Qo‘shnisini o‘ylagan Zokir
(Ibratli hikoya)
okir yaxshi bola. Otasi boy kishi, unga hamma narsani
muhayyo qilib qo‘ygan. Afsuski, shunday qulaylik bo‘la
turib, Zokir kambag‘al va yo‘qsil kishilar qanday hayot kechirishi
haqida hech narsa bilmaydi. Bir kuni stadionga ketayotgan yo‘lda
Zokirni bir it quvlab qoldi. U itdan qochib bir tor ko‘chaga kirib
qoldi. Shu payt bir toshga qoqilib erga uchib tushdi. Ko‘zini
ochganida jarohatlarini bog‘lab qo‘yayotgan va uni parvarish
qilayotgan ayolni va o‘ziga tengdosh bolani ko‘rdi. Muhammad
bilan onasi Zokirni itdan qutqarib, uni uylariga olib kirishdi.
Zokir ularga minnatdorlik bildirdi. Ular yashab turgan uylari
shu darajada oddiy va ko‘rimsiz ekanidan ajablandi. Kechqurun
ularnikida qoldi. Zokirning tomog‘idan ovqat o‘tmadi. U oddiy
taomni eyishga qiynalib, og‘ziga olgan luqmalarni yuta olmadi.
Keyingi kuni onasi tayyorlagan ovqatni ko‘tarib Muhammadning
uyiga bordi va taomini o‘sha erda ular bilan birga baham ko‘rdi.
Demak, yaxshi kishilar o‘zidagi bor narsalarni qo‘shnilari bilan
baham ko‘rishlari kerak. Zero, hadisi sharifda “Kimki o‘zi to‘q
bo‘lib yon qo‘shnisi och holda ekanini bilib turib tunni o‘tkazsa,
u menga imon keltirmabdi”, deyilgan.
– 244 –
O‘quvchining uyidagi odobi
y farzand, uying sen uchun eng aziz makondir. Sen unda
ulg‘ayib, voyaga etasan. Ota-onang mehr-muhabbatini
shu joyda ko‘rasan, ular seni sevib-ardoqlashadi, seni yaxshi
ko‘rishadi va yaxshi inson bo‘lishingni xohlab, kerakli shart-
sharoitni muhayyo etishadi. Sen u erda uxlaysan, o‘ynaysan,
dam olasan, ovqat eysan va choy ichasan. Shunday ekan, sen u
erda chiroyli axloq va go‘zal odob bilan quyidagilarga amal qilib
yashashing kerak:
1. Maktabdan qaytganingda, uxlashdan oldin va uyqudan
turganingda oila a’zolaringga salom ber.
2. Ota-onangga itoat qil, o‘zingdan yoshi katta akalaring,
opalaring va boshqa qarindoshlaringni hurmat qil va o‘zingdan
kichkinalarga mehribon bo‘l.
3. Agar uyda xizmatkorlar bo‘lsa, urib so‘kish bilan ularga
ozor berma. Agar ulardan biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsang,
muloyimlik bilan so‘ra.
4. Uy jihozlarini, elektr qo‘ng‘iroqlarni va suv jo‘mraklarini
behuda o‘ynama, devor, o‘rindiq va ko‘rpachalarni iflos qilma.
Ularga bo‘r yoki qalam bilan chizma. Agar uyda bog‘ bo‘lsa, daraxt
shoxlari va gullarni sindirma.
5. Koptok tepib, ko‘p baqirib yoki yugirib uydagilarga
ham, qo‘ni-qo‘shnilarga ham ozor berma. Uydagi narsalarga
zarar keltiradigan o‘yinlarni uy ichida o‘ynama. Maktabdan
qaytganingda kiyimlaringni ilgakka osib qo‘y, qidirib vaqtingni
bekor ketkazmasliging uchun kitoblaringni o‘zing biladigan joyga
qo‘y.
6. Darslaringni tayyorlash uchun alohida vaqt ajrat va o‘sha
vaqtda boshqa narsaga chalg‘ima.
7. Qo‘shnilaring va ularning bolalarini ranjitma. Ularni
ko‘rganingda salom ber, muloyimlik va odob bilan muomala qil.
8. Agar biron qarindoshing yoki mehmon ota-onangni ziyorat
qilib kelsa va sen unga salom bermoqchi bo‘lsang, yuz-qo‘llaringni
va kiyimingni tozalab, odob bilan uning oldiga bor.
– 245 –
9. Tovuq, quyon, mushuk va shularga o‘xshash uy hayvonlariga
ozor berma.
Do'stlaringiz bilan baham: |