3-MAShG‘ULOT.
Mashg‘ulot maqsadi: fazoviy tasavvurlarni, ixtiyoriy (aktiv) xotirani
hamda (yirik va mayda) motorikalarni rivojlantirish, so‘z boyligini
oshirish.
1) “Sabzavotlar” mashq-o‘yini.
Yo‘riqnoma: bolalar aylana bo‘lib turadilar. Pedagog-psixolog to‘pni
birinchi bolaga tashlaydi, u to‘pni olib, birorta sabzavot nomini aytadi va
to‘pni pedagog-psixologga tashlaydi. Keyin pedagog-psixolog to‘pni keyingi
bolaga tashlaydi. O‘yin bolalarga ma’lum bo‘lgan barcha “sabzavotlar” aytilib
bo‘lgunga qadar davom etadi.
2) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldagi (1-ilova) rasmni topadi va
bo‘yaydilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa.
Eslatma: Topshiriqni bajarishdan oldin bolalar bilan ushbu
mashg‘ulotda shakldagi qaysi (avvalgidan boshqa) rasmni bo‘yashni kelishib olish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |