Bog’lanish kuchlari
Moddalarning qattiq jism holatiga o’tish imkoniyati, tashkil etuvchi zarrachalarning bir-biriga yaqin masofaga yaqinlashishida, ular orasida hosil bo’ladigan bog’lanish kuchlariga bog’liqdir. Bunday zarrachalar, odatda atom, ion va molekulalardan iboratdir.
Qattiq jismning mustahkam panjaraviy tizimi hosil bo’lishi uchun zarrachalar orasida ikki xil kuch ta’sir etishi mumkin:
- zarrachalarning bir-biridan uzoqlashishiga to’sqinlik qiluvchi tortishish kuchlari;
- zarrachalarning bir-biriga qo’shilishiga qarshilik qiluvchi itarish kuchlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |