Mavzu bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, O’zbekiston. 2012.
2.Davlat qurilishi va boshqaruvi. Mualliflar jamoasi. Toshkent. Akademiya. 2007.
3.Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvi organlari tizimi va mahuriy islohatlar. Toshkent. 2005.
4.Rustamboev M.X. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: prezidentlik instituti. Toshkent. TDYuI. 2002.
5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent-O’zbekiston. 2012.
6. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2003, 23-son
Glossariy
Avorizot – favqo’loddagi xarajatlar uchun to’planadigan yig’im.
Avqof – masjid va madrasalarning vaqf xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi.
Ajam – arab halqlari va mamlakatlaridan o’zga yurt va xalqlar.
Azarxurra – otashparastlar sig’inadigan muqaddas olov, o’t.
Ayl – Amir Temur asqariy qismlarining o’n nafarli bo’linmasi.
Aylboshi - o’n nafarli askariy bo’linmaning kichik zobiti askarboshi.
Akkor – koranda, qishloqning ziroatkor aholisi.
Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri.
Amir ul-umaro – amirlar amiri, bosh sarkarda.
Animizm – ruh va jonga ishonish; ota – bobolar ruhiga sig’inish.
Ariz – Qo’shin tahminoti bilan shug’ullanuvchi vazir.
Ark – ichki qalha, hukmdorning shahar ichidagi qo’rg’on – saroyi, qarorgoxi.
Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi.
Atrabon – otashparastlik ibodatxonasining ruhoniysi, otashgoh xizmatchisi.
Axriman – zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o’lim, gunoh va barcha yovo’zliklar.
Axuramazda - zardushtiylik dinining bosh tangrisi, yorug’lik, farovonlik, sihat – salomatlik, tinchlik va barcha ezguliklar xudosi.
Band – Toshlardan bino qilingan suv omborining to’g’oni; suv ombori; to’g’on.
Banno – g’isht teruvchi binokor.
Bantak – qo’l.
Barzikor – qo’shchi, ziroatkor, qishloqning mexnatkash aholisi.
Barid – kirim.
Barot - ijaraga olish.
Bek – el-yurt, viloyat hokimi.
Begor – jamoat ishlariga safarbar etish; hashar.
Biy – urug’ qabila oqsoqoli.
Boj – savdogarlardan olinadigan soliq.
Borgoh – podshoh saroyidagi qasr, qabulxona.
Bosqoq – mug’ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim.
Burong’or – qo’shinning o’ng qanoti.
Burj – shahar va qalha devorlari va minoralari.
Burg’u – karnay.
Bo’dun – chorvador aholi; qora bo’dun – qora, oddiy xalq.
Vazir – devonxona boshlig’i.
Vazkirom – soliq yig’uvchi, moliya xodimi.
Vag’n – ibodatxona.
Vag’npat – ibodatxona ruxoniysi.
Vag’nze – ibodatxona yer va mulklari.
Visoqboshi – to’rt nafarli askariy guruh boshlig’i; chodir boshlig’i.
Dapirpat – kotib, elchi, sarkotib.
Debo – tovlanuvchi nafis ipak mato.
Devon – vazirlar mahkamasi.
Devonbegi – vazirlar mahkamasining bosh mahmuri.
Dehnishin – o’troq, qishloq aholisi.
Dehqon – ilk o’rta asrlarda “qishloq hokimi”, yer egasi.
Digir – charxparrak va chiqirlarga ariqdan yoki chiqir xandakdan suv botirgich ko’za.
Dinor – bir misqol (4,8gr) og’irlikda zarb jtilgan oltin yoki kumush tanga.
Dovul – katta nog’ora.
Dorug’a – harbiy mahmur.
Dorug’ona – dorug’alar foydasiga olinadigan to’lov(soliq).
Dudang – hosilning oltidan ikki hisobida olinadigan dehqonchilik solig’i.
Do’lob – charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx.
Yom – jom, savdo yo’llaridagi qo’noq.
Jizhya- islom diniga o’tmaganlardan olinadigan jonboshi solig’i.
Jomeh – masjid – juma kunlari jamoat nomozi o’qiladigan katta masjid.
Joriya – cho’ri.
Juvong’or – qo’shinining so’l qanoti.
Juybon – suv taqsimlovchi mirob.
Zobitona – kirimni hisoblovchi moliya xodimi uchun olinadigan to’lov (soliq).
Zakot – chorvadan olinadigan soliq; to’plangan boylikdan daromad solig’i.
Zarbxona – chaqa va tangalar zarb etiladigan ustaxona.
Izofa – zahira qism.
Ilmi aro’z – poetika.
Ilm hayhat – astronomiya.
Ixshid – ilk o’rta asr viloyat hokimi, xon yoki amir avlodlari.
Iqtoh,iqtah – yirik mansabdorga hadya etilgan yer va mulk.
Kadivar – ilk o’rta asrlarda yirik yer egalariga qaram bo’lgan ziroatkor qishloq aholisi; chorikor.
Kay yoki kava – pahlavon, botir yo’lboshchi (hukmdor).
Kalavachi – ip yigiruvchi.
Kalon – XIII asrdagi yer solig’i.
Kanbul – qo’riqchi askariy bo’lima.
Karbos – bo’z; paxta ipidan to’qilgan mato.
Kashovarz – ilk o’rta asrlardagi ozod qo’shchi, ziroatkor.
Kahhol – ko’z tabibi.
Keshik - XIII asrda mug’ullar qo’shinidagi zahira qism; gvardiya, guruh.
Kibor – aslzoda ulug’ kishilar.
Koriz – yer osti suv inshooti.
Korikor – xizmatkor.
Kofiya – arab tili morfologiyasi.
Koshin – sirli, rangdor, qurilishdagi sopol bezak.
Koh – saroy, ichki qalha, ark, o’rda.
Kohin – ibodatxona xizmatchisi.
Koroplastika – mahbudalarning sopol haykalchalari.
Kuhandiz – hukumdor qarorgohi, akropol, poytaxt.
Ko’ragon – xon kuyovi.
Ko’shk – istehkomli baland qo’rg’on.
Labirint – tanbur, dalon, darvoza oldi istehkomi (adashtiruvchi yo’lak).
Lavh – yozuv taxtasi, yozuv kursichasi, yoki kursi.
Lak – yuz ming.
Lahm – yer osti yo’li.
Loyqoq – sel loyqalari qoplangan maydon.
Madrasa – oliy diniy imgoh.
Majus – otashparast.
Majusiy – otashparastlik dindori.
Manglay – ilg’or guruh.
Mesh – suv yoki qimiz olib yuradigan teri xalta yoki to’rva, sanoch.
Mirixazora – minglik harbiy bo’linmaning amiri (sardori).
Mirob – suv xo’jaligi boshqaruvchisi.
Mirobona – suv solig’i.
Mirrix – Zardo’shtiylardagi urush, jang va g’alaba tangrisi.
Moi sardaraxt – bog’ va daraxtzorlardan olinadigan soliq.
Mo’zoriy – qo’shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi.
Mulk - hususiy yer.
Mulki vaqf – madrasa va masjidlar tasarrufidagi yer-mulk, xayrli ishlar uchun ajratilgan mol – mulk.
Mulki devoniy – davlat yerlari.
Mamlakai xos – davlat mulklari.
Musallas – o’zum yoki mayizdan tayyorlangan shirin sharob, may, xaoma.
Mustafiy – markaziy hokimyat devonxonasi daftardor hisobchisi; moliya vaziri.
Muxassilona – soliq yig’uvchilar uchun to’lov.
Muhrkash – chit va matolarga gul bosuvchi.
Muxtasib – tosh – tarozu, narx – navo va mafkura nazoratchisi.
Mushrif – saroy ish boshqaruvchisi.
Muqtoh yoki iqtidor – iqtoh yer va mulklariga ega bo’lgan yer egasi.
Muhoraba (mahoraba) – jang, urush, harbiy to’qnashuv.
Muhrdor – devonxonaning muhr saqlovchisi; muhr bosuvchi, muhr sohibi.
Naus – otashparastlar xilxonasi, ostadonlar saqlanadigan mozor-qo’rg’on.
Naf – shahar va qishloq aholisi.
Naftandoz – neftli va pilikli ko’zachalarni irg’itadigan palaxmon, harbiy moslama.
Namozgoh – iyd ibodatlari o’qiladigan masjid; iydgoh.
Nova (nov) – suv tashlag’ich tarnov; suv tashlag’ich.
Nohid – Zardo’shtiylardagi hosildorlik va farovonlik mahbudasi.
Ostadon (ossuariy) – sopol tobutcha.
Otashgoh – muqaddas o’choq; o’txona, olovxona.
Ohangar – temirchi.
Payza – Mug’ullar davrida imtiyozli shaxslarga beriladigan yorliq.
Paykon – kamon o’qi yoki nayzaning tosh, suyak yoki metalli uchi.
Palahmon – toshotar; harbiy qurol.
Pandus – ko’tarma yo’l.
Parchin – sirlangan rang–barang g’isht parchalari.
Poykor – kichik mirob; qishloq mirobi.
Rabod – tashqi shahar, karvonsaroy.
Rais – shahar hokimi.
Rahdandoz – o’t otg’ich; harbiy qurol.
Riyoziyot – matematika.
Savqo’ljaysh – strategiya.
Sadoq – o’qdon.
Sadoqxona – kamon va o’qdonlar ombori.
Sardoba (obdon) – pishiq g’ishtdan qurilgan gumbazli hovo’z; suvxona.
Sarishumor – jonbosh solig’i.
Sarrojlik – egar va jabduq yasovchi ustaxona.
Satrap – viloyat noibi (ahamoniylar va antik davr).
Satrapiya – mahmuriy bo’lim, viloyat (ahamoniylar va antik davr).
Strateg – mudofaa va qo’shin vaziri (antik davr).
Saxronishin – sahroyi, tuyakash.
Sohibqiron – kunchiqish va kunbotish egasi, jahon egasi, jahongir, adolat sohibi.
Sohibi jamoa – xosil miqdorini belgilovchi mahmur uchun yig’iladigan to’lov.
Sohibi muayyid – maktubot va ahborot vaziri.
Sohibi shurot – harbiy vazir.
Suvoriy – otliq askar.
Suyurg’ol – oliy tabaqa zodagonlariga inhom qilingan yer-mulk.
Tavajjuhoti xorijiy – favqo’loddagi xarajatlar solig’i.
Tamg’a – savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.
Tanob – 200-250 kv m hajmdagi yer maydoni.
Tarbiyat ul-jaysh – harbiy taktika.
Tirkash – kamondan o’q o’zadigan nishon tuynugi.
Totem – urug’ yoki qabila jamoalari sig’inadigan hayvon, o’simlik yoki jism.
Totemizm – totemlarga sig’inish.
Toq yoki Tim – usti yopiq bozor va hunarmandchilik rastasi.
Tudun – turk hoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili, viloyat hokimi.
Tuman – o’n minglik harbiy qism.
Tuman og’asi – o’n minglik askariy qism amiri, qo’mondon.
Tug’ro – davlat nishonasi, ramzi, gerb.
Usturlob – astranomiya asbobi.
Ushr – hosildan 10% hisobida olinadigan dehqonchilik solig’i.
Farmondor – boshqaruvchi.
Farna – Zardo’shtiylardagi baxt va tole xudosi.
Fulus – mayda mis chaqa.
Xabargir – xabarchi, ayg’oqchi, kuzatuvchi.
Xazora – minglik askariy bo’linma.
Xandaq – mudofaa inshooti, zovur.
Xaraju maraj – boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, beboshlik.
Xatib – din peshvosi.
Xattot – kitob va risolalar ko’chiruvchi kotib.
Xvabu – viloyat hokimi, yirik yer egasi.
Xvatov – hokim.
Xiroj – hosilning 25-33% hisobida olinadigan qishloq xo’jalik solig’i; XV asrda bu soliq “mol” deb yuritilgan.
Xonashumor – har xonadondan olinadigan jonboshi solig’i.
Xonaqoh – g’aribxona, musofirxona.
Xonbandi (konbandi) – suv ombori, katta hovo’z.
Xoqon yoki qog’on – hukumdor, podsho.
Xubbi – Zardo’shtiylardagi suv xudosi, suv mahbudasi.
Xushun – yuz nafarlik harbiy bo’linma.
Xushunboshi – yuzlik bo’linma zobiti;
CHilangar – temirchi.
CHilangarlik – temirchilik.
CHiqir – tuya yoki ho’kiz qo’shib aylantiriladigan suv ko’targich inshoot.
CHokar – harbiy drujina, ko’ngillilar to’dasi.
CHokardiza – chokarlar qalhasi, turar joyi.
CHorikor – hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo’shchi ziroatkor.
CHohpar – o’ra.
SHayxulisom – din va ilm peshvosi.
SHahriston – ichki shahar.
SHod – O’n minglik lashkar boshlig’i.
SHulen – XIII asrda olingan oziq-ovqat solig’i.
Eloq – kichik yurt, kichik mulk.
Etnogenez – xalq va elatlarning kelib chiqishi.
Yabg’u yoki jabg’u – el-yurt hokimi, mahalliy hokim.
Yasovul – soqchi.
Yasoqlar – CHingizxon joriy etgan qonun-qoidalar to’plami.
O’lpon – yer solig’i.
O’rdugoh – qo’shin lageri to’xtaydigan qo’noq; podsho qarorgohi.
O’tloq va suvloq – yaylovlardan olinadigan soliq.
Qabo – ustki kiyim, yopinchiq.
Qayr – daryo, anhor yoki shohariq bo’ylaridagi tabiiy namli yerlar.
Qam – shaman, ko’k tangriga sig’inuvchilar ehtiqodi.
Qasr – saroy, oliy va hashamatli bino.
Qopchur – mug’ullar davrida chorvadan olinadigan soliq.
Qoraxon – buyuk xoqon.
Qutvol – davlat qurilishi boshlig’i, sarkori, qalha va qo’rg’on soqchisi,
qarorgoh nazoratchisi.
Qo’rg’on, qo’rg’oncha – airofi baland paxsa devor bilan o’ralgan darvozali istehkom.
Qo’sh – bir juft xo’kiz bilan haydaladigan yer maydoni.
G’ozi – din homiysi, din yo’lida kurashuvchi.
G’oziy – g’olib.
G’uvokor – savdogar (ilk o’rta asrlar)
G’ul – muntazam qo’shin.
Haylboshi – suvoriylar amiri, o’nlik amiri.
Hojib – harbiy boshliq.
Hojib ul-bo’zruk – qo’mondon
Hojib ul-hujob – bosh qo’mondon.
Do'stlaringiz bilan baham: |