Har bir sohada tozalik muhimdir
ar bir sohada tozalikka ahamiyat berish va poklik sari
intilish taraqqiyotning asosidir. Yuqorida insonning
tanasi, uy-joylari va liboslari toza bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi.
Ammo biz yana bir a’zoning pokligiga alohida e’tibor berishimiz
lozim. Bu qalbdir. To‘g‘ri, bolalar qalbi tug‘ilganida pok va
ma’sum holda tug‘iladi. Bu a’zoni odob va xush xulqlar har xil
chirk va iflosliklardan asraydi. Ammo tengdoshlaringiz ichida
yomonlik qilishni qalbida asrab yuradigan bolalar ham uchrashi
mumkin. Shunday ekan, har qanday zararli ishlardan saqlansak,
qalbimizni ham toza saqlagan, uni turli ma’naviy kirlardan pok
tutgan bo‘lamiz.
Zararli odatlardan uzoq bo‘ling!
urmatli bolajonlar, hayotda inson sog‘lig‘i va ruhiy
holatiga zarar keltiruvchi narsalar ko‘p. Masalan, mast
qiluvchi ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning
sog‘lig‘imiz uchun zarari katta. Chunki mast qiluvchi ichimliklar
inson aql-hushini ketkazadi, unga har taraflama ziyon etkazadi.
Tamaki esa salomatligimizning asosiy kushandasidir. Hatto uning
hidi ham o‘ta zararli. Tamaki chekkan odam xavfli rak kasalligiga
chalinishi ilmiy tomondan tasdiqlangan. Yana chekuvchi
kishilarning og‘zi, kiyimlari va qo‘lidan badbo‘y hid kelib turadi.
Shunday ekan, bolalar, bunday zararli narsalar o‘rniga foydali
bo‘lgan taomlar, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish sog‘likka juda
foydalidir.
– 216 –
Janjalkash bola
(Ibratli hikoya)
okir a’lochi o‘quvchi, ammo uni o‘rtoqlari uncha
yoqtirmaydi. Chunki u doim kim bilandir janjallashib-
tortishadi, murosani bilmaydi. Kuz kunlarining birida bolalar
ko‘l bo‘yida yig‘ilishdi. Ular ko‘llar va dengizlar haqida gaplashib,
dengizlar ko‘llarga nisbatan sovuqroq va chuqurroq bo‘lishi
haqida tortishib qolishdi. Ammo Zokir o‘z odatiga ko‘ra bolalar
fikriga qarshi borib, o‘zining gapini ma’qullardi.
Ammo bu gal do‘stlari odatini yaxshi bilishgani uchun
uning fikriga qo‘shilishmadi. Shundan keyin ular o‘ynab mayda
toshchalarni ko‘lga ota boshlashdi. Bu mayda toshchalar suv
sathida cho‘kmasdan turardi. Shu kuni Foruq boshqalarga
qaraganda ko‘proq xursand edi. Foruq otgan toshlar suv sathida
cho‘kmasdan turganini ko‘rgan Zokir hasad qilib undan so‘radi:
“Qo‘lingdagi toshlarni ko‘rsam maylimi?”. Foruq kaftini ochganda
Zokir uning kaftidagi toshlarni birma-bir ko‘zdan kechira
boshladi. Aslida esa bu toshlar boshqa toshlardan farq qilmasdi.
Ammo urush-janjalni yaxshi ko‘ruvchi Zokir unga dedi: “Ko‘rib
turibmanki, sen eng kichik va eng engil, qog‘ozdek yupqa toshlarni
yig‘ibsan. Bunaqa toshlari bor kishi yutib chiqishi kerak”.
Foruq fe’li keng bola edi. Shuning uchun Zokirga qarab
dedi: “Gapingga qo‘shilaman, kel, bo‘lmasa toshlarimizni
almashtiramiz, bu toshlarni sen olgin-da, qo‘lingdagilarni menga
ber”.
Lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Shunda avtohalokatga
uchrab, cho‘loq bo‘lib qolgan Haydar degan bola Zokirga yaqin
borib, unga odob bilan dedi: “Aziz do‘stim, bugun o‘yinda yutib
chiqa olmaganing uchun kayfiyating yaxshi emas”.
Yutqazgani alam qilib, Zokirning rosa jahli chiqdi va unga qarab
baqirdi: “Biz nima qilayotganimizni tushunmaysan, sen cho‘loq!”
Zokirning Haydarga aytgan gapi boshqa bolalarga ta’sir qilib:
“Nega bunday deysan? Uning ko‘nglini og‘ritding”, deb Zokirga
tanbeh berishdi. Zokir qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi...
– 217 –
Do'stlaringiz bilan baham: |