MAShG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-MAShG‘ULOT.
Mashg‘ulot maqsadi: so‘z boyligini oshirish, diqqatni jamlashni,
diqqatni, fazoviy tasavvurlarni, xotirani hamda motorikani (yirik va
mayda) rivojlantirish.
1) “Mevalar” mashq-o‘yini.
Yo‘riqnoma: bolalar aylana bo‘lib turadilar. Pedagog-psixolog to‘pni
birinchi bolaga tashlaydi, u to‘pni olib, birorta meva nomini aytadi va to‘pni
pedagog-psixologga tashlaydi. Keyin pedagog-psixolog to‘pni keyingi bolaga
tashlaydi. O‘yin bolalarga ma’lum bo‘lgan barcha “mevalar” aytilib bo‘lgunga
qadar davom etadi.
2) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldagi (1-ilova) rasmni topadilar va
bo‘yaydilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa.
Eslatma: Topshiriqni bajarishdan oldin bolalar bilan ushbu
mashg‘ulotda shakldagi qaysi rasmni bo‘yashni kelishib olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |