– 246 –
zo‘ravonlik qilishdan saqlan. Chunki ularga
ziyon keltirish odobli
va mard bolalarning ishi emas.
8. Senga yordam bergan o‘rtoqlaringga va maktab ishchilariga
rahmat ayt. Chunki bu odobing go‘zalligiga dalolat qiladi va senga
nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi.
9. O‘quv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob
javoningga tartib bilan qo‘y. Shunda kerak paytda ularni olishing
oson bo‘ladi.
Sinfdoshlaringga tegishli o‘quv qurollari
va boshqa narsalarga
so‘ramasdan tegma, ularning jihoz va buyumlarini titma. Zero, bu
o‘g‘rilikka yo‘l ochishi mumkin. Biron narsa kerak bo‘lib qolsa, uni
egasidan so‘rab ol va ishlatib bo‘lishing bilan darrov qaytarib ber.
Biron narsani qaytarib berishga olib, undan keyin o‘zingnikidek
foydalanib yurishdan juda ehtiyot bo‘l!
10. Maktabni va undagi jihozlarni xuddi o‘z uyingni va undagi
jihozlarni ehtiyot qilganingdek ehtiyot qil. Devorlarga chizib-
yozma, suv jo‘mraklarini ochiq qoldirma, deraza oynalarini
sindirma va partani qalam bilan bo‘yama.
11. Senga berilgan har bir topshiriqni o‘z vaqtida bajar.
Bugungi
ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunda qilinadigan ishlar
bor. Birini keyingi kunga qoldirsang, barcha ishlaring orqaga
surilib ketaveradi.
12. Maktabdan odamlar sendan rozi bo‘lgan holda qaytgin.
Shunda Alloh sendan rozi bo‘ladi va senga hayotingda salomatlik
va barakalar beradi.
Maktabdan chiqib to‘g‘ri uyga bor. Odobsiz bolalarga o‘xshab
o‘qish tugaganidan keyin turli o‘yinlar o‘ynab, ko‘cha-ko‘ylarda
sandiroqlab, tentirab yurma.
Maktabdan qaytgach, kitob-daftar va kerakli narsalaringni
tartib bilan aniq joyga qo‘y. Ularni
duch kelgan joyga tashlab
ketma. Shunda maktabga ketayotganda yoki dars tayyorlamoqchi
bo‘lganingda, “daftarim qani, kitobimni kim oldi”, deb ota-onang
yoki aka-ukalaringdan so‘rab bezor qilmaysan. Maktabdan
kelgach, ovqatlanib, biroz xordiq chiqargach, uyga berilgan
vazifalarni bajar, mashqlarni bajar va o‘z
ustingda tinmay mehnat
– 247 –
qil. Faqat maktab darslari bilangina cheklanib qolma. Qo‘shimcha
adabiyotlar va badiiy asarlar mutolaasiga ham vaqt ajrat. Zero,
bular sening dunyoqarashing kengayishi va biliming ko‘payishiga
sabab bo‘ladi.
Ey farzand, shuni unutmaki, odob bolaning eng chiroyli
libosidir. Qara, agar maktabdagi biron o‘rtog‘ing chiroyli kiyimlar
kiyib olgan bo‘lsayu, ammo o‘zi dangasa, ishyoqmas, hamma bilan
urushib
yuradigan, so‘kinadigan odobsiz bo‘lsa, uning kiygan
kiyimiga kim e’tibor beradi? Libosi uchun kim uni yaxshi bola
deya oladi? Aksincha, biron bola o‘rtacha kiyim kiygan bo‘lsayu,
ammo o‘zi a’lochi, odobli va hammaga hurmat bilan muomalada
bo‘lsa, uning kiyimi juda chiroyli bo‘lmasa ham, barcha uni yaxshi
va odobli o‘quvchi deya tilga oladi. Demak, eng birinchi o‘rinda
maktabda ham, umuman har qanday joyda odobli bo‘lishga
harakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: