Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi



Download 1,89 Mb.
bet134/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Soliq siyosati. Xova xonligida qo’shni davlatlarda bo’lgani kabi xiroj, zakot, boj, jizhya kabi soliqlar mavjud bo’lgan. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga o’zgartirishlar kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot ko’rinishida yig’ib olinadigan xiroj o’rniga pul solig’i solg’it (solg’ut) joriy etildi. Bunga ko’ra, 10 tanobdan ortiq yeri bo’lganlar yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 tanob yeri bo’lganlar 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri bo’lgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga) miqdorda soliq to’laganlar. 15 tanobgacha yerni ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 22.6 tanga, 5 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 11.3 tanga miqdorda soliq to’laganlar. Ijarakor dehqonlar davlat xazinasiga soliq to’lashdan tashqari, ijaraga yer bergan xo’jayinga pul yoki mahsulot bilan haq to’lashi yoxud ishlab berishi lozim bo’lgan.
Xonlikdagi yarim o’troq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan miqdorda xiroj va zakot to’laganlar. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj solig’i soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga ko’ra, qoraqalpoqlar va qo’ng’irotlilar ekin maydoni va hosil miqdoridan qathiy nazar davlat xazinasiga har yili 24.5 ming kichik tillo miqdorida soliq to’lab turganlar. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi yersiz va ot-ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor bo’lsalar hosilning har 4 yoki 5 botmoni hisobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq to’laganlar.
CHorvador aholi xon xazinasiga zakot solig’i to’lagan. XIX asr boshlariga qadar bu soliq natura ko’rinishida, 40 bosh chorva hisobidan bir bosh undirilgan bo’lsa, keyingi davrlarda zakotni undirishga o’tilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva uchun 40 bosh chorvadan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10 abbos – 25 kumush tanga) miqdorida soliq to’laganlar.
Yuqoridagilardan tashqari xonlikning barcha o’troq, yarim o’troq va ko’chmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq solig’i, ulov tutuv, qo’nalg’a, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, darvozabon, mir tuman haqi, afanak ruli kabi qo’shimcha to’lov hamda majburiyatlarni ham bajarganlar. Ular orasida eng og’iri qazuv, qochuv va begor bo’lib, bu davlat qurilishi, ariqlarni va daryodagi dambalarni tahmirlash, qalha, saroy, shahar devorlari, yo’l va ko’priklar qurilishi hamda tahmirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburiyati bo’lgan.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish