Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar
1. Sochiq, tish cho‘tka. Har bir bolaning sochiq va tish
cho‘tkasi alohida bo‘ladi. Bularni hammomning ichida tayinli
joyga qo‘yiladi. Yaxshi bola yuz-qo‘llarini va tishlarini har kuni
bir necha marta yuvadi. Tish cho‘tkani ishlatib bo‘lib, yana yuvib
qo‘yish kerak. Sochiqni ham tez-tez yuvish lozim. Agar tez-tez
yuvib turilmasa, u hidlanib qoladi.
2. Ko‘rpa-yostiq va choyshab. Uyquga yotilganda yuz ko‘rpa-
yostiq va choyshablarga tegib turadi. Choyshabni va yostiq
jildlarini o‘z vaqtida yuvib turiladi. Agar ular toza bo‘lsa, nafas
olganda havo ichga toza holda kiradi. Kitob va o‘yinchoqlarni
ko‘rpa, yostiq va choyshablar orasiga qo‘yish durust emas.
Kiyimlar ham ulardan alohida turishi kerak. Odobli bola uyqudan
turgandan keyin ko‘rpa-to‘shaklarini yig‘ishtirib, ularni chiroyli
qilib taxlab qo‘yadi.
3. Karavot, stol-stullar. Har bir bola o‘zi yotadigan karavot
changlarini artib turishga odatlani-shi kerak. Ko‘p bolalarga uyda
dars qilishlari uchun alohida stol-stullar ajratib berilgan. Yaxshi
bola-lar o‘z stol-stullarini artib turadi, ular ustiga har xil bo‘yoqlar
bilan chizmaydilar. Stolning ustini doimo tartibli tutadilar. Uning
ustiga chiqib o‘ynamaydilar. Dars tayyorlaydigan stolda ovqat
emaydilar.
Texnik jihozlar va o‘yinchoqlar
1. Kompyuter, disk, magnitofon, pleyer, tele-fonlar. Ba’zi
bolalarning otalari “bolam tezroq va ko‘proq ilm olsin” deb
qimmat turadigan zamonaviy apparatlarni olib berishadi. Bunday
apparatlarni ehtiyot qilinmasa, tezda buzilib, ishdan chiqib qolishi
mumkin. Shuning uchun ularni qadrlash kerak. Kompyuter kabi
texnika asboblarni ishlatib bo‘lgach, albatta tokdan o‘chiriladi.
Ertasiga yoqqanda yaxshi ishlaydi. Apparatlar ustini tez-tez
artib turish kerak. Artganda spirt yoki maxsus modda ishlatiladi.
Shunda ularga chang tushmaydi. Apparatda changlar yig‘ilib
qolsa, u buzilib qolishi mumkin.
– 238 –
2. O‘yinchoqlar. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan ba’zi
bolalarga ota-onasi o‘yinchoq olib beradi. Shu o‘yinchoqlarni
uyda qo‘yiladigan alohida joy bo‘lishi kerak. Ba’zi bolalar
o‘yinchoqlarini kiyimlari ichiga tashlab qo‘yadi yoki kitob-
daftarlar bilan aralash-quralash qilib tashlaydi. Bunaqada
o‘yinchoqlar kirlanadi yoki sinadi. Kitob daftarlar ham o‘yinchoq
tegib titilib qoladi. O‘yinchoqlarni ham tez-tez artib turish kerak.
Ularni otib yuborish va sindirish durust emas. Chunki ota-onasi
unga peshana teri bilan topadigan ish haqi hisobidan sotib olgan.
Shuning uchun uni qadrlab, avaylab foydalanish kerak. Dars
paytida o‘yinchoq o‘ynash noto‘g‘ri. Balki darsini to‘liq tayyorlab
bo‘lgach, biroz oz o‘ynab, charchog‘ini ketkazish bola uchun
foydalidir.
– 239 –
Do'stlaringiz bilan baham: |