Ko‘chada holva egan bola
(Hikoya)
ir kichkina bola ko‘chada o‘ynab o‘tirganda holva
sotuvchi o‘tib qoldi. U sotib yurgan holvasini pashsha va
changlardan ehtiyot qilmas edi. Bola bir tanga berib, holvasidan
sotib oldi. Bir necha kundan keyin qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi
va otasi uyga tabib chaqirib keldi. Ko‘p savol-javoblardan keyin
tabib uning kasali holva eyishdan kelib chiqqanini aniqladi. Uni
davolash uchun bezgak kasalliklari shifoxonasiga olib borishga
buyurdi. Oilasi iztirob chekib, otasi uni davolashga ko‘p pul
sarfladi. U kasalxonada bir oy yotib, tuzalib chiqdi.
– 213 –
Toza tutish kerak bo‘lgan narsalar
iz o‘zimizni ham, atrofdagi narsalarni ham doim ozoda
saqlashimiz lozim. Har birimiz besh xil narsani toza
saqlashni o‘rganishimiz kerak. Ozoda saqlanishi shart bo‘lgan
besh xil narsa mana bular:
1) Tana a’zolari;
2) Kiyimlar;
3) Shaxsiy buyumlar;
4) Uy va xonalar;
5) Atrof-muhit.
Tana a’zolarini toza tutish
arbiyali bola o‘z tanasini ozoda va pok tutadi. Ammo
ba’zi a’zolarni boshqasiga qaraganda ko‘proq yuvib turish
kerak.
Tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan tana a’zolari quyidagilar: 1)
Qo‘l; 2) Yuz; 3) Tish; 4) Burun; 5) Bosh; 6) Oyoq.
1) Qo‘l. Qo‘l juda ko‘p foydali xizmatlarni bajaradi. Biz qo‘limiz
bilan yuzimizni va tanamizning barcha a’zolarini yuvamiz. Qo‘lda
ovqat eymiz, bir-birimiz bilan qo‘l berib co‘rashamiz. Qo‘lda bir
narsani olamiz yoki beramiz. Shuning uchun qo‘llarimiz doimo
toza bo‘lishi shart. Tirnoqlarni o‘stirib yubormasdan olib turish
ham qo‘lning tozaligini ta’minlaydi. Bola tirnog‘ini o‘zi ololmasa,
kattalarga aytib oldiradi.
2) Yuz. Yuz hammaga ko‘rinib turadigan a’zodir. Tananing
boshqa a’zolari ko‘pincha kiyim yopib turadi. Ammo yuzni
kiyim yopmaydi. Chang va kirlar yuzga tez yopishadi. Shuning
uchun yuzni boshqa a’zolarga qaraganda ko‘proq va tez-tez
yuvib turish zarur. Odamlar bir-birlari bilan gaplashganda yuzga
qarab gaplashadilar. Yuzi kir bo‘lgan holda boshqalarning ko‘ziga
ko‘rinish uyat sanaladi.
3) Tish. Alloh tishlarni chiroyli qilib yaratgan. Ularni avaylab
asrash kerak. Tishlar sog‘lom va oppoq bo‘lsa qanday yaxshi!
– 214 –
Oppoq tishlar insonga chiroy bag‘ishlaydi. Tishlar ovqatni
chaynab, maydalab beradi. Agar ular toza bo‘lsa, ovqat ham
qoringa pokiza holatda kiradi. Tishlarni tez-tez yuvib turilmasa,
ular orasida kir to‘planadi yoki hidlanadi. Bu kirlik ovqatga
qo‘shilib, qoringa tushsa, odam kasal bo‘lib qoladi.
Tishini yaxshi yuvmaydigan bolaning tishi ko‘p og‘riydi.
Tish og‘rig‘i juda yomon. Tishga e’tibor berilmasa, u sarg‘ayib,
xunuk tus oladi. Tishi hunuk bo‘lib yurish ham durust emas.
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tishlarni yaxshilab yuvish zarur.
Aks holda og‘izda yoqimsiz hid paydo bo‘lib, yonidagi odamga
ozor beradi.
Tishni har kuni ikki marta misvok yoki pas ta (ma’jun) bilan
yuvish kerak. Payg‘ambarimiz tahorat olayotganda tishini misvok
bilan yuvganlarni maqtaganlar. Odamlarning oldida tishni
kavlash xunuk odat. Bu beodoblikdir. Agar kavlamoqchi bo‘lsa,
qo‘li bilan og‘zini to‘sib kavlashning zarari yo‘q.
4) Burun. Alloh burunni ham muhim vazifa uchun yaratgan.
U nafas olishimizga yordam beradi. Agar burun toza bo‘lsa,
inson yutayotgan havo ichkariga sof va bezarar holatda kiradi.
Odobli bola hech kimning ko‘zi tushmaydigan joyda burunlarini
qoqib, tozalab oladi. Birovning oldida aslo burnini tortmaydi va
kavlamaydi. Ba’zi bolalar esa hadeb burnini tortaveradi. Bunaqa
odat hech kimga yoqmaydi.
Inson aksirganda yoki yo‘talganda yuzini chetga burishi
kerak. Og‘zi va burnini dastro‘mol yoki engi bilan to‘sishi lozim.
Chunki bunday paytda burun va og‘izdan zararli moddalar
otilib chiqadi.
5) Bosh. Inson hayoti uchun juda zarur hisoblangan a’zolar
– miya, quloq, ko‘z, burun va og‘iz boshda joylashgan. Demak,
boshga yaxshi ahamiyat berish lozim. Uni tez-tez yuvib turish
talab etiladi. Qizlar sochlarini haftada kamida bir marta yuvib
turishi kerak. O‘g‘il bolalar sochlarini ko‘p o‘stirib yuborishlari
durust emas. Sochni bir oyda bir marta olinadi yoki qisqartiriladi.
Bosh, ko‘z, quloq, burun va og‘izni oynaga qarab tozaligini
tekshirib turish kerak.
– 215 –
6) Oyoq. Oyoq ko‘pincha paypoq ichida bo‘lgani uchun ko‘zga
tashlanmaydi. Ammo uni ham vaqtida yuvib turilmasa, undan
yomon hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun tahorat paytida
oyoqning panjalari orasini barmoq bilan ishqalab yuviladi.
Shunda ular pokiza va sog‘lom bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |