Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Hunarmandchilik va savdo-sotiq. SHaharlar



Download 1,89 Mb.
bet135/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Hunarmandchilik va savdo-sotiq. SHaharlar. Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan bo’lishiga qaramay, yarim ko’chmanchi xo’jaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunarmandchilikning asosiy sohalaridan biri to’qimachilik edi. Ko’chmanchi aholining turli matolarga bo’lgan talabi va qisman tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi to’qimachilik sanoati rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan. Matolar asosan qo’lda tayyorlangan.
Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik duradgorlik kabi anhanaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan. Manbalar shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tayyorlovchilar (pazachi), ot abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar, bo’yoqchilar, telpakdo’zlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida mahlumotlar beradi.
Xivada gilam to’qish o’zining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam to’qish bilan turkmanlar ham shug’ullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur bo’lgan. Umuman olganda, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan.
XVI asrning oxiriga kelib Amudaryo asosiy o’zaning o’zgarishi Xorazmning tashqi savdo aloqalariga ham tahsir etdi. Xorazmning ilgarigi savdo markazlari o’z ahamiyatini yo’qota borib, Rossiya bilan savdo aloqalarida Volganing qo’yi oqimlari orqali yo’llar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Astraxanda xivalik savdogarlarga imtiyozlar berilgan bo’lib, ular rus sado yarmarkalarida ishtirok etib turganlar. XVIII asrning o’rtalaridan boshlab, Orenburg shahriga asos solingach Xiva savdogarlari Uralbo’yi orqali savdo-sotiqni yanada jonlantirdilar. Xivadan Rossiyaga paxta matolar, mevalar, qimmatbaho toshlar, qog’oz mahsulotlari, parcha va buyum shaklidagi ipak va yarim ipak matolar, gilamlar, tuya junidan matolar, qisman qorako’l, guruch, sayg’oq (kiyik) shohi, kashmir matosi kabi mahsulotlar olib borilgan. Rossiyadan esa Xivaga oltin va kumush tangalar, mis, cho’yan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar, bo’yoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan.
Xiva xonligi savdogarlari qo’shni Buxoro va Qo’qon xonliklari bilan, shuningdek, Xitoy, Eron, Afg’oniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borganlar. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. CHet davlatlardan asosan turli matolar, metall, ziravorlar, bo’yoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi mahsulotlar keltirilgan.
Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Xazorasp, Qo’ng’irot, SHohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning mahlumotlariga ko’ra, XIX asrning birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan o’rab olingan savdo markazi bo’lib, unda bir yarim mingta xonadon bo’lgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qo’qon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashg’ar, Mashhad, Qobul bozorlarida ham ko’plab uchratish mumkin bo’lgan. Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga mo’ljallangan bo’lsa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. SHaharda 300 ga yaqin savdo do’konlari bo’lgan.
XVII- XVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, machit va madrasalari bilan shuhrat qozongan bo’lib, XIX asrning birinchi yarmidan o’z ahamiyatini yo’qota boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qalhaga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin do’konlar bo’lib, seshanba va shanba kunlari bozor bo’lgan.
Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylashgan Xazorasp shahri barcha qo’layliklarga ega edi. SHaharda sakkizta machit va shuncha madrasa bo’lib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo do’konlari mavjud bo’lgan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan do’konlarda va qisman uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari bo’lgan.
Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gurlan edi. Manbalarga ko’ra, XIX asrning o’rtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qo’shib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon istiqomat qilgan. SHaharda ko’plab machit va madrasalar, bog’lar tutzorlar bo’lib, dalalardagi sholi, paxta va bug’doydan yaxshi hosil olingan.
Mahlmuki, XVII asrning boshlariga kelib Xiva butun xonlikning poytaxtiga aylangan edi. Arabmuhammadxon davrida Xivada yirik madrasa bunyod etilgan bo’lsa, Abulg’ozixon davridan boshlab shaharning siyosiy – mahmuriy va iqtisodiy mavqei yanada ko’tarildi. Poytaxt shahar sifatida shaharning mavqeini mustahkamlash maqsadida XIX asrning oxirlariga qadar Xivada ko’plab machit va madrasalar, bozorlar va karvonsaroylar, saroy va minoralar, hammomlar bunyod etildi. Manbalarga ko’ra, Xiva bozorlari haftaning deyarli barcha kunlari ishlab, raislar tomonidan boshqarilgan. Rus sayyohlari Xiva bozorlarini gavjumligi va mahsulotlarga boyligi, ajnabiy savdogarlarning ko’pligi bilan Buxoro va Qo’qon bozorlaridan qolishmasligi haqida mahlumotlar qoldirganlar.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish