Buxoro Davlat Universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 9-4 S-19 guruh talabasi Akmalova Marjonaning bolalar nutqini o’stirish fanidan “Katta yoshdagi bolalar bilan muloqot”mavzusida tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. - Reja:
- 1. Pedagogning tarbiyalanuvchilar bilan o`zaro muloqot jarayoni.
- 2. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqotning o’ziga xos tomonlari
- 3. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi.
1. Pedagogning tarbiyalanuvchilar bilan o`zaro muloqot jarayoni. - Bolalar bilan muomala qilish pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun pedagog so‘zlashishni, muloqot olib borishni doimo o‘rganib borishi lozim. U bolalar bilan faoliyatni samarali olib borishni, so‘zlashishni bilishi, suhbat, hikoya kilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar bilan muloqotni yo`lga qo‘ya olishi lozim.
- Pedagogik muloqot - pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab bo’lgan o’zaro tarbiya jarayoni. Bu muloqot jarayonida ishtirokchilarni hamkorlikda ishlashi, bir-birlariga yordam berishi, harakatlarni o’zaro muvofiqligiga erishish kabilar samarali natijalar beradi. Pedagogik muloqotning unumli o’tishi pedagogik-psixologik mahoratga bog’liqdir.
Pedagog bilan bolalar o‘rtasidagi muloqot samarali bo‘lishi uchun unda yetarli darajada qobiliyat bo`lishi kerak hamda o‘z - o‘ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak: - Pedagog bilan bolalar o‘rtasidagi muloqot samarali bo‘lishi uchun unda yetarli darajada qobiliyat bo`lishi kerak hamda o‘z - o‘ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
- a) ilm – fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish;
- b) malaka, ko‘nikma va qobiliyatni shakllantirish;
- v) O`yin mashg`ulotlarda integratsiya, bog‘liklikni amalga oshirish;
- g) o‘quv mazmunini tushunarli tizim asosida qurish.
2. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqarishaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. Yosh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi
3. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolajon» dasturida bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer osti va yer usti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |