– 211 –
Chunki inson harakat qilishga yaratilgan, harakatsiz baxt-saodatga
erishib bo‘lmaydi.
3. Har kuni badartarbiya qilishga odatlangan odamga dard yaqin
kelmaydi.
4. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-
darmonga zarurat qolmaydi. Buning uchun ma’lum bir tartibga
rioya qilish ham shart.
5. Badantarbiyani tark etgan kishi yalqov va dangasa bo‘lib qoladi.
Zero, harakatsiz qolgan a’zolar zaif va nimjon bo‘ladi.
6. Badanning salomat va quvvatli bo‘lishi insonga eng kerakli
narsadir. Chunki o‘qish, o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish uchun inson
sog‘lom va tetik bo‘lishi lozim.
7. Tananing rohati taomning ozligidadir. Dilning rohati so‘zning
kamligidadir. Ruhning rohati uyquning kamligidadir.
8. Ko‘p ovqat eydiganlar ovqati badhazm bo‘ladi. Ovqati badhazm
bo‘lgan kishi doim dardmand bo‘ladi.
Ozodalik sog‘liq garovi
y farzand, agar badaning sog‘lom va tetik bo‘lishini,
aqling
o‘tkir va qalbing xushnud bo‘lishini istasang, quyidagi
nasihatlarga quloq sol:
1. Qishda har haftada kamida ikki marta issiq suv bilan,
yozda
esa har kuni bir marta iliq suv bilan yuvin.
2. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin yuzing,
qo‘llaring va oyoqlaringni yuv.
3. Odamlar oldida ko‘zing, qulog‘ing yoki burningni o‘ynab
kavlama. Chunki bu o‘sha a’zolarga zarar beradi va odamlarni
sendan nafratlantiradi. Agar ularni tozalamoqchi bo‘lsang, bir
chekkaga o‘tib, toza dastro‘mol bilan artib tozala.
4. Odamlar oldida tishlaringni kavlama va tirnoqlaringni olma.
Chunki bu juda xunuk odat.
5. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin misvok va
tish cho‘tkalari bilan tishlaringni tozalab yuvgin.
Chunki ovqat
qoldiqlari milk va tishlarga zarar etkazib, og‘izning hidini buzadi.
– 212 –
6. Yuz artiladigan sochiq, tish cho‘tka, uxlaydigan krovat,
yostiq, yopinchiq va taroq kabi narsalar alohida o‘zingniki bo‘lsin,
ularni sendan boshqa odam ishlatmasin.
7. Suvni toza va sof holida ich.
8. Yuzing, taoming yoki ichadigan
ichimligingga pashsha
qo‘nishidan ehtiyot bo‘l. Chunki u ko‘pincha yuqumli kasallik
mikroblarini olib yuradi, ana shularni senga ham yuqtirishi
mumkin.
9. Odamlar senga hurmat-e’tibor
va havas bilan qarashlari
uchun kiyimlaring tozaligiga va ko‘rinishing chiroyli bo‘lishiga
e’tibor ber.
10. Zararli hasharotlar bo‘lmasligi uchun yashaydigan uying
toza bo‘lishiga harakat qil.
11. Sen uxlaydigan xonaning havosi buzilmasligi uchun quyosh
nurlari kirib turadigan tarafda bo‘lsin.
12. Maktab qurollari va uyda o‘ynaydigan o‘yinchoqlaring
tozaligiga rioya qil. Shunda ularning ko‘rkamligi saqlanib, bolalar
bilan o‘ynaganda qo‘llari kir-chir bo‘lmaydi. Qo‘llaring yoki
kiyimlaringni siyoh bilan ifloslama.
13. Doimo toza joylarda o‘yna va sayr qil.
Do'stlaringiz bilan baham: