– 251 –
5. Ertalab turganingda va kechqurun yotishingdan oldin, ularni
ko‘rganingda salom ber.
6. Ularni g‘azablantiradigan amallardan yiroq bo‘l. Ko‘proq
umr ko‘rishlarini yaxshi ko‘r va shuni orzu qil. Chunki ular ham
sening salomat bo‘lishingni va umring uzun bo‘lishini orzu
qilardilar.
7. Ular biron ish buyurganlarida zinhor “uf”, dema.
8. Chaqirganlarida “labbay”, deb tezda huzurlariga etib bor.
9. Ularga ozor etishiga sababchi bo‘lma. Ya’ni, bolalar bilan
urishma va ularning ota-onalarini so‘kma. Aks holda o‘sha
yomon
bolalar ham sening ota-onangni so‘kadilar.
Bolalar lug‘ati
Labbay
– birov chaqirganda beriladigan javob
(aslida “labbay” so‘zi “mana, huzuringdaman”
ma’nosini anglatadi).
Uf
– biron narsadan shikoyat va ranjishni ifodalaydi
(aslida “uf” so‘zi “sendan bezorman”, “jonimga
tegding”, ma’nosini anglatadi. Shu sabab bu so‘zni zinhor tilga
olmaslik kerak. Ayniqsa ota-onamiz oldida “uf” demasligimiz
lozim).
Ota-onaga yaxshilik qilish
y farzand, atrofingga qara va ota-onalarning o‘z
farzandlariga qilgan ishlari haqida o‘ylab ko‘r. Ana shunda
ota-onang seni tarbiyalash va kasal bo‘lganingda davolatishda
boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarni bilib olasan.
Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘targan vaqtida qancha-qancha
og‘riqlarni tortib, qancha-qancha mashaq
qatlarni boshidan
o‘tkazdi. Seni emizish, yuvib tarash, issiq-sovuqdan seni himoya
qilishda u bechora kecha va kunduzlarni qiyinchilikda o‘tkazdi.
Sen ulg‘aygach,
senga qanday emaklash, qanday yurish, qanday
eyish va ichish, qanday gapirish, barcha-barchasini o‘rgatdi.
U har
kuni sen uchun taom va choy tayyorlaydi. Kiyimlaringni yuvib,
– 252 –
yotishing uchun joy soladi. U seni ko‘rib ko‘zi quvonadi, qalbi
shodlanib orzu-umidlarga cho‘madi.
Otang esa ishlab Alloh bergan rizqni topish uchun har kuni
uyidan chiqib ketadi. Sening rohatingni o‘ylab
qiynaladi, mehnat
qiladi. Sening eyishing, ichishing, kiyinishing, turar joying va
ta’lim olishing uchun ko‘proq pul topishga harakat qiladi. U seni
yaxshi ko‘radi va seni
hayotingda yutuqlarga erishib, muvaffaqiyat
qozonib yashashingni ko‘rishidan ham ko‘proq biron narsani
yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun sen ota-onangga itoat etib,
ularga yaxshilik qilishing kerak.
Ota-onaga yaxshilik qilishning avvali ularga itoatli bo‘lishdir.
Chunki ular bolalarini zararli narsaga buyurmaydi. Agar ota-
onang kasal bo‘lib qolsalar, ularni davola, agar ojizlanib kambag‘al
bo‘lib qolsalar, ularga puldan yordam qil. Odamlar ota-onangni
so‘kmasin desang, sen ularning ota-onalarini so‘kma. Ularga
muloyimlik bilan gapir. Ularning so‘zidan siqilma.
Agar tirik
bo‘lishsa, ularga uzoq umr so‘rab, vafot etgan bo‘lsalar, rahmat
so‘rab ularning haqqiga duo qil. Bu tarbiya qilganliklari va
yoshligingda mehribon bo‘lganliklari evaziga sendan ularga
mukofot bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: