tushunishda o'zaro munosabatlar o'quvchilarni va o'qituvchilarni o'qitishni tashkil
etganda, ularni tayyorlash nazarda tutadi.O’quvchi-tinglovchi, kuzatuvchi sifatida
ishlamaydi, lekin darsda faol ishtirok etadi. O'quv jarayonini tashkil etishning bunday
shakli bilan nafaqat maktab bali litsey, kollej hattoki oliy ta’lim o'quvchilari ham to'liq
ishtirokchiga
aylanishadi. O’qituvchi
vazifasi, asosan, mustaqil faoliyatni
rag'batlantirish, ularning maqsadlariga erishish yo'llarini topishdir.[2]