Bolalar xayolining xususiyatlari
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda hali xayol bo‘lmaydi. Xayolning
rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasawurlar zaxirasi
hamda juda ko‘p bilimlar kerak bo‘ladi. Tajriba esa bolaning tashqi
olamdagi narsa va hodisalami o‘zi ko‘rsatishi, voqelik hamda turli
sohalarga doir tasawur hosil qilishi katta odamlar bilan keng
munosabatda bo‘lishi natijasida ortib boradi.
Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yoshga to‘lib,
uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda
ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan
ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko'rsatadi.
Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilaming so‘zini
yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasawurlar zaxirasini bevosita
idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar
nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mavzulardagi
hikoya va ertaklami qiziqib tinglaydi. 0 ‘zi asosiy qahramon bo‘lib
qatnashadigan hikoyalami jonu-dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday
hikoya bolaga juda tushunaili bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib
turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi.
Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok
qilgan voqealaiga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklami eshitishga
juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklami tinglayotganida bolalaming
tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilmaxU va aniq tasawurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bolalar xayolining o‘sishida nutqning ahamiyati yana shundaki,
nutq bolaning yangi taassurotlar hosU qUishi va uni boyitishi bUangina
cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo‘lgan yangi-yangi
obrazlami so‘zlar bUan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki
yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hUpirab va quyoshnurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko‘rib, o‘zini polga
tashlaydi va qarang, oyi, go‘yo dengizga o‘xshaydi. Men
cho‘milayapman...” deydi. Bola nutqida shu go‘yo so‘zining paydo
bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z
bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan
ajratadigan bo‘ladi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli
juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni
ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar o ‘yinida
muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir
qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bola turmushda
ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola
qo‘g‘irchog‘ini “ovqatlantiradi”, yotqizib “uxlatadi”, uni
“erkalaydi”, “aig‘imchoqda” uchiradi. Bola katta bo‘lgan sayin o‘yinda
katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko‘p o‘rin
egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni
ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan, bola o‘ziga g‘amxo‘rlik
qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning
harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Bog‘chagacha taibiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy
faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan
dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog‘ozga chizib, nimanidir
tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati
almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga
to‘lganda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida
yangi, muhim element paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga
nom beradigan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi
bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o‘stirishga
yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina
paydo bo‘la boshlaydi. Bu nihoUami diqqat-e’tibor bilan doimo
parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalaming vazifasidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xUda rivojlanmaydi. Agar
kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o‘sgan
bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayolning ijodiy turi
ham o‘sa boshlagan .
Do'stlaringiz bilan baham: |