Foydali nasihatlar
1. O‘zing ham, moling ham otangnikidir.
2. “Ota-onasini hurmat qilgan kishining umri
uzun bo‘ladi”.
3. “Haqiqiy farzand har bir sohada o‘z otasining
hukmiga bo‘ysunadi”.
4. O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohat topibdi.
5. Otaning xatosi uchun tanbeh beruvchi bo‘lma.
Ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi
ta-ona uchun farzandining chiroyli xulqi va odobi
muhimdir. Odobli bolaning ota-onasi kambag‘al bo‘lsa
ham hech ayb emas. Chunki har bir narsa Yaratganning xohish-
– 253 –
irodasiga bog‘liq. Ota-onasining faqirligini ayb sanash, buni
o‘zlariga aytib, taqdiridan nolish juda katta xatodir.
Ey farzand, sening ota-onang hayot ekan, sog‘-salomat ekan,
ularning qadriga et, yashab turganini g‘animat bil. Shuni unutmaki,
ota-onaning kambag‘alligi ayb emas. Aslida farzandning
odobsizligi nihoyatda katta aybdir. Odobsiz bolaning ota-onasi
boy, martabali yoki olim bo‘lsa ham odamlar e’tiborida bo‘lmaydi.
Unday bola ota-ona sha’niga isnod keltiradi. Farzandi tufayli
obro‘’-e’tibordan qolgan ota-ona kasallikka chalinadi, vaqtidan
erta qariydi, umri qisqaradi.
Odobli bolaning ota-onasi faqir va kambag‘al bo‘lsa ham
bolasi tufayli qadrli va hurmatli bo‘ladi. El-yurt orasida hurmatda,
izzatda bo‘lgan ota-onaning sog‘lig‘i yaxshi, ruhi tetik bo‘ladi.
Tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘rinadi, umri uzayadi. Shuning
uchun sen odobli va yaxshi bola bo‘lishing kerak. Shunda ota-
onangni hurmat etib, ularni xursand qilgan va qadrlariga etgan
bo‘lasan. Zero, ota-onang o‘rnini hech kim bosolmaydi.
Farzand ota-onadan doim qarzdor
ziz bolajonlar, shuni bilinglarki, atrofingizdagi bolalar,
o‘rta va katta yoshdagi kishilar marhamatli va shafqatli
bo‘lishlari mumkin. Ammo hech bir kishi sizlarga ota-onangizdek
sadoqatli bo‘lolmaydi, hech kim ota-onangizdek xizmat yo‘lida
mashaqqat chekmagan. Ota-onangiz hamisha sizlarning barkamol
va solih bo‘lishingizni xohlaydilar.
Ota-onangiz sizlarni parvarish qilishda issiq-sovuqqa
chalintirmay, sog‘-salomat, odobli va ilmli bo‘lishingizda chekkan
mashaqqatlarini, tortgan kulfatlarini, o‘zi emasa ham sizlarga
edirib-ichirganini unutmang. Hamisha ularning roziligi yo‘lida
xizmat va hurmatlarini joyiga qo‘ying. Shuni unutmangki,
ota-onangizning sizlardan umidi katta. Ular sizlarni qadrli va
hurmatli, ulug‘ kishilar bo‘lishingizni hamisha umid bilan kutib
turadilar. Shunday ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang. Har soat
va kunni g‘animat bilib, ota-onangiz ko‘nglini ko‘tarish, xursand
– 254 –
qilish harakatida bo‘ling. Zaif va nimjon vaqtingizda ota-onangiz
tarbiyalari tufayli sizlar odamga aylandingiz va o‘sib voyaga
etdingiz. Shunday ekan, ota-onaga buning evaziga doim yaxshilik
qilib, ularning duolarini olish kerak.
Aziz bolalar, ota-ona diydorini g‘animat biling. Bugun ota-
onamiz oldimizda, belimizga quvvat, g‘am va xursandchiligimizga
sherik bo‘lib turishibdi. Shunday ekan, ularni qadriga etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |