Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari



Download 1,89 Mb.
bet131/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari. Xivada davlatni boshqarish bo’yicha islom dini mafkuraviy asosni tashkil etgan. Qonunlar shariat tartib va yo’riqlari asosida amal qilgan. SHayx ul-islom – xonlikdagi eng yuqori martabali kishi edi. U diniy marosimlarning aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Marosimlar paytida shayx ul-islom xonning o’ng tomonida o’tirish huquqiga ega bo’lgan.
Qozi ul-quzot (qozi kalon) – musulmon huquqi va qonunlar bajarilishini shariat asosida nazorat qilgan. Qozi kalon poytaxtda o’z devoni va mahkamasiga ega bo’lgan. Viloyat markazlarida ham viloyat qozisi bo’lgan. Ular mahkamalarining nomi Dor ul-qazo deb atalgan. Lashkarlardagi qonun-qoidalar ketidan qozii askar (askar qozisi) nazorat qilib, shahriy masalalarni hal etib turgan.
Mufti – qozilarning huquqshunoslari hisoblangan. Ular biror ish ko’rilayotgan paytda ishtirok etishlari, hukmona tuzishlari va hukmlarning to’g’riligini tasdiqlash uchun hujjatlarga muhrlarini bosishlari lozim edi. Xivada bosh mufti yettita bo’lib, barcha muftilarning xon yonida o’rni bor edi. Lashkarda o’zining mufti lashkari xizmat qilgan.
Ahlam – muftilarning boshlig’i hisiblangan. Uning vazifasi fatvolarda keltiriladigan shariat rivoyatlarini tekshirishdan iborat bo’lib, ayrim rivoyatlarning asl nusxasiga mosligini aniqlagach, ahlam unga o’z muhrini bosgan.
Raislar – shariat tartib-qoidalari, diniy marosimlar – ro’za, besh vaqt namoz, tahorat, xayri-ehson ishlarining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Ota-analar bolalarini o’z vaqtida maktabga yuborishi, bozorlarda sotuvchilar xaridorlarni aldamasligi tarozilarni tekshirib turish ham raisning vazifasi bo’lgan. Har bir shahar va katta qishloqning o’z raisi bo’lib, qozi kalon taqdimiga muvofiq xon tomonidan tayinlangan.
Mutavalli – diniy muassasalarda xayr-ehson mablag’lari va xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi xo’jalik noziri. Mutavallining vazifasi vaqf mulki, undan foydalanish va keladigan daromadni nazorat qilish, uni taqsimlash, ijaraga berish, oxun va mudarrislarga maosh to’lash kabilardan iborat edi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish